Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 368,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana01.01.2022
Hajmi368,08 Kb.
#291793
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik talim va madaniyatni tarbiyalashga innovatsion yondashuv



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI  

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI  

PEDAGOGIKA FAKULTETI  

PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI 

3-KURS TALABASI  

No’monova X. 

PEDAGOGIKA FANIDAN

 



Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  ekologik ta’lim  va  madaniyatni  tarbiyalashga  innovatsion 

yondashuv

” 

 

MAVZUSIDAGI



 

 

 

REFERAT 

 

Ilmiy rahbar:             

I.Sattarova



 

 

 

 

 

 

Andijon 2014 yil

 

 


 

 



 

I.

 

KIRISH 

 

II.

 

ASOSIY QISM  

 

 

 

 

1.

 



Maktabgacha yoshdagi   bolalarda ekolgik  ta‘limni  shakllantirishning 

nazariy  asoslari 

 

2.

 



Ekologik  madaniyat  tushunchasi  

 

     3.  Ekologik  muammolar  va ularni  hal  etishda fanning  ahamiyati. 

 

 

 



III. XULOSA  

 

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 



 

KIRISH  

 

 

Keyingi  yarim  asr  mobaynida  jahonda  ro‗y  bergan  ekologik  xavfli  jarayonlar 

O‗zbekistonni  ham  chetlab  o‗tmadi.  Xususan,  Orol  va  Orolbo‗yi  hududi  ekologik  tanazzulga  yuz 

tutdi,  yerlarning  cheklanganligi,  sho‗rlanganligi  va  sifat  tarkibi  pastligi  bilan  bog‗liq  xavflar 

oshdi,  shamol  va  suv  ta‘sirida  yemirilish  tuproq  unumdorligiga  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatdi,  atmosfera 

havosi  va  chuchuk  suv  zahiralari  taqchilligi  sharoitida  uning    ifloslanishi  ro‗y  berdi.  Bu 

jarayonda  sanoat  va  qishloq  xo‗jaligi  ishlab  chiqarishi,  maishiy  turmush,  transport  vositalari, 

mashina  va  mexanizmlar  alohida  o‗rin  tutib,  inson  bilan  tabiat  o‗rtasidagi  munosabatda 

ehtiyotsizlikka  yo‗l  qo‗yilib,  o‗zaro  tabiiy  aloqadorlik  va muvozanatga  putur  yetdi. 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  ijtimoiy  ekologiya  muammolarini  dialektik  tahlil  qilar  ekan, 

tabiat  va  inson  o‗zaro  muayyan  qonuniyatlar  asosida  munosabatda  bo‗lishini,  bu  qonuniyatlarni 

buzish  o‗nglab  bo‗lmas  ekologik  falokatlarga  olib  kelishini  ta‘kidlab,  ularni  milliy  xavfsizlikka 

qarshi  yashirin  tahdidlardan  biri  sifatida  baholaydi.  «Buni  sezmaslik,  qo‗l  qovushtirib  o‗tirish  – 

o‗z-o‗zini  o‗limga  mahkum  etish  bilan  barobardir.  Afsuski,  hali  ko‗plar  ushbu  muammoga 

beparvolik  va  mas‘uliyatsizlik  bilan  munosabatda  bo‗lmoqdalar»

1

  deb  fuqarolarning  ona-tabiat, 



atrof-muhit  uchun  ekologik  mas‘ulligi  haqida  alohida  to‗xtaladi.  Zero,  O‗zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasida  ham  «fuqarolar  atrof  tabiiy  muhitga  ehtiyotkorona  munosabatda  bo‗lishga 

majburdirlar»

2

,  deb yozib  qo‗yilgan.



       

 

 



Ayni  paytda,  ekologik  xavfsizlikni  ta‘minlash  ko‗p  omilli  jarayon  ekanligini  alohida 

ta‘kidlash  lozim.  Uni  faqat  siyosat,  iqtisod  yoki  ma‘naviyatga  bog‗lab  qo‗yish  yaramaydi.  Bu 

borada  atrof-muhitga  nisbatan  sodir  etilayotgan  ekologik  noo‗rin  hatti-harakatlar  yoki  jinoyatlar 

kabi  ekologik  huquq  masalalari  muhim  o‗rin  tutadi.  Bu      xildagi      noo‗rin      hatti-  harakatlar  yoki 

jinoyatlar  fuqarolarning,  ayniqsa,  o‗sib  kelayotgan  yosh  avlodning  ekologik  ongi,  madaniyati  va 

mas‘uliyati  nisbatan  pastligi  (atrof-muhit,  ekologiya  va  tabiat  muhofazasiga  oid  qonunlarni, 

qadriyatlarni,  milliy  urf-odat  va  udumlarni  bilmasligi  yoki  ularga  rioya  etmasligi),  xususan, 

hayotiy  ekologik  bilim  va ko‗nikmalari  yetarlicha  rivojlanmaganligi  oqibatida  kelib  chiqadi.            

 

Ekologik 



noo‗rin 

hatti-harakatlar 

yoki  jinoyatlarning  salbiy  oqibatlarini  birdaniga 

aniqlash  qiyin  va  murakkab  jarayon.  Ular  atrof-muhitning,  ya‘ni  atmosfera  havosi,  suv  va 

tuproqning  sekin-asta,  deyarli  sezilmasdan  ifloslanishiga,  bu  esa  ulardagi  tabiiy  muvozanatning 

buzilishiga,  oxir-oqibat,  o‗simliklar  va  hayvonot  dunyosi  noyob  turlarining  yo‗qolishiga, 

                                                                 

1

 



Каримов  И.А.  Ўзбекистон  ХХ1  аср  бўсағасида:  хавфсизликка  таҳдид,  барқарорлик  шартлари  ва  тараққиёт 

кафолатлари.-Т.: «Ўзбекистон», 1997. -112- б. 

2

Ўзбекистон  Республикасининг  Конституцияси:  XII  чақириқ  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Кенгашининг  XI 



сессиясида  1992 йил 8 декабрда қабул қилинган.-  Т.: «Ўзбекистон», 1992. - 18-б.

  

 




 

 



 

odamlarning  esa  turli  xil  kasalliklarga  chalinib,  o‗rtacha  umrning  pasayishiga  olib  keladi. 

Yurtboshimiz  ta‘kidlaganlaridek,  «Tabiatga  qo‗pol  va  takabburlarcha  munosabatda  bo‗lishga 

yo‗l  qo‗yib  bo‗lmaydi.  Biz  bu  borada  achchiq  tajribaga  egamiz.  Bunday  munosabatni  tabiat 

kechirmaydi»

3

.   



Jahonning  barcha  mamlakatlari  kabi  O‗zbekistonda  ham  shaxs  va  jamiyatning  moddiy  va 

ma‘naviy  madaniyati  ekologik  mazmunga  ega  bo‗lmoqda.  Endilikda  respublikamizda 

chiqindisiz,  kam  chiqitli  va  ekologik  toza  texnologiyalarni  joriy  etish,  atrof-muhitni  muhofaza 

qilishning  iqtisodiy  mexanizmlarini  rivojlantirish  va  takomillashtirish,  ekologik  huquqbuzarliklar 

uchun 

ma‘muriy-huquqiy  choralar  ko‗rish,  ekologik  ma‘rifat  orqali  aholining  ekologik 



tafakkurini  rivojlantirish,  xalqaro  ekologik  munosabatlarni  yo‗lga  qo‗yish,  tabiatga,  atrof-

muhitga  ko‗rsatilayotgan  salbiy  antropogen  ta‘sirlarni  kamaytirishga,  insonning  atrof-muhitga 

sifat  jihatidan  yangicha  munosabatini  shakllantirishga  olib  kelmoqda.   

Kadrlar  tayyorlash  bo‗yicha  milliy  dasturda  ham  "inson,  jamiyat  va  atrof-muhit  o‗zaro 

munosabatlarining  uyg‗unlashuvi"ga,  "ta‘lim  oluvchilarning  …  ekologik  va  sanitariya-gigiena 

ta‘limi  hamda  tarbiyasini  takomillashtirish"ga  alohida  e‘tibor  qaratilgan

4

.

