1.3. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining tadqiqot metodlari.
Maxsus fanlarni o’qitish muammolariga qaratilgan ilmiy izlanishlar
o’tkazishdan maqsad o’qitish va o’rgatishning, samaradorligin oshirishni
ta’minlovchi metodlarni ishlab chiqish va ularni amalda qo’llash, o‘qitishda ta’lim
va axborot texnologiyalarni qo’llashga doir masalalarni yechishni o’rganishdan
iboratdir.
“Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” fani o’z mazmun mohiyatini
boyitishda, yangilashda mavjud hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va
vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o’rganadi.
Ushbu fanning ilmiy tadqiqot metodlari deganda yosh avlodni tarbiyalash,
bilim berish va o’qitishning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va
munosabatlarni tekshirish, bilish va bildirish yo’llari, metodlari va vositalari majmui
tushuniladi. Bu fanning ilmiy tadqiqot metodlari qanchalik rivojlansa hamda
takomillashtirilsa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu
darajada yuksaladi.
Ob’ektiv dunyoni bilish nazariyasida
“nimani o’rganish va
o’rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim”
degan masalalar mavjud
bo’lib, ular o’zaro uzviy bog‘liqdir.
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasida ilmiy izlanishlarning umumiy va
maxsus usullari qo’llaniladi.
Umumilmiy usullarga nazariy izlanish, kuzatish, suhbat, pedagogik so’rov,
test, so’rovnomalari,statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqalar kiradi.
Nazariy izlanish usuli –
adabiyot, ilmiy manbaallardan o’rganish va tahlil
qilish hamda pedagogic tajribalar asosida olib borilgan izlanishlardir. Nazariy
izlanish usulida ishlashda ilmiy adabiyot va jurnallar, ilmiy maqolalar, patentlar,
18
ilmiy ishlar, ilmiy to’plamlar va kataloglar, internet tizimidan olingan
ma’lumotlardan foydalaniladi
Kuzatish usuli
-
odatda, tabiiy kuzatish orqali ta’lim oluvchilarning fanlarni
o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori muomalasidagi o’zgarishlarni hisobga olish
va tegishli ta’lim-tarbiya
ta’siri ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi.
Bu usul tadqiqotchining pedagogic tajribani muayyan bir tomoni va hodisalarni
biror maqsadni ko’zda tutib idrok etishi tashkil etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va
soni, kuzatish obyekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratilgan
tavsif va boshqalar hisobga olinadi.
Qayd qilish usuliga qarab kuzatishlar turlarga bo’linadi. Bevosita qayd qilish
usuli tadqiqotchiga real pedagogik jarayonda kuzatuvchining xatti-xarakatlari
tadqiqotchining bevosta o‘zi yozib qo’yish imkoini beradi. Bilvosita qayd qilish
usulida esa biror-bir hodisalarning oqibati haqidagi daliliy materialnin boshqa
shaxslar orqali yoki qandaydir asbobni qo’llash vositasida olishga imkon beradi.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida kuzatishning visual usullari xilma-hil texnika
vositalari (kinofilm, videotasvir, teleko’rsatuv)dan foydalanish oprqali tobora ko’p
qo’llanilmoqda.
Suhbat usuli
-
so’rashning bir turi hisoblanib, tadqiqotchining jiddiy
tayyorgarlik ko’rastishni talab etadi. Chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita
aloqada bo’lish vaqtida og’zaki suhbat tarzida, suhbatdoshning javoblarini
yozmasdan, erkin muomala shaklida olib boriladi.
Suhbat usuli-o’qituvchilar va talabalar jamoasi bilan, ota-onalar va keng
jamoatchilik bilan, yakka va guruh tarzida ish olib borilganda qo’llaniladi.
Suhbat usulidan farqli ravishda intervvu olish usuli oldindan belgilangan
savollarni izchillik bilan bayon qilishni nazarda tutadi.Bunda javoblar
videoyozuviga yoki disklarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so’rash
nazariyasi va amaliyotida intervyu olishning guruhlar tarzida, jadal, sinov va
boshqa usullari mavjud.
Talabalarni o’rganishda-ularning o’ziga
xos
individual
tartibdagi
faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, xulosalar yasaladi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |