O’QITISH METODLARINING TASNIFLANISHI
Faol (aktiv
metodlar)
Bilimlarni
o’zlashtirishning dastlabki
metodi
Sust (passiv
metodlar)
Bilimlarni
takomillashtirish
metodi
Bilimlarni
tekshirish va
baholash metodi
106
4.2-jadval
Ta’lim metodlarini o’quv materiallarini uzatish va idrok etish
manbalari bo’yicha guruhlari
Og’zaki metodlar
Ko’rgazmali metodlar
Amaliy metodlar
suhbat:maqsadni
tushuntirish
talabalarga
muammoli
savot
berish,
talabalarning javoblarini
o’quv adabiyoti bilan
mustaqil
ishlash;maqsadni
tushuntirish:
topshiriqning
mazmun va talabalarning ish
tartibini aniqlash, talabalar
ishiga rahbarlik qilish. yakun
yasash.
ovoz
yozishdan
va
radio,
televidiniedan,
multimedia
resurslariidan
foydalanish:
maqsadni
tushuntirish
axborot
va
multimedia
vositalarini
boshqarish; talabalarni idrok
etishiga rahbarlik qilish va
yakun yasash.
ko’rgazmali
o’quv
adabiyotlari
rasmlar
va
chizmalarni, videotas-virlar,
multimedialar,
tajribaviy
mehnat usullarini namoyish
qilish; maqsadni tushuntirish;
topshiriqni aniqlashi texnika
vositalarini
boshqarish,
tajribalarni
amalda
ko’rsatish,
talabalarning ob’ekt
va
jarayonning
mustaqil
kuzatishlari;
maqsadni
tushuntirish,
kuzatish
ob’ektlarini
aniqlash;
talabalarning kuzatishlariga
rahbarlik
qilish,
yakun
yasash.
tajriba
va
amaliy
mashg’ulotlar;
maqsadni
tushuntirish, talabalar ishini,
tartibini
va
mazmunini
aniqlash hamda rahbarlik
qilish; yakun yasash;
Mashqlar: maqsadni
tushuntirish;
talabalarning
ishini tartibini va muzmunini
tushuntirish; yakun yasash.
talabalarning
ijodiy
ishlari;
maqsadni
tushuntirish,
muammo
qo’yish; talabalar ishiga
rahbarlik qilish va yakun
yasash.
Talabalarga o’quv materialini bildirishning asosiy metodlaridan biri so’zlab
berish, tushuntirish, ma’ruzani o’z ichiga oladigan og’zaki bayon etishdir.
Bularning hammasida ta’lim berishning faqat bir vositasidan - o’qituvchi so’zidan
foydalaniladi.
So’zlab berish
o’quv materialini hikoya tarzida bayon etishni ko’zda tutadi.
Bu metod o’quv materiali, asosan, tavsifiy xarakterda bo’lib, mantiqiy izchilligi
bilan farq qiladigan hollarda qo’llaniladi. So’zlab berish yordamida, odatda, kirish
mavzulari, mashina va mexanizmlarning umumiy tuzilishi, materiallarning
xossalari va ishlatilishi, ishlab chiqarishning umumiy texnologiyasi masalalari va
shu kabilar bayon etiladi.
Tushuntirish
o’quv materialini og’zaki bayon etishni ko’zda tutadi.
Tushuntirish jarayonida o’qituvchi solishtirish, taqqoslash, deduktsiya, induktsiya,
107
asoslash, qonuniyatlar chiqarish, masalalar echish va shu kabilardan foydalanadi.
Tushuntirish, asosan, xususiy va konkret ma’lumotlarni bildirishda qo’llaniladi.
O’qituvchilarning ish tajribasidan so’zlab berish va tushuntirish sof holda kamdan-
kam uchraydi, ular ko’pincha so’zlab berish-tushuntirishdan iborat bo’lgan
kompleks metod tarzida qo’llaniladi.
Ma’ruza
,
so’zlab berish va tushuntirishdan farqli o’laroq, ancha aniq
tuzilgan bo’ladi. Ma’ruzalar, odatda, o’quv dasturining yirik, muhim masalalari
yuzasidan o’qiladi. Ma’ruzada o’quv materiali yaxlit va izchillik bilan bayon
etiladi, o’zaro bog’langan tushunchalar, qonuniyatlar tizimi ochib beriladi,
kursning turli mavzulari orasida ichki bog’lanishlar o’rnatiladi. Kirish ma’ruzalari,
sharh ma’ruzalar, rukn ma’ruzalar va xotima ma’ruzalar bo’ladi.
Ma’ruza so’zlab berishga qaraganda uzoq davom etadi (u, odatda, butun
darsga mo’ljallanadi) va talabalarning yozib borishini (konspekt tuzishini) ko’zda
tutadi. Ma’ruzani eshitish so’zlab berishni eshitishga qaraganda qiyinroq, chunki
ko’proq diqqat-e’tiborni talab etadi. Ma’ruzalar, odatda, oliy ta’lim
muassasalaridagi ta’lim jarayonida qo’llaniladi.
Og’zaki metodlarni qo’llash jarayonida ko’rgazmali qurollardan ham
foydalanish mumkin. Ammo ular yordamchi rol o’ynaydilar.
Og’zaki metodlardan foydalanishning muvaffaqiyat ko’rsatkichlari -
talabalarning yangi bilimlarni eslab qolishlari va takror aytib bera olishlaridir.
Og’zaki metodlarda talabalar o’qituvchi mulohazalari jarayonini takrorlaydilar,
unga taqlid qiladilar.
Talaba o’qituvchining tushuntira olish mantiqiga qanchalik yaqinlashsa,
materialni shunchalik muvaffaqiyatliroq o’zlashtiradi.
Og’zaki metodlardan yangi materialni o’rganish paytida foydalaniladi va bu
o’rganish fanlarni egallashning boshqa usullari bilan qo’shib olib borilsagina ular
ta’limda yaxshi samara beradi.
108
Do'stlaringiz bilan baham: |