2
I.
KIRISH
II.
ASOSIY QISM
1.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekolgik ta‘limni shakllantirishning
nazariy asoslari
2.
Ekologik madaniyat tushunchasi
3. Ekologik muammolar va ularni hal etishda fanning ahamiyati.
III. XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR
3
KIRISH
Keyingi yarim asr mobaynida jahonda ro‗y bergan ekologik xavfli jarayonlar
O‗zbekistonni ham chetlab o‗tmadi. Xususan, Orol va Orolbo‗yi hududi ekologik tanazzulga yuz
tutdi, yerlarning cheklanganligi, sho‗rlanganligi va sifat tarkibi pastligi bilan bog‗liq xavflar
oshdi, shamol va suv ta‘sirida yemirilish tuproq unumdorligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatdi, atmosfera
havosi va chuchuk suv zahiralari taqchilligi sharoitida uning ifloslanishi ro‗y berdi. Bu
jarayonda sanoat va qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi, maishiy turmush, transport vositalari,
mashina va mexanizmlar alohida o‗rin tutib, inson bilan tabiat o‗rtasidagi munosabatda
ehtiyotsizlikka yo‗l qo‗yilib, o‗zaro tabiiy aloqadorlik va muvozanatga putur yetdi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ijtimoiy ekologiya muammolarini dialektik tahlil qilar ekan,
tabiat va inson o‗zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo‗lishini, bu qonuniyatlarni
buzish o‗nglab bo‗lmas ekologik falokatlarga olib kelishini ta‘kidlab, ularni milliy xavfsizlikka
qarshi yashirin tahdidlardan biri sifatida baholaydi. «Buni sezmaslik, qo‗l qovushtirib o‗tirish –
o‗z-o‗zini o‗limga mahkum etish bilan barobardir. Afsuski, hali ko‗plar ushbu muammoga
beparvolik va mas‘uliyatsizlik bilan munosabatda bo‗lmoqdalar»
1
deb fuqarolarning ona-tabiat,
atrof-muhit uchun ekologik mas‘ulligi haqida alohida to‗xtaladi. Zero, O‗zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida ham «fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‗lishga
majburdirlar»
2
, deb yozib qo‗yilgan.
Ayni paytda, ekologik xavfsizlikni ta‘minlash ko‗p omilli jarayon ekanligini alohida
ta‘kidlash lozim. Uni faqat siyosat, iqtisod yoki ma‘naviyatga bog‗lab qo‗yish yaramaydi. Bu
borada atrof-muhitga nisbatan sodir etilayotgan ekologik noo‗rin hatti-harakatlar yoki jinoyatlar
kabi ekologik huquq masalalari muhim o‗rin tutadi. Bu xildagi noo‗rin hatti- harakatlar yoki
jinoyatlar fuqarolarning, ayniqsa, o‗sib kelayotgan yosh avlodning ekologik ongi, madaniyati va
mas‘uliyati nisbatan pastligi (atrof-muhit, ekologiya va tabiat muhofazasiga oid qonunlarni,
qadriyatlarni, milliy urf-odat va udumlarni bilmasligi yoki ularga rioya etmasligi), xususan,
hayotiy ekologik bilim va ko‗nikmalari yetarlicha rivojlanmaganligi oqibatida kelib chiqadi.
Ekologik
noo‗rin
hatti-harakatlar
yoki jinoyatlarning salbiy oqibatlarini birdaniga
aniqlash qiyin va murakkab jarayon. Ular atrof-muhitning, ya‘ni atmosfera havosi, suv va
tuproqning sekin-asta, deyarli sezilmasdan ifloslanishiga, bu esa ulardagi tabiiy muvozanatning
buzilishiga, oxir-oqibat, o‗simliklar va hayvonot dunyosi noyob turlarining yo‗qolishiga,
1
Каримов И.А. Ўзбекистон ХХ1 аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт
кафолатлари.-Т.: «Ўзбекистон», 1997. -112- б.
2
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси: XII чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг XI
сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган.- Т.: «Ўзбекистон», 1992. - 18-б.
4
odamlarning esa turli xil kasalliklarga chalinib, o‗rtacha umrning pasayishiga olib keladi.
Yurtboshimiz ta‘kidlaganlaridek, «Tabiatga qo‗pol va takabburlarcha munosabatda bo‗lishga
yo‗l qo‗yib bo‗lmaydi. Biz bu borada achchiq tajribaga egamiz. Bunday munosabatni tabiat
kechirmaydi»
3
.
Jahonning barcha mamlakatlari kabi O‗zbekistonda ham shaxs va jamiyatning moddiy va
ma‘naviy madaniyati ekologik mazmunga ega bo‗lmoqda. Endilikda respublikamizda
chiqindisiz, kam chiqitli va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, atrof-muhitni muhofaza
qilishning iqtisodiy mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirish, ekologik huquqbuzarliklar
uchun
ma‘muriy-huquqiy choralar ko‗rish, ekologik ma‘rifat orqali aholining ekologik
tafakkurini rivojlantirish, xalqaro ekologik munosabatlarni yo‗lga qo‗yish, tabiatga, atrof-
muhitga ko‗rsatilayotgan salbiy antropogen ta‘sirlarni kamaytirishga, insonning atrof-muhitga
sifat jihatidan yangicha munosabatini shakllantirishga olib kelmoqda.
Kadrlar tayyorlash bo‗yicha milliy dasturda ham "inson, jamiyat va atrof-muhit o‗zaro
munosabatlarining uyg‗unlashuvi"ga, "ta‘lim oluvchilarning … ekologik va sanitariya-gigiena
ta‘limi hamda tarbiyasini takomillashtirish"ga alohida e‘tibor qaratilgan
4
.
Shu bois umumiy o‗rta
ta‘lim
maktabgachalari,
xususan,
maktabgacha
ta‘lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga
qo‗yilgan umumiy talablarda ham ularning ekologik mas‘uliyatni his qilishi, tabiat muhofazasi
sohasidagi bilimlarga ega bo‗lishi lozimligi alohida ko‗rsatib o‗tilgan.
Demak, Vatanimiz tabiatiga, atrof-muhitiga nisbatan hurmat, ehtiyotkorona munosabat va
unga mas‘uliyat bilan qarash hissini maktabgacha yoshdagi har bir bola shaxsida tarbiyalashimiz
lozim. Maktabgacha yoshdagi bola o‗z atrofidagi tabiiy-ijtimoiy muhit ta‘sirida va mahallada
o‗rnatilgan axloqiy-ekologik tartibotlar asosida yashaydi. Zero, yurtimizning go‗zal tabiati,
uning kelgusi holati aynan ularning atrof-muhitga bo‗lgan munosabati orqali belgilanadi. Shu
bois pedagog olimlar va amaliyotchilar ekologik ta‘lim va tarbiyani ilk bolalik yoshidan
boshlash maqsadga muvofiq deb hisoblashadi.
Bir qarashda tabiatga xunuk oqibatlarini oldindan o‗ylamay, bilmasdan ziyon-zahmat
yetkazish bilan bila turib yo‗l qo‗yish yoki ongli ravishda qo‗l urish o‗rtasida farq yo‗qday
tuyuladi. Lekin tabiatga bilmasdan zarar keltirgan kishi o‗z hatti-harakati bilan xato ish qilib
qo‗yganligini payqagach, zimmasidagi mas‘uliyatni his etib, o‗zini to‗g‗ri yo‗lga soladi.
Tabiatga ziyon yetkazayotganini bila turib, o‗z hatti-harakatini to‗xtatmasdan ongli ravishda
3
Каримов И.А. Ўзбекистон ХХ1 аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт
кафолатлари.-Т.: «Ўзбекистон», 1997. -116- б.
4
Баркамол авлод - Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Т.: «Шарқ» нашриёт-матбаа концернининг Бош
таҳририяти, 1998. - 44-45- бетлар.
5
davom ettiradigan odamni esa bu ishdan qaytarish ancha mushkul. Noo‗rin hatti-harakatlarning
guvohi bo‗lib turganlar esa bunga ko‗p vaqt to‗sqinlik qilish payida bo‗lsalar-da, qat‘iyatsizlik
namoyon qilib, o‗zlarini chetga oladilar. Atrof-muhitga bilmasdan zarar yetkazgan odam uchun
ekologik ta‘lim zarur bo‗lsa, o‗zi keltirayotgan zararni bilsa ham, yo‗lidan qaytmaydigan
mas‘uliyatsiz odamga ekologik ta‘limgina emas, balki tarbiya ham lozim. Chunki birinchisi
ongga bog‗liq bo‗lsa, ikkinchisi axloqqa borib taqaladi.
Bularning
barchasi
shaxs
kamolotining dastlabki bosqichlarida bolalarda shaxsiy
munosabatlarni hosil qilish uchun ularni atrof-muhit qadriyatlariga o‗rgatish zarurligidan dalolat
beradi. Uning eng muhim vositalaridan biri esa bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirish
hisoblanadi.
Demak, maktabgacha ta‘lim muassasalaridagi