1.2-jadval. Nazariy zaxiralar bo‘yicha tiklanuvchi energiya manbalarining
ko‘rsatkichlari.
Potensiali
Quyosh
energiyasi
Geotermal
energiya
Gidroenergiya
Biomassa
energiyasi
SHamol
energiyasi
Valli
potensial
0,76
99,24
1,36∙10-4
3,4∙10-5
3,3∙10-5
Texnik
potensiali
98,5
-
1,08
0,14
0,23
Iqtisodiy
potensial
0,18
-
99,82
-
-
Valli resurs yoki boshqacha aytganda, nazariy zaxiralar bo‘yicha qayta
tiklanuvchi energiya manbalari orasida, geotermal energiya etakchi hisoblanadi
(1.12-rasm).
1.12-rasm.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari resurslari
27
Biroq nisbatan past haroratlar (70-80
0
S gacha), artezian suvlarining katta
minerallanishi va chuqurligi texnik nuqtai nazardan ulardan elektr energiya ishlab
chiqarish uchun foydalanishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun, agar texnik amalga
oshiriladigan potensiallarni ko‘rib chiqsak, u holda quyosh energiyasi Yetakchi
hisoblanadi. Quyosh energiyasi ishlab chiqarilayotgan energiyaning narxi esa undan
keng foydalanishni chegaralaydi.
Shuning uchun tiklanuvchi energiya manbalarining hamma turlari ichidan,
iqtisodiy potensiali juda yuqori bo‘lgan va hozirgi vaqtda 14.4 mlrd kVt soatni tashqil
etadigan gidroenergetika amaliy mazmun kasb etadi. Hozirgi vaqtda 4 dan 6,5 mlrd
kVt soatgacha ishlatiladi. Ishlatilmaydigan rezervlar kichik va o‘rta GESlar guruhiga
kiritilib, ular nisbatan kichik bosimlari bilan tavsiflanadi va natijada sug‘orish va
drenaj kanallarini o‘z ichiga olib, butun suv oqimi bo‘ylab yo‘nalgan kam quvvatli
gidroelektrostansiyalarga mo‘ljallangan.
Energiya resurslari narxlarini umumiy oshirish kichik va o‘rta GESlar elektr
energiyasini raqobatbardoshligi uchun zamin yaratadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha,
mikroGESlarning turli ko‘rinishlari (engli, engsiz, tirgakli va h.q.)dan foydalanish
samaradorligini ko‘rsatadi. Suv oqimlari energiyasidan kompleksli foydalanish
mutloq energiya iste’mol qilish kattaligi bo‘yicha kam quvvatli, lekin ishlab chiqarish
natijalari bo‘yicha juda samarali chiqarilgan iste’molchilarni energiya bilan
ta’minlash muammosini echishga yordam beradi. Bu avvalambor, aholi punktlari va
haydaladigan yaylovlarning tog‘ oldi tumanlaridagi taalluqli. Markazlashgan
energiya ta’minoti tumanlarida, lokal avtonom energiya manbalaridan foydalanish
energetik bozorning raqobatchi muhitni yaratishiga imkon beradi. Kichik va o‘rta suv
oqimlari energiyasi bilan birga, bunday raqobatda noan’anaviy energiya manbalari
(shamol, quyosh, biogaz energiyasi) ham qatnashishi mumkin. Dastlabki hisoblar
buyicha kichik va o‘rtacha suv oqimlari, mahalliy va noan’anaviy energiya manbalari
potensiali mutloq qiymati bo‘yicha birlamchi energiyadan umumiy foydalanishdan 1
dan 1,5% gacha tashkil etadi.
28
Do'stlaringiz bilan baham: |