   



Shu  bois  umumiy  o‗rta 

ta‘lim 


maktabgachalari, 

xususan, 

maktabgacha 

ta‘lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilariga 

qo‗yilgan  umumiy  talablarda  ham  ularning  ekologik  mas‘uliyatni  his  qilishi,  tabiat  muhofazasi 

sohasidagi  bilimlarga  ega  bo‗lishi   lozimligi  alohida  ko‗rsatib  o‗tilgan. 

Demak,  Vatanimiz  tabiatiga,  atrof-muhitiga  nisbatan  hurmat,  ehtiyotkorona  munosabat  va 

unga  mas‘uliyat  bilan  qarash  hissini  maktabgacha  yoshdagi  har  bir  bola  shaxsida  tarbiyalashimiz 

lozim.  Maktabgacha  yoshdagi  bola  o‗z  atrofidagi  tabiiy-ijtimoiy  muhit  ta‘sirida  va  mahallada 

o‗rnatilgan    axloqiy-ekologik  tartibotlar  asosida  yashaydi.  Zero,  yurtimizning  go‗zal  tabiati, 

uning  kelgusi  holati  aynan  ularning  atrof-muhitga  bo‗lgan  munosabati  orqali  belgilanadi.  Shu 

bois  pedagog  olimlar  va  amaliyotchilar  ekologik  ta‘lim  va  tarbiyani  ilk  bolalik  yoshidan 

boshlash  maqsadga  muvofiq  deb hisoblashadi.   

Bir  qarashda  tabiatga  xunuk  oqibatlarini  oldindan  o‗ylamay,  bilmasdan  ziyon-zahmat 

yetkazish  bilan  bila  turib  yo‗l  qo‗yish  yoki  ongli  ravishda  qo‗l  urish  o‗rtasida  farq  yo‗qday 

tuyuladi.  Lekin  tabiatga  bilmasdan  zarar  keltirgan  kishi  o‗z  hatti-harakati  bilan  xato  ish  qilib 

qo‗yganligini  payqagach,  zimmasidagi  mas‘uliyatni  his  etib,  o‗zini  to‗g‗ri  yo‗lga  soladi. 

Tabiatga  ziyon  yetkazayotganini  bila  turib,  o‗z  hatti-harakatini  to‗xtatmasdan  ongli  ravishda 

                                                                 

3

 



Каримов  И.А.  Ўзбекистон  ХХ1  аср  бўсағасида:  хавфсизликка  таҳдид,  барқарорлик  шартлари  ва  тараққиёт 

кафолатлари.-Т.: «Ўзбекистон», 1997. -116- б. 

 

4

 



Баркамол  авлод  -  Ўзбекистон  тараққиётининг  пойдевори.  –  Т.:  «Шарқ»  нашриёт-матбаа  концернининг  Бош 

таҳририяти, 1998. - 44-45- бетлар. 

 



 

 



 

davom  ettiradigan  odamni  esa  bu  ishdan  qaytarish  ancha  mushkul.  Noo‗rin  hatti-harakatlarning 

guvohi  bo‗lib  turganlar  esa  bunga  ko‗p  vaqt  to‗sqinlik  qilish  payida  bo‗lsalar-da,  qat‘iyatsizlik 

namoyon  qilib,  o‗zlarini  chetga  oladilar.  Atrof-muhitga  bilmasdan  zarar  yetkazgan  odam  uchun 

ekologik  ta‘lim  zarur  bo‗lsa,  o‗zi  keltirayotgan  zararni  bilsa  ham,  yo‗lidan  qaytmaydigan 

mas‘uliyatsiz  odamga  ekologik  ta‘limgina  emas,  balki  tarbiya  ham  lozim.  Chunki  birinchisi 

ongga  bog‗liq  bo‗lsa,  ikkinchisi  axloqqa  borib  taqaladi. 

Bularning 

barchasi 

shaxs 


kamolotining  dastlabki  bosqichlarida  bolalarda  shaxsiy 

munosabatlarni  hosil  qilish  uchun  ularni  atrof-muhit  qadriyatlariga  o‗rgatish  zarurligidan  dalolat 

beradi.  Uning  eng  muhim  vositalaridan  biri  esa  bolalarni  atrof-muhit  bilan  tanishtirish 

hisoblanadi. 

Demak,  maktabgacha  ta‘lim  muassasalaridagi 


Download 368,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish