Siyosiy psixologiya
- jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik
xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta’sirchanlik va ta’sir o`tkazish jarayonlari kabi
jabhalarni tekshiruvchi psixologiya sohasi.
Oila psixologiyasi
- oilaning psixologiyasini o`rganuvchi fanlararo tadqiqot
qilishga yo`nalgan psixologiya soha. Oila psixologiyasi oilaning psixologik
muammolarini o`rganadi, u oilaga ta’sir qiluvchi omillarni, oiladagi rollar
taqsimlanishi, er-xotin munosabati, shaxslararo munosabat, yosh xususiyatlari,
jinsiy tafovutlarga asoslanib muloqotga kirishish kabilarni o`rganadi. Oila
psixologiyasi tomonidan to`plangan materiallar oila musgahkamligini saqlash
uchun maslahatlar berishda, har bir sotsiologik va psixologik dasturlar tuzishda
qo`llaniladi. Shuningdek, oila tiplari, tuzilishi, ierarxiyasi, ularga ta’sir qiluvchi
ob’ektiv va sub’ektiv omillar ham mazkur sohaning tadqiqot predmetiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |