Savol va topshiriqlar:
1.Talaffuzi va yozilishida farq bo‘lgan so‘zlarni ko‘chirib yozing.
2. “Salomatlik – tuman boylik” degan mavzuda matn tuzing. Tuzgan
matningizdagi talaffuzi va yozilishida farq bo‘lgan so‘zlarning tagiga chizing.
O`ttiz beshinchi mashg`ulot
88
37. Quyidagi qo‘shimchalarning bosh tovushi ikki yoki uch xil aytiladi va
shunday yoziladi:
1) taqlid so‘zlardan fe’l yasovchi -illa (chirilla, taqilla) qo‘shimchasi so‘z
tarkibida v yoki u tovushi bo‘lganda -ulla aytiladi va shunday yoziladi: shovulla,
lovulla, gurulla kabi;
2) nisbat shaklini yasovchi -dir qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan
bir bo‘g‘inli so‘zlarda (“kel”dan boshqa), shuningdek z undoshi bilan tugagan
orttirma nisbat yasovchisidan keyin qo‘shiladi: quvdir, kuldir, yondir; o‘tkazdir,
tomizdir kabi. Qolgan barcha hollarda -tir aytiladi va shunday yoziladi: tiktir,
kestir, uyaltir, chaqirtir kabi;
3) jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga, chegara bildiruvchi -gacha,
ravishdosh shaklini yasovchi -gach, -guncha, -gani, -gudek, sifatdosh shaklini
yasovchi -gan, buyruq maylining II shaxs ko‘rsatkichi -gin, shuningdek -gina
qo‘shimchasi uch xil aytiladi va shunday yoziladi;
a) k undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh
tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yo‘lakkacha, ko‘nikkach,
zerikkuncha, to‘kkani, bukkan, ekkin, kichikkina kabi;
b) q undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh
tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach,
chiqquncha, chiniqqani, qo‘rqqudek, achchiqqina kabi;
d) qolgan barcha hollarda, so‘z qanday tovush bilan tugashidan va bu
qo‘shimchalarning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qat’iy nazar, g yoziladi:
bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha kabi.
Matnni o‘qing.
Muchal
Juda qadim zamonlardan beri o‘lkamizda muchal bo‘yicha yil ag‘darish odati
bor. Qariyalar muchaling nima, deb so‘rab yoshingizni aytib berishadi. Muchal -
12 ta hayvonning nomi bilan ataladigan yillar. Muchal hisobi Osiyo va Afrikadagi
ko‘pgina mamlakatlar xalqlari orasida qadimdan keng tarqalgan. Yozma
ma'lumotlarga qaraganda, muchal hisobini dastlab bizning o‘lkamizda
ko‘chmanchi chorvador xalqlar ishlatgan. Keyin u Mo‘g‘uliston, Xitoy, Yaponiya,
Hindiston, Misr, Iroq, Eron, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarga tarqalgan.
Odamlarning tug‘ilgan yillarini hayvonlar nomi bilan atash odati ayrim
hayvonlarga sig‘inish oqibatida kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun
qaysi mamlakatda qanday hayvon hosiyatliroq hisoblansa, u 12 yillik yil hisobiga
kiritilgan. Masalan, Xitoyda baliq o‘rniga afsonaviy ajdaho, Afrikadagi ba'zi
89
xalqlarda baliq o‘rniga timsoh, Misrda sichqon o‘rniga mushuk, ot o‘rniga eshak
va hokazo hayvonlar nomlari qo‘llanilgan. O‘lkamizda esa mana bu hayvonlar
muchalni ifodalaydi. 1. Tovuq, 2. It, 3. To‘ng‘iz, 4. Sichqon, 5. Sigir, 6. Yo‘lbars,
7. Quyon, 8. Baliq, 9. Ilon, 10. Ot, 11. Qo‘y va 12. Maymun. Odam shu
hayvonlarning nomi bilan atalgan yilning qaysi birida tug‘ilgan bo‘lsa, uning
muchali shu hayvon nomi bilan ataladi. Dastlab, muchalning birinchi yili deb
sichqon yili olinardi. Keyinchalik muchal hisobini biz ishlatadigan milodiy hisobga
bog‘lash maqsadida teskarisiga hisoblansa, milodiy hisobning birinchi yili tovuq
yili ekan. Shuni nazarga olib muchalning hisob boshi tovuq yili desak, grigoriy
taqvimi bo‘yicha yozilgan yilni 12 ga bo‘lganimizda hosil bo‘ladigan qoldiq son
muchal yili tartibini bildiradi. Masalan, 2000 yilning qanday yil ekanligini bilish
uchun uni 12 ga bo‘lamiz: 2000:12 =
166 (8) b
o‘ladi. Bunda qoldiq 8 bo‘lgani
uchun 2000 yil baliq yili ekan. Tabiiyki, agar qoldiq nol bo‘lsa, yil 12, ya'ni
maymun yili bo‘ladi.
Muchal
hayvonlarining tasviri turmushda ishlatiladigan turli-tuman
buyumlarga chizilgan, ayollarning bezaklariga tushirilgan. 12 yillikning har bir yili
tabiatdagi ulkan tabiiy hodisalar bilan bog‘liq degan qadimiy rivoyatlar ham
to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish mumkin. Quyoshdagi chaqnash, portlash
hodisalari, dog‘larning ko‘payib-kamayib ketishi va shularga bog‘liq holda Yerda
ham ob-havo sharoitlaridagi o‘zgarishlar, magnit bo‘ronlari hodisalari va hokazolar
ham 12 yillik davr bilan o‘zgaradi. Qurg‘oqchilik, namgarchilik, qahraton qish, iliq
qish, jazirama yoz va hokazolar, bularga bog‘liq holda qimmatchilik, arzonchilik
kabi jamiyatdagi hodisalar bilan bog‘lanib ketadi. Hatto tug‘ilgan bolaning taqdiri,
fe'l-atvori uning muchaliga bog‘liq bo‘ladi, deguvchilar ham bor. Chunonchi, ilon
yilida qurg‘oqchilik, qimmatchilik bo‘larkan, qish sovuq kelarkan, tug‘ilgan far-
zand nodon bo‘larmish, to‘ng‘iz yilida yog‘ingarchilik ko‘p, narx-navo arzon,
farzand tug‘ilsa, u davlatmand va dono bo‘larmish, quyon yilida tug‘ilgan bola
uzoq umr ko‘rib, badavlat, oqil va odil inson bo‘lib yetisharmish va hokazo.
Muchal hisobi bo‘yicha yil boshi deb ko‘pchilik sharq mamlakatlarida,
jumladan, O‘zbekistonda ham 22 mart olinadi. Shuning uchun tug‘ilgan bolaning
90
muchal hisobidagi yilini aniqlashda ehtiyot bo‘lish kerak, Navro‘zning birinchi
kuniga qadar o‘tgan yilning muchali hisobga olinadi. Endi, bolalar, muchalingizni
aniqlashni istasangiz, tug‘ilgan yilingizni 12 ga bo‘ling, shunda hosil bo‘lgan
qoldiq son sizning muchalingizni ko‘rsatadi. Aytaylik, siz 1987-yilda tug‘ilgansiz.
Uni (1987 ni) 12 ga bo‘lsangiz, 7 qoldiq qoladi. Demak, sizning muchalingiz
quyon ekan. (“Bolalar ensiklopediyasi”dan)
Do'stlaringiz bilan baham: |