76
O`ttiz birinchi mashg`ulot
31.Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi:
baland, Samarqand, poyezd; do‘st, artist, g‘isht kabi so‘zlarda d, t
tovushi
ba’zan aytilmasa ham, yoziladi.
metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi o‘zlashma so‘zlar oxirida bir
undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday so‘zda xuddi shu tovush bilan
boshlanadigan qism qo‘shilsa, so‘z oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall +lar =
metallar, kilogram+mi= kilogrammi kabi.
Quyidagilardan qo‘sh undoshli va qator undoshli so‘zlarni ajratib
yozing.Namuna: qo‘sh undoshli –
malla, g‘alla; qator undoshli –
kasr, kadr.
Dars, darz, stol, achchiq, yetti, ikki, daraxt, muallim, soat, fahm, zehn, sabr,
jizza, munajjim, muqaddas, sport, rang, mas’h, taxt, karaxt, mutaxassis, serjant,
tank, durroj, taalluqli, qarz, qars, million, tunnel, tennis, sinf, favvora, tinchlik,
issiq, meshshan, abssess, ammiak, assotsiatsiya, farzand, doktorant, ekspluatatsiya,
fayz, faxr, hukm, quvvat, komissiya, kodeks, konspekt, kredit, bank, qadr,ong.
Matnni o‘qing.
Hassos daryo
Tog‘ay Murodning ilk asarlarini o‘qiganda, ularning
kutilmagan poeziyasi
meni o‘ziga rom etdi. Esimizda, o‘sha asarlar dunyoga kelib o‘qilayotganda juda
ko‘pchilik o‘quvchilarga va qalam ahllariga bu kutilmagan poeziya shunday juda
chuqur taassurot qoldirgan edi. Ular yaqin-yiroq adabiyotlar
sarhadlari va ufqlariga
qaraganda ham o‘xshashi yo‘q adabiy-badiiy hodisalar ekanligi ko‘rinib turardi.
Gruzinlarning Pirosmani degan rassomi o‘tgan. Uning suratlari barchasi xuddi
juda talantli bolalar chizgan suratlarga o‘xshaydi. Buni primitivizm ham deyishadi.
Yaxshi ma’noda. Pirosmani shu o‘ta odmi suratlarida gruzinning
qiyofasi,
gruzinning to shoirligi – san’atkorligi va o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchini juda yorqin
va takrorlanmas tarzda aks ettirgan. Pirosmanining Tog‘ay
Murodga hech aloqasi
yo‘q. Lekin Tog‘ay Murod ham xuddi shu gruzin rassomi kabi takrorlanmas,
xalqonadir.
77
Tog‘ay Murodni o‘qisangiz, odam dam-badam to‘lib ketadi. Yig‘i. Zavq-
shavq. Ilhomga. Tog‘ay Murod bu – To‘polon daryo. Uni men
dunyodagi eng
chiroyli daryolardan biri deb bilaman. Voy, bu daryoning sho‘xligi! Voy, bu
daryoning o‘ziga odamni sig‘dirmasligi! Bir kaft suv ololmaysiz! Bir zum
oyog‘ingizni rohat to‘lqiniga sololmaysiz. Qo‘ymaydi! Shitob bilan oqizib ketadi.
Chirpirak qilib yuboradi. Lekin butun Surxon uning bois gul-gul yashnaydi,
ochiladi, tiriklik qo‘shig‘ini aytib jar soladi.
Niagara Amerika diyoridagi shoirlarni yaratganmi, yaratmaganmi,
aytolmayman. Lekin To‘polon daryo Surxonda Tog‘ay Murodni yaratgan. Unga
o‘z shaddod shoirligidan ulug‘ ulush ato etgan. Meni bu ikki ulug‘vor hassoslik
doim hayratga soladi. Bu ikki daryo bo‘yida doim odamning bag‘ri kengayganday,
yayraganday, dunyoning tahlil etib bo‘lmas sirlariga oshno bo‘lganday sezadi
odam o‘zini.(I.G‘afurov)
Savol va topshiriqlar:
1.
Tog‘ay Murodning qanday asarlarini o‘qigansiz?
2.
Ularda oddiy va samimiy insonlarning tasvirlanishini izohlab
bera olasizmi?
3.
Adibning quyidagi asarlaridan bittasini topib o‘qing. Uning
mazmunini o‘rtoqlaringizga gapirib bering: “Yulduzlar mangu yonadi”,
“Ot kishnagan oqshom”, “Oydinda yurgan odamlar”, “Momo yer
qo‘shig‘i”, “Otamdan qolgan dalalar”
Do'stlaringiz bilan baham: