Oz tilim – o‘zbek tilim



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/89
Sana01.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#291138
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89
Bog'liq
ozbek tilining boyligi

Beshinchi mashg`ulot 
                                                                                                                                                       
5.O‘ o‘ harfi: 
O‘  o‘  harfi  o‘t,  o‘q,  o‘zbek,  o‘simlik, do‘ppi;  bo‘tako‘z, semizo‘t, 
gulko‘rpa, noo‘rin kabi so‘zlarda orqa qator o‘rta-keng unlini ifodalash 
uchun yoziladi. 
 
1. Quyidagi so‘zlarning aytilishi va yozilishiga e’tibor bering: 
obro‘ (y) 
yo‘l 
ro‘yobga  
ro‘yxatiga  
ro‘kach  
so‘z  
 
so‘zlovchi  
so‘ngida  
so‘nmas  
to‘g‘ri  
to‘g‘risidagi  
to‘y 
 
to‘q 
to‘kib 
to‘kilgan  
to‘qib  
To‘qtag‘ul  
to‘laqonli  
 
to‘liq  
to‘plam 
to‘rt  
to‘fon  
Xo‘jayev 
o‘ylarimiz  
                        
2. Yuqoridagi so‘zlarni qatnashtirib sodda va qo‘shma gaplar tuzing.  
3. Quyidagi to‘rttadan so‘zlarni qatnashtirib gap tuzing: 
o‘t, o‘q,  to‘g‘ri o‘zbek;  o‘simlik, so‘zlovchi,  do‘ppi;  bo‘tako‘z;  semizo‘t, 
gulko‘rpa, noo‘rin 
 
4.  Matnni o‘qing. 
Nutq shakllari 
Nutq shakllari ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: og‘zaki va yozma. Og‘zaki nutq 
og‘izda aytilishi bilan, yozma nutq esa yozuvda ifodