Qayta tiklanuvchi energiya manbalari



Download 4,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/145
Sana01.01.2022
Hajmi4,44 Mb.
#291569
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   145
Bog'liq
2 5420616419702214711

 
 


22 
 
 
1.3. O‘zbekiston respublikasidagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining 
energetik potensiali 
 
O‘zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalarining katta salohiyatiga ega. 
Bu qariyb 51.0 milliard t.n.e. iqdorida baholanmoqda (1.9- rasm).  
 
1.9-rasm.
 
Respublikamizning  qayta  tiklanuvchan  energiya  manbalari 
bo‘yicha salohiyat ko‘rsatkichlari  
 
Bugungi  kunda  dunyodagi  mavjud  texnika  va  texnologiyalar  179,0  million 
t.n.e. foydalanish imkonini beradi. Bu esa mamlakatda qazilma yoqilg‘ini qazib olish 
bo‘yicha yillik joriy miqdordan uch marta ko‘pdir (1.10-rasm). 
 
1.10-rasm.
 
O‘zbekistonda qayta tiklanaligan energiya manbalarining texnik 
imkoniyat ko‘rsatkichlari 
 


23 
 
 
Ayni  paytda,  qayta  tiklanadigan    energiya  manbalarining  iqtisodiy  salohiyati 
baholanmagan.  Texnik  salohiyat    biomassa  resurslari  -  o‘simlikshunoslik, 
chorvachilik,  sanoat  va  maishiy  chiqindilar  hisobga  olinmasdan  baholangan.  Aslida 
bu salohiyat yaqin kelajakda  baholanishi lozim. Masalan, paxta 
 ekilgan 
bir 
gektar maydondan 2 tonnadan 4 tonnagacha g‘o‘zapoya yig‘ishtirib olish mumkin, bu 
esa faqat g‘o‘zapoya resurslari 1-2 million t.n.e. tashkil etishi mumkin.  
Qayta  tiklanadigan  barcha  energiya  manbalarining  katta  miqdordagi 
salohiyatining 
mavjudligi 
qayta 
tiklanadigan 
energetikani 
muvaffaqiyatli 
rivojlantirish  uchun  muhim  asos  hisoblanadi.    O‘zbekistonda  qulay  iqtisodiy 
muhitning  yaratilishi  esa  ushbu  texnik  salohiyatning  sezilarli  qismini  o‘zlashtirish 
imkonini beradi (1.1-jadval). 
 
1.1- O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalari salohiyati 
Salohiyat 
Jami 
(mln.t.n.e.) 
SHu jumladan energiya (mln.t.n.e.) 
gidro 
quyosh  shamol  geotermal suv 
YAlpi 
50984,6 
9,2 
50973,0 
2,2 
0,2 
Texnik 
179,0 
1,8 
176,8 
0,4 

O‘zlashtirilgan 
0,6 
0,6 



 
Qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalari  (QTEM)dan  foydalanish  ahamiyati  roli 
baholaganda  ma’lum  haqiqat  –  Yerdagi  organik  yoqilg‘ilar  zaxirasining 
tugallanishini, ularning hamma tezlashadigan sarflash sur’atlarini oshishi va shuning 
bilan  birga  alternativ  energiya  manbalarini  izlash  zaruratini,  shuningdek,  yoqilg‘i-
energetik resurslar tejashning qattiq tartibini amalga oshirishni hisobga olish zarur. 
Bir  qator  ilmiy  va  texnik  isbotlangan  va  qandaydir  darajada  bu  muammoni 
echishning raqobatlashuvchi yo‘nalishlari  mavjud. Kelajak nuqtai nazaridan ma’lum 
rivojlanish bosqichida hozir eng iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydigan yo‘nalishni 


24 
 
 
ma’qul  ko‘rib,  yangi  energiya  manbalarini  izlashning  barcha  yo‘nalishlarini 
rivojlantirish zarurati bor. 
U  yoki  bu  darajada  energetika  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarni  yechish  yo‘llaridan  biri  mahalliy  energiya  resurslari  (rivojlangan 
infrastrukturali tumanlardagi ko‘mir, gaz, neft kichik zaxiralari)ni aktiv o‘zlashtirish 
shuningdek,  O‘zbekiston  hududida  mavjud  bo‘lgan  ekologik  havfsiz  tiklanuvchi 
energiya manbalaridan masshtabli foydalanish hisoblanadi. 
Tiklanuvchi  energiya  manbalari  tushunchasiga  quyidagi  energiya  shakllari 
kiradi:  quyosh,  geotermal,  shamol,  dengiz  to‘lqinlari  energiyasi,  oqimlar,  bo‘g‘ozlar 
va  okean,  biomassa  energiyasi,  gidroenergiya,  past  potensialli  issiqlik  energiyasi  va 
tiklanuvchi energiyaning boshqa «yangi» turlari. 
Shartli ravishda QTEMlarni ikki guruhga ajratish qabul qilingan: 
-
 
Odatiy:  30  MVt  dan  ko‘proq  quvvatga  ega  gidroelektrostansiyalar  yordamida 
elektr  energiyaga  aylantiriladigan  gidravlik  energiya,  odatiy  yondirish  usullari  bilan 
(o‘tin,  torf  va  pech  yoqilg‘isining  boshqa  turlari  issiqlik  olish  uchun  ishlatiladigan 
biomassa energiyasi hamda geotermal energiya. 
-
 
Noodatiy:  quyosh  energiyasi,  shamol  energiyasi,  dengiz  to‘lqinlari,  oqimlar, 
bo‘g‘ozlar  energiyasi,  kichik  va  mikroGESlar  tomonidan  ishlatiladigan  energiya 
turiga  aylanadigan  gidravlik  energiya,  odatiy  usullar  bilan  issiqliq  olish  uchun 
ishlatilmaydigan biomassa energiyasi, past potensial issiqlik energiyasi va tiklanuvchi 
energiyaning boshqa «yangi» turlari.  
QTEMlarning potensial zaxiralari valli, texnik va iqtisodiyga bo‘linadi. 
QTEMning  valli  potensiali  –  berilgan  QTEM  turi  tarkibidagi  foydali 
ishlatilayotgan  energiyaga  to‘la  aylantirib  borganda  tarkibidagi  o‘rtacha  yillik 
energiya hajmi. 
QTEMning texnik potensiali – valli potensialning bir qismi bo‘lib, uni foydali 
energiyaga aylanishi atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha talablarga amal qilishda 
texnik vositalarni berilgan rivojlanish darajasida mumkin bo‘ladi (1.11-rasm). 
 


25 
 
 
 
1.11-rasm.

Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish