manzarali
daralar havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ish-larda kuchi
yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega.
11
Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshla-nadi. Ekologik dunyoqarashni
shakllantirishning negizi oila-dagi tarbiyaga bevosita bog‗liqdir. Agar bu masala oilada to‗g‗-ri
yo‗lga qo‗yilmagan bo‗lsa, uni maktablarda, keyingi ta‘lim bosqichlarida hamda mehnat
jarayonlarida qaror toptirish qi-yin bo‗ladi.
Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e‘tibor bilan qaraganlar va bu borada ibratli
an‘analarni vujudga keltirganlar. Bolalar go‗daklik chog‗laridanoq axloqiy va meh-nat
tarbiyasini
oilada
boshlaganlar.
Ularda
mehnatga
muhab-bat,
atrof-muhitga
hurmat,
obodonchilik va ko‗kalamzorlashti-rish hissi sabot bilan singdirilgan. Masalan, atrofni iflos-
lantirmaslik uchun axlatlarni alohida chuqurchalarga tashlash, hojatxonalarni ariq, soy, buloq
suvlaridan uzoqroq joyda kovlash, yong‗in chiqmasligi chorasini ko‗rish, turli ehtiyojlar uchun
yashnab turgan daraxtdan emas, balki qurib qolganlaridan. foydalanish, nihollarni sindirib,
payhon qilmaslik, qush-larni uyasini buzmaslik kabi xatti-harakatlar shakllantiril-gan. Oila
davrasida farzandlarga «Suvga tuflama, uni iflos qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichib bahra
oladi», «Gul-lab turgan mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o‗zing iste‘mol
qilasan», «Pishib yetilmagan uzumni uzma,, agar uzsang katta gunoh ish bo‗ladi, chunki unda
ahli mo‗min-ning nasibasi bor» deb pandu nasihatlar qilganlar. Ekolo-gik ta‘lim va tarbiyalash
tizimi bolalar bog‗chalarida, umumiy ta‘lim maktablarida, keyingi ta‘lim bosqichlarida hamda
mehnat jamoalarida davom etiiriladi. Bu o‗rinda hayotiy mi-sollar orqali hozirgi paytda oilalarda
ekologik savodxon-likning pastligi uqtiriladi. Masalan, hozir ko‗plab odamlar mollarini
ekinzorlarda, bog‗larda hatto mevali va manzarali daraxtlarga bog‗lab boqadigan bo‗lib-
qolishmoqda. Axir o‗t-mishlya xalkimiz qaramog‗idagi hayvonlariga maxsus podachi
saqlagan-ku. Yoki moli bor kishilar navbat bilan poda boqqan-ku. Buning ustiga hozirgidek
hayvonlarni duch kelgan yerda emas, alohida ajratib qo‗yilgan yaylovlarda o‗tlatgan. Yoki
oilaviy dam olishga chiqilganda o‗t-o‗lanlar payhon qilinma-gan, qir-adirlarda shisha siniqlari,
ovqat qoldiqlari tashlab ketilmagan. Daraxtlarga, o‗simliklar olamiga, hayvonlarga zarar
keltirilmagan.
Ulkamizning tabiiy o‗simliklar dunyosi, ularning foydasi, bu boyliklarni muhofaza qilish
kerakligi haqidagi masala-lar bilan yoshlarni maktab partasidan keng tanishtirib borish o‗z
samarasini beradi. Bunda ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktablarda o‗qitiladigan barcha
fanlarda, ayniqsa, tabiat-shunoslik, fizika, ekologiya, matematika, geografiya, tarix kabi fanlarni
o‗qitishda umumlashtiriladi. Shu bilan birga fa-kultativ mashg‗ulotlarda, darsdan tashqari
to‗garak yig‗ilish-larida, ekskursiya davrida hamda o‗zlarining kundalik fao-liyatlari davomida
ekologik muammolarni o‗rgana boradilar.
Ekologik tarbiya berishni tayyorlashning mazmuni quyidagi- larni o‗z ichiga oladi:
12
Atrof muhit va uning shaxs ma‘naviy dunyosiga ta‘siri;
Tabiat va uning ahamiyatini aniqlash;
Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oila-ny hamkorligi;
Uz rayonini, shaharini, qishloq va maktabi hovlisini ko‗kalamzorlashtirishda, hatto, sinf
xonasidagi o‗simliklarni ham parvarishlashga qiziqishlarini oshirish;
Atrof-muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifa- lari;
Tabiatni muhofaza qilishda ota-onalarning namuna- lari;
Oiladagi, maktabdagi tabiatni, o‗simliklar va hayvonot dunyosini e‘zozlashga o‗rgatish,
jonivor va qushlarni parvarish qilish;
Tabiatga ongli munosabat jarayonida tarbiyalanuvchilarning dunyoqarashini kengaytirish;
Yoshlarning ekologik tarbiyalashda milliy an‘ana va udumlarni qayta tiklash, ularga
e‘tiborni kuchaytirish.
Bolalarda ekologiya xususidagi tasavvurlarni kengayti-rishda tarix fanining imkoniyati
katta. Bundan besh yuz yil, ming yil avval o‗lkamiz tabiati qanday bo‗lgan, o‗simliklar va
hayvonot olami-chi, kabi sa^vollarga tarix fanidan javob to-pish mumkin.
Bog‗chada tarbiyalanuvchilarga tabiatni muhofaza qilishga doir bilim, tarbiyani geografiya
darslarida har bir mavzuga bog‗lab berib borish mumkin.
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish darslarida joy nomlaridan foydalanish ona tili
bo‗yicha mashg‗ulotlarni yana-da qiziqarli qiladi.
Ona tili darslaridagi ko‗plab mashqlar tarbiyalanuvchilarda tabiatga mehr uyg‗otishda qo‗l
keladi. Mashqlardagi suv va havo, o‗simlik va hayvonot olamiga taalluqli fikrlar ifodalangan
,matnlarni tahlil qilish orqali ham tabiatga mehr uyg‗otish mumkin.
Adabiyot fani ham ekologiya bilan chambarchas bog‗langan. Bunda har bir asarni o‗qib
tahlil qilish vaqtida va tarbiyalanuvchiga tushuntirayotganda faqat bezash nuqtai nazaridan emas,
balki axloqiy ekologiya, ya‘ni tabiatni muhofaza qilish nuqtai naza-ridan tahlil qilinadi. Mana
shu usul bilan adabiyot darsla-rida ham tarbiyalanuvchilar ongiga zkologik tarbiyani singdira
bori-ladi. Uquvchilarga aytiladigan ertaklarda hayvonlar va o‗simlik-larning xususiyatlari,
ularning tabiattdagi o‗rni ochib berila-di. Uqilgan badiiy asarlar xmisolida o‗tkazilgan
suhbatlarda, tabiatga yaxshi munosabatda bo‗lish va toshbag‗irlik bilan qa-rash dalillari
muhokama qilinadi.
Matematika
fanida
beriladigan ekologik ta‘lim-tarbiya. jarayonida tarbiyalanuvchilar
tabiatdagi salbiy yoki ijobiy o‗zgarish-lar inson sog‗lig‗iga qanday ta‘sir qilishi haqida aniq
tasavvurga ega bo‗lishadi. Masalan, respublikada 1200 ga yaqin sa-doat korxonasi borligi, ular
havoga bir yarim ming tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqarayottanligi, bunday holat ,10 yil,
13
20 yildan keyin shu maromda ketaversa nimalarga olib-kelishi mumkinligi kabi misollar
vositasida ekologik falo-kat oqibatlari abiat hodisalarini kuzatishga o‗rgatishda ekologik to‗ga-
raklarni ta‘siri katta.
Uqituvchining bolalarga ekologik ta‘lim va tarbiya beri-shida xalqimizning o‗ziga xos
milliy tarbiyasidan o‗rinli foy-dalanishi yaxshi samara beradi. Milliy tarbiyamizda to‗rt nar-sa —
yer, suv, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Xalqimiz juda qadim zamonlardan suvga e‘tiqod
qo‗yib,. yozning eng ja-zirama «unlarida «Suv sayli» o‗tkazgan. Ota-bobolarimiz «Suv — tabiat
in‘omi, hayot manbai» deb bejiz aytishmagan. Har tomchi suvni gavhardek qadrlab, bog‗-rog‗lar
yaratishgan.
Ma‘lumki, yer yuzining to‗rtdan uch qismi suv bilan qoplan-gan. Ammo faqa|t 500 ming
km3 ga yaqin chuchuk suv bor, xolos. Demak, ichimlik suvidan ham tejab-tergab foydalanish
kerak.
Donishmandlik durdonasi hisoblangan hadislar ta‘lim-tarbiyani singdirishga katta yordam
beradi. Tabiatni muhofaza qilish haqidagi hadislarda ham diqqatga sazovor fikrlar ay-tilgan.
Masalan, «Soyasidan xalq foydalanib turgan daraxtni kesib yuborgan odamni tangri do‗zaxga
mahkum etur», deb inson-larni qo‗rqitish orqali ggabiatga zarar keltir'maslik targ‗ib qilinsa,
«Dehqonchilik bilan shug‗ullaninglar, dehqonchilik muborak kasbdir. Unga qo‗riqchilarni
ko‗paytiringlar» deyish bilan halol mehnat samarasini «o‗rish zarurligini uqtirila-di. «Qaysi bir
musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o‗tqizsa, so‗ng uning mevasidan qush yoki hayvon yesa,
uning ekinidan yeyil-gan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi» deyil-gan hadis
misolida bag‗ri kenglik, jonzodlarni asrash zarur-ligi g‗oyasi ulug‗lanadi. «Ekmak niyatida
qo‗lingizda ko‗chat tur-gan paytda bexosdan qiyomatqoim bo‗lishi aniq bo‗lganida ham
ulgursangiz, uni ekib qo‗yavering», «Kim suv toshqinini to‗xtat-sa yoki yong‗inni o‗chirsa, unga
shahidlik ajri beriladi», kabi hadislarda ekologiya va ta'biat muhofazasiga oid tushunchalar
bordir.
Demak, ota-bobolarimiz azal-azaldan tabiatga yuksak mehr va ehtirom ko‗rsatishgan.
Yurtni obod etishgan, ko‗chalarni, hovlilarni sarishta saqlashgan. Xalqimizning tabiatga muno-
sabati urug‗ qadash, qovun sayli, Suv sayli, Uzum sayli, Hosil bayrami, Gul bayrami, Navro‗z
bayrami, Xirmon to‗yi kabi bayramlarida ham ifodalangan. Bunday tabiat bayramlari ularning
hayot tarziga aylanib ketgan.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‗ng bu diyorni obod etish, uning atrof-
muhitini toza saqlash, har bir fuqaro-ning insoniy burchiga aylandi. Obodonchilik va orastalik,
po-kizalik va tejamkorlik, xushxulqlik va xushmuomalalik har byar inson uchun, xususan,
pedagoglar va tarbiyalanuvchilar uchun ham eko-logik ma‘naviy mezondir. Uquvchilar ekologik
tarbiya ishlari jarayonida quyidagilarni bilishlari zarur:
14
— Tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular orasidagi bog‗lanish;
—
Tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish;
—
Atrof-muhitni ifloslanishlardan saklash;
—
Tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldi-rishga intilish.
Yuqoridagi omillar asosida ekologik tarbiyalash tarbiyalanuvchi-larda tabiatni muntazam
kuzatib borishga qiziqishni uyg‗ota-di, tabiatni himoya qilish uchun kurashishga, uning
go‗zalligini asrab-avaylashga olib keladi. Tabiatga muhabbatni va unga ehtiyotkorlik hissini
tarbiyalash shaxsda axloqiy belgilarni rivojlantirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |