Ismailova Zukhra Karabayevna, Maxsudov Po’lat Maxsudovich, Ergashev Oybek Karimovich



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/222
Sana01.01.2022
Hajmi3 Mb.
#291914
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   222
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

 


 
109 
4.5.3. Amaliy metodlar 
Mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va tajriba-sinov ishlari asosida o’quv 
materialini  egallash  shakllari  ta’limning  amaliy  metodlari  jumlasiga  kiradi.  Ana 
shu  metodlar  yordamida  amaliy  ko’nikma  va  malakalar  shakllantiriladi.  Bunday 
ko’nikmani  shakllantirish  jarayoni  o’quv  faoliyatida  hal  qiluvchi  rol  o’ynaydi. 
Ko’nikmalarni egallashning muvaffaqiyati uni shakllantirish sharoitiga bog’liq. 
Birinchi  shart
-ko’nikma  nima  maqsadda  shakllantirilishini  anglashdir.  Har 
qanday  ko’nikma-avtomatlashgan  darajaga  etkazilgan  harakatlar  tizimidir.  Agar 
talaba  o’quv  materialini  o’zlashtirishda  ularning  ahamiyatini  tushunmasa,  bu 
harakatlarni  shakllantirish  qiyin  bo’ladi.  Masalan:  tikuv  mashinasi  kiyimni  qaysi 
qismlarini  tikishga  mo’ljallanganligini  va  buning  uchun  kiyim  materialiga  mos 
ravishda  ip  va  ignalar  tanlanishi  tartibini  bilmasa,  shu  ishlarni  bajarishdagi 
harakatlarni shakllantirish qiyin bo’ladi. 
Ikkinchi  shart
-mashqlarning  tizimli  bo’lishi.  Odatda,  ko’nikmalarni 
egallashdagi kamchiliklarga o’quv mashqlari tizimini tashkil etish va o’tkazishdagi 
kamchiliklar  sabab  bo’ladi,  ya’ni  mashqlarni  o’tkazish  uchun  kerakli  vositalar 
bilan ta’minlanmaganligi. 
Uchinchi  shart
-amaliy  harakatlarni  anglagan  holda  bajarish.  Talabalar 
harakatlarning  muayyan  fikriy  rejasiga  asoslanishlari,  ish  jarayonlarining 
izchilligini  yaxshi  tushunishlari  zarur.  Ularni  mexanik  tarzda  takrorlashga  va 
yodlab olishga yo’l qo’ymaslik kerak. 
To’rtinchi  shart
-dastlabki  amaliy  harakatlar  va  jarayonlarga  puxta 
tayyorlanish.  Ular  ongli  ravishda  reja  asosida  bajarilsa,  ko’nikma  tezroq, 
muvaffaqiyatliroq  shakllanadi.  Buning  uchun  talabalar  nazariy  bilimlarni  yaxshi 
egallashlari kerak. 
Beshinchi  shart-
mashqlarni  mustaqil  bajarish  va  o’zini  o’zi  nazorat  qilish. 
Talaba ko’nikmani mustaqil bajara boshlaganida u o’z harakatlarini nazorat qiladi. 
O’qituvchi  talabaga  o’z-o’zini  nazorat  qilish  usullarini  o’rgatishi  zarur.  Masalan, 
talaba kiyimni bironta detaliga bezak berish jarayonini amaliy o’rgangandan keyin, 
uyda o’zi mustaqil ravishda bajarishga va baho berishga o’rganadi. 


 
110 
Oltinchi  shart
-bajarilgan  mashqlar,  amaliy  ishlar  tahlili  va  ularni  baholash. 
O’quv ko’nikmalari va malakalarida ijobiy va salbiy jihatlar bo’ladi. Talabalar yo’l 
qo’yadigan  tipik  xatolar  namoyon  bo’ladi.  Lekin  o’quv  xonasida  yaxshi  ishlarni 
namoyish qilish, rag’batlantirish kerak. Ijobiy namuna asosida o’qitish afzalroqdir. 
Agar ko’nikmani shakllantirish shartlariga rioya qilinsa, o’qitishning amaliy 
metodlari o’quv materialining muvaffaqiyatli egallanishiga olib keladi. 
Amaliy  metodlarga  mashqlar,  instruktaj  (yo’llanma)lar,  o’quv  qo’llanmalar 
bilan  ishlash,  laboratoriya  tajribalari,  kasbiy  ko’nikma  va  malakalarni 
shakllantirish kiradi. 
Mashqlar
  –  ta`lim  jarayonini  tadqiq  qilish  har  bir  yangi  operatsiyani  qisqa 
muddatli (5-15 minut) mashqlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu mashqlarni 
shartli  ravishda  ta`limiy  mashqlar  deyiladi.  Amaliy  ishlarni  bajarish  jarayonida 
talabalar har xil buyumlar tayyorlar ekan, mehnat usullari va harakatlarini bajarish 
bo’yicha  mashq  qilishni  davom  ettiradilar.  Bunday  mashqlarni  tayyorgarlik 
mashqlari deyiladi. 
         Amaliy metod hisoblangan

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish