Ismailova Zukhra Karabayevna, Maxsudov Po’lat Maxsudovich, Ergashev Oybek Karimovich


 Maxsus fanlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/222
Sana01.01.2022
Hajmi3 Mb.
#291914
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   222
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

1.2. Maxsus fanlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. 
Zamonaviy  pedagogika  nazariyasining  bir  qator  olimlarining  pedagogik 
faoliyat  to‘g‘risidagi  ilmiy  tadqiqot  ishlari  natijalarini  maxsus  fanlar  
o‘qituvchisining  faoliyatini  o‘rganishda  ham  foydalanish  mumkin  bo‘ladi,  biroq  


 
14 
bu  yerda  uning  xususiyatlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  bir  qator  muammolar  kelib 
chiqadi.  Bu  xususiyatlar  ko‘p  qirrali  bo‘lib,  faoliyatning  turli  tomonlariga  xos 
bo‘ladi, ammo ularni shartli ravishda uchta katta guruhga bo‘lish mumkin bo‘lib, 
har biri alohida bir tomonining o‘ziga xoslikligini nomoyon etadi.  
         Maxsus  fan  o‘qituvchisi  o‘zining  tuzilishi,  strukturasi  va  taqdim  etish 
shakliga  ko‘ra    umumkasbiy  va  soha  texnik-texnologik  bilim  va  ko‘nikmalari 
majmuasi bilan biror bir predmet fan o‘qituvchisining maxsus bilimlaridan tubdan 
farq qiladi 
 Faqat  maxsus  fan  o‘qituvchilarigina  shunday  insonlarning  yetishib 
chiqishini  ta’minlaydilarki,  bunday  insonlar  kasbiy  faoliyatda  shaxsiy  va  ijtimoiy 
hayotdagi o‘z o‘rinlarini topishda ijodan izlanadilar. 
Ba’zi  tadqiqotlarda  maxsus  fan  o‘qituvchisining  tipik  faoliyat  turlari  va 
ularga  mos  funksiyalari  sifatida  quyidagi:  ta’limiy,  tarbiyaviy,  rivojlantiruvchi, 
uslubiy  (metodik),  ishlab  chiqarish-texnik,  tashkiliy,  diagnostik  kabi  tashkil 
etuvchilari,  boshqalarida  esa:  ta’limiy,  tarbiyaviy,  tashkiliy-boshqaruv,  ishlab 
chiqarish-texnologik, tadqiqotchilik kabi tashkil etuvchilari ajratib berilgan  
Maxsus  fan  o‘qituvchilarining  kasbiy  fikrlash  xususiyatlari  orasida  o‘ziga 
xos  jihatlar  kuzatiladi  va  hozirgi  paytda  sohaning  va  ijtimoiy-pedagogik 
fikrlashning  samarodorligini  oxirigacha  o‘rganilmaganligi  bilan  belgilanadi. 
Maxsus  fan  o‘qituvchisi  faoliyatining  o‘ziga  xosligini  o‘rganishda 
qabul  qilish 
jarayoni
 (rang,tovush, vaqt, hid va b.),  
diqqati
 (biologik,tabiiy va ijtimoiy, texnik 
-texnologik  jarayonlar  va  boshqalarni  kuzatish), 
nutqi-kasbiy  yo‘nalganlilik 
terminologiyasi
 va boshqalar katta ahamiyat kasb etadi. 
       Magistratura 
mutaxassisliklarini 
tugatgan 
magistrlar 
oliy 
ta’lim 
muassasalarida  umumkasbiy  va  ixtisoslik    fanlaridan  dars  olib  boradilar.  Oliy 
ta’lim  muassasalari  uchun  maxsus  fan  o‘qituvchilarini  tayyorlash  jarayoni  bilan 
biror  predmet  fan  o‘qituvchilarini    tayyorlash  jarayoni  o‘rtasida  ayrim  farqlar 
mavjud.  Xususan,  texnika  yo‘nalishidagi  oliy  ta’lim  muassasalari  magistratura 
mutaxassisliklaridagi  “Maxsus  fanlarni  o‘qitish  metodikasi”  fanini  o‘rganishda 
magistrantlar  tomonidan  bakalavriaturaning  o‘z  turdosh  yo‘nalishlari  o‘quv 


 
15 
rejasida  ko‘zda  tutilgan  bir  nechta  (6–7  gacha)  umumkasbiy  va  ixtisoslik  fanlar 
bo‘yicha  maxsus  fanlarni  o‘qitish    metodikasi  o‘rganilishi  nazarda  tutiladi.  Ayni 
shu  holat  maxsus  fanlar  o‘qituvchisini  kasbiy  pedagogik  faoliyatga  tayyorlashda 
o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olishni taqozo etadi.  
       Masalan, 
5A430101 
– 
qishloq 
xo‘jaligini 
mexanizatsiyalashtirish 
mutaxassisligini  tamomlagan  magistrlar  oliy  ta’lim  muassasalarida    5430101  – 
qishloq  xo‘jaligini  mexanizatsiyalashtirish  yo‘nalishining  o‘quv  rejasidan  o‘rin 
olgan  bir  qancha  fanlardan  mashg‘ulot  olib  borishi  ko‘zda  tutilgan.  Bu  fanlarni 
shartli ravishda quyidagicha guruhlash mumkin:  
1-guruh: 
qishloq  xo‘jalik  texnik  fanlari  o‘qituvchisi
  (traktorlar  va 
avtomobillar, qishloq xo‘jalik mashinalari); 
2-guruh: 
qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini  mexanizatsiyalashtirishga  oid 
texnologik  fanlar  o‘qituvchisi
  (traktor  va  qishloq  xo‘jalik  mashinalaridan 
foydalanish,  texnik  servis,  mashinalar  ishonchligi  va  ta’mirlash  asoslari, 
chorvachilik 
fermalarini 
mexanizatsiyalashtirish 
va 
avtomatlashtirish 
va 
boshqalar); 
3-guruh:   
umumtexnikaviy  fanlar  o‘qituvchisi
  (muhandislik  va  kompyuter 
grafikasi,  issiqlik  texnikasi,  mahsulot  sifatini  standartlashtirish  va  metrologiya 
asoslari, konstruksion materiallar texnologiyasi va boshqalar);  
Demak,  maxsus  fanlar  o‘qituvchisining  pedagogik  faoliyati  biror  bir  predmet 
fan o‘qituvchisi pedagogik faoliyatidan tubdan farq qiladigan o‘ziga xos butun bir 
majmuaviy  xossalarga  ega  bo‘lib,  bu  holat  uning  o‘rganishga  turli  xildagi  bir 
qancha yondashuvlarni izlash zaruratini tug‘diradi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish