Ismailova Zukhra Karabayevna, Maxsudov Po’lat Maxsudovich, Ergashev Oybek Karimovich



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/222
Sana01.01.2022
Hajmi3 Mb.
#291914
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   222
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

4.5.2. Ko’rgazmali metodlar 
 
Ko’rgazmali  metodlar
  deganda  ta’lim  jarayonida  qo’llaniladigan 
ko’rgazmali  qurollar  va  texnika  vositalariga  ko’p  darajada  bog’liq  bo’lgan  o’quv 
materialini o’zlashtirish shakllari tushuniladi. 
Ta’limning  ko’rgazmali  vositalari  bilimlarni  o’rganish  va  o’zlashtirish 
xarakterini  belgilaydi.  Masalan,  tikuv  mashinasi  detallarining  namunalari 
ko’rsatilganda,  mexanizmlarning  ishlashini  virtual  model  orqali  yoki  tikuv 
mashinasida bajariladigan texnologik jarayonnming videotasviri namoyish qilinishi 
orqali tushuntirish mumkin, 
Ta’limning bunday usullaridan foydalanilganda talabalarning bilish faoliyati 
ko’rgazmali  vositalar  yordamida  shakllanadigan  yoki  esga  tushiradigan  hissiy 
obrazlarga,  tasavvurlarga  bog’liq  bo’ladi.  Ko’rgazmali  qurollar  bilimlarni  bir 
tizimga  solish  va  boyitishda,  shuningdek,  talabalarning  fikr  yuritish  faoliyatini 
faollashtirishda yordam beradi. 
Ta’limning  ko’rgazmali  usullari  talabalarning  bilish  faoliyatida  obrazli  va 
mantiqiy,  konkret  va  abstrakt,  hissiy  va  aqliy  jihatlarning  nisbatini  chuqur 
tushunishni talab etadi.
 
Ko’rgazmali  vositalarni  namoyish  qilish  (ko’rsatish)  yordamida  talabalarda 
mashina  va  mexanizmlar tuzilishini, texnologik jarayonlarni, mehnat harakatlarini 
muayyan va aniq obrazi shakllanadi. Ular unga taqlid qiladilar va o’z harakatlarini 
qiyoslaydilar.  Mazkur  metodning  qo’llanilishi  maxsus  fanlarni  o’qitishda 
ko’rgazmalik  tamoyilining  yaqqol  namunasi  bo’lib  hisoblanadi.  Maxsus  fanlar 
darslarida  ko’rsatmali  qurollarning  turli  xil  va  shakllaridan  foydalanish 
o’qituvchining  tushuntirishlarini  yaxshi  idrok  qilish  hamda  o’zlashtirishlarga, 
malakalarning  mustahkam  shakllanishiga  yordam  beradi.  Slaydlar,  rlakatlar, 
sxemalar,  modellar,  maketlarni  namoyish  qilish  bilan  bir  qatorda  harakatdagi  ish 
quroli,  asboblar,  moslamalar  xom-ashyolar,  buyumlarning  haqiqiy  namunalari  va 
hokazolarni ko’rsatish ham katta ahamiyatga ega.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish