FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.......................................259
7
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining
ijtimoiy yo‘nalishida amalga oshiriladigan muhim tadbirlar qatorida oliy ta’lim
muassasalari uchun pedagoglarning yangi avlodini shakllantirish, ma’naviy-
ahloqiy jihatdan etuk, mustaqil dunyoqarashga ega, ijodiy fikrlovchi, boy milliy
meros, shuningdek, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqatli barkamol
shaxsni tarbiyalab voyaga etkazish vazifalari ham belgilab o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish Konsepsiyasi”da
“ ... o‘quv adabiyotlari sifatini yaxshilash,
zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish tartibini soddalashtirish, eng yangi xorijiy
adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish ishlarini jadallashtirish, xorijiy
adabiyotlardan qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv adabiyotlari sifatida foydalanishni
kengaytirish, kutubxonalar fondlarini muntazam ravishda yangilab borish”
ko‘rsatib o‘tilgan. Bu o‘z navbatida oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fanlar
bo‘yicha zamonaviy o‘quv adabiyotlarni yaratish va chop ettirishni ham talab
etadi.
Xalq xo‘jaligigining turli sohalari hamda oliy ta’lim muassasalari uchun
etuk pedagog kadrlar zaxirasini tayërlash magistratura ta’limining asosiy vazifalari
hisoblanadi. Ushbu vazifani hal etishda o‘quv rejadagi "Maxsus fanlarni o‘qitish
metodikasi" fani ham muhim o‘rin egallaydi.
Oliy ta’lim muassasalari magistrantlarining kasbiy-pedagogik rivojlanishi
ularning mustaqil fikrlashlari, ijodkorliklari, faolliklari, munosabatlarining
chuqurlashib hamda boyib borishi, xarakter hamda dunyoqarashlarining
turg‘unlashuvi hamda o‘z o‘zini tarbiyalashga bo‘g‘liq bo‘lgan ehtiyojlarining
shakllanishi, ijtimoiy shaxsiy qiziqishlarining kasbiy-pedagogik yo‘nalishga ega
bo‘lishi kabi holatlar bilan tavsiflanadi. Bo‘lajak mutaxassis uchun magistraturada
ta’lim olish jarayoni bu magistrantlarda ilmiy-pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli
amalga oshirishda kasbiy jihatdan ahamiyatli sanalgan sifat, bilim, ko‘nikma va
8
malakalarni rivojlantirish hamda o‘z-o‘zini takomillashtirish davri hamdir.
Pedagog shaxsi shakllanishining ushbu davrida bilimlarni jamlash, saqlash, uzatish
ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish va istiqbolda kasbiy-pedagogik faoliyatni
tashkil etishda ularni samarali qo‘llash kabi jihatlarni o‘zida mujassam ettirgan
jarayon uzluksizravishda amalga oshirildi. Pedagogik-psixologik faoliyat bilan
bog‘liq qarash, qadriyat hamda motivatsiyalar mohiyatan o‘zgarib, takomillashib
boradi. SHu bilan barobar ravishda magistrantlar oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-
tarbiya jaraënini amalga oshirish malaka larini ham egallab boradilar.
Magistrantlarni ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda faol va samarali
usul hamda shakllardan foydalaniladi. Ular oliy ta’lim muassasalarida olgan bilim,
ko‘nikma va malakalarini ta’lim muassasasi sharoitiga qiyinchiliksiz ko‘chira
olishi, ta’lim jaraëninitez o‘zlashtirib olishi, tarbiyaviy ishlarni zamon talablari
asosida olib borishlari kerak.
Hozirgi kunda magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalarida majburiy
fanlardan biri hisoblangan “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” o‘quv fani barcha
mutaxassisliklar uchun 18 soat ma’ruza va 18 soat amaliy mashg‘ulot tarzida
rejalashtirilgan.
Mazkur darslik ushbu fanning o‘quv dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib,
unda maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari,
o‘qitish qonuniyatlari va tamoyillari, maxsus fanlardan ma’ruza, tajriba va amaliy
mashg’ulotlarini tashkil etish hamda o’tkazish metodikasi bo’yicha o’quv
materiallar o’z aksini topgan. Shuningdek, darslikda talabalar bilim, ko’nikma va
malakalarini nazorat qilish va baholash hamda maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida
pedagogik
texnologiyalardan
foydalanish,
modulli
va
masofaviy
ta’lim
texnologiyalariga oid materiallar berilgan.
Ushbu darslik shu sohadagi qadamlardan biri bo‘lib, uning tuzilishi va
mazmuni to‘g‘risida bildirilgan fikr va mulohazalar kelajakda uni yanada
takomillashtirishga yordam beradi deb o‘ylaymiz.
9
Do'stlaringiz bilan baham: |