O’zb е kiston r е spublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshk



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/72
Sana01.01.2022
Hajmi1,6 Mb.
#292718
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

biosotsial 
va 
sotsiobiologik 
jihatdan o`rganish 
maqsadga muvofiq. Ma’lumki, inson hayoti va faoliyatining operatsional (usul, 
uslub, o`quv, operatsiya, ko`nikma, malaka, odat) mexanizmi uning ongogenezida 
funktsional (harakatlantiruvchi) mexanizmga o`sib o`tadi, binobarin, unda 
komillikning belgilari, alomatlari shakllanadi, natijada u jnsmoniy va ma’naviy 
kamolot cho`qqisining muayyan darajasiga erishadi. 
Muammoni inson - jamiyat - tabiat - turmush munosabatlari nuqtai nazardan 
tekshirgan jahon psixologiyasining namoyandalari SH.Byuler, A.Maslou, 
K.Rodjers, A.N.Leont
ь
ev, B.G.Anan
ь
ev va boshqalar tadqiq qilishgan. 
Jahon psixologiyasidagi turli nazariyalarga asoslangan holda, birinchidan, inson 
 
34


u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik evolyutsiya mahsuli sifatida 
o`rganiladi. Ikkinchidan, ijtimoiy-tarixiy jarayonning ham ob’ekti, ham 
sub
ь
ekti tariqasida inson shaxsi tadqiqot qilinadi. Uchinchidan, individ muayyan 
darajada va ko`lamda o`zgaruvchan, biologik taraqqiyotning genetik dasturiga 
asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzod tarzida ilmiy jihatdan tekshiriladi. 
Bizningcha, insonning jamiyat ishlab chiqarishining yetakchi va asosiy tarkibi, 
bilish, kommunikatsiya va boshqaruv jarayonining sub’ekti, tarbiyalash va 
tarbiyalanish predmeti sifatida tadqiq etilishi muhim ahamiyatga ega. Xuddi shu 
boisdan inson va uning borliq, ijtimoiy jamiyat bilan ko`p qirrali, murakkab 
munosabatga hamda aloqaga kirishishi quyidagi tarzda namoyon bo`lishi 
mumkin: 
1.
 
Tabiatning biotik va abiotik omillari - inson. 
2.
 
Jamiyat va uning tarixiy taraqqiyoti - inson. 
3.
 
Inson - texnika, texnologiya. 
4.
 
Inson - madaniyat, ma’naviyat, qadriyat va ruhiyat. 
5.Inson va jamiyat - yer va fazo. 
Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va 
individual-tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davrning sifatlari 
ontogenetik, evolyutsiya bosqichlarida izchil ravishda namoyon bo`ladi va 
takomillashuv jarayonida o`z ifodasini topadi. Individning individual-tipologik 
xususiyatiga konstitutsion (tananing tuzilishi, biokimyoviy individuallik, yangi 
yakkahollik) holatlar, simmetriya va asimmetriya juft retseptorlari, effektorlari 
funktsiyasi kiradi. Bu xususiyatlar, holatlar, hodisalar, mexanizmlar va xossalar 
birlamchi hisoblanib, hujayra va molekulyar tuzilishning barcha darajalarida 
ishtirok etadi. 
Yosh davrga oid va individual o`zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy 
taraqqiyoti ta’siri ostida har xil ko`rinishlarda namoyon bo`lishi mumkin. 
Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy muhitda vujudga kelgan 
sifatlari ta’sir etib, uning individual o`zgaruvchiligi omilini yanada kuchaytiradi. 
    
Insonning shaxs sifatida tavsiflanishining muxim psixologik lahzasi 
uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, 
hukukiy, mafkuraviy negizga bog`liq, ya’ni uniig jamiyatda egallagan o`rni, 
nufuzi, mavqei (bilan belgilanadi) orqali ifodalanadi. Statusning negizida esa 
hamisha uzluksiz ravishda o`zaro aloqalar tizimi yotadi. Inson bajarishi lozim 
bo`lgan guruhiy faoliyat va yakkahol turmushga, kasb-hunarga aloqador, ya’ni 
kasabaviy, oiladagi hamda jamoadagi rolning ijtimoiy funktsiyasi, uning muayyan 
maqsadga, qadriyatga, ma’naviyatga yo`nalganligi, shaxsni faollashtiradi, natijada 
u barcha jabhalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo`ladi. Status, rol
ь

qadriyatga yo`nalganlik shaxs xususiyatlari, sifatlari, fazilatlari, xosiyatlari va 
xislatlarining birlamchilarini tashkil etadi, uning tuzilishida asos bo`lib xizmat 
qiladi. Shaxsning tavsifi faoliyat, xulq motivatsiyasi xususiyati va ijtimoiy fe’l-
atvor (oddiy stereotipdan tortib, to xalq donishmandligi namunalari) tuzilishini 
belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi alomatlar, belgilar sifatida joy egallaydi. 
Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o`zaro ta’sirini birlashtiruvchi 
yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzaga keladi. Insonning 
 
35


shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi, ularni takomillattiruvchi va 
barqarorlashtiruvchi asosiy shakl -uning jamiyatdagi hayot yo`li, muayyai iz 
qoldirishi va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi. Shaxsning xalqiga qilgan 
xizmati uning e’zozlanishiga, hattoki milliy ma’naviy boylik, tafakkur gulshani 
va sarchashmasi darajasiga ko`tarilishi mumkin. 
    
Insonning faoliyat sub’ekti sifatidagi asosiy tavsiflari qatoriga uning 
bu sohadagi taraqqnyotning mahsuli - ongi kiradi. Inson amaliy faoliyatning 
sub’ekti tarzida uning shaxsiy fazilatlari va xislatlarini tavsiflabgina qolmaydi, 
balki mehnatning texnik vositalari va texnologiyasi, ularning kuchaytiruvchanlik, 
tezlashtiruvchanlik va yaratuvchanlik funktsiyalari sifatida yuzaga keladi. Amaliy 
faoliyat umuminsoniy va yakka shaxs tajribasining bir qismi tariqasida, 
egallanilgan, o`zlashtirilgan, puxta tajribadan foydalanish singari namoyon 
bo`ladi. Nazariy faoliyatning ob’ekt bo`lmish inson o`zining bilimlari, kasbiy 
ko`nikmalari, aqliy malakalari bilan tavsiflanadi, qaysiki ular o`ziga xos alomatlar 
tizimi bilan bevosita bog`liqdir. Aqliy faoliyat ijodiyot darajasiga o`sib o`tishi 
natijasida ijodiy mahsullar, yangiliklar, qonuniyatlar vujudga keladi va jamiyat 
taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchga aylanadi. Ajdodlar merosi va avlodlar 
salohiyati mahsullarining uzviy bog`lanishi nazariy va amaliy faoliyatning o`zaro 
uyg`unlashuvini taqozo etadi, vaholanki, har ikkala faoliyat turida ijodiylik 
alomati, mahsuli ishtirok qiladi, fan va texnika rivojini ta’minlaydi. Faoliyat 
tajribalar bilan uzviy bog`lansa, uning samaradorligi, maqsadga yo`nalganligi, 
amalga oshish imkoniyati yuksak bosqichga ko`tariladi. 
    
Inson hayotida ijtimoiy hodisa sifatida armon muhim rol
ь
 o`ynaydi, 
uning faollikka chorlaydi, harakat qilishga asosiy turtki vazifasini bajaradi. Armon 
inson uchun go`yoki ushalmagan orzu, g`amgin tuyg`ularning jonlashuvi, 
komfortga intilishga da’vat etuvchi hissiyot, ijtimoiy va yakkahol turmushni 
baholash mezoni, faollikka yetaklovchi motiv, ezgu niyatlar og`ushiga tortuvchi 
doimiy turtki, loqaydlikning oldini oluvchi ichki ruhiy imkoniyatdir. 
  

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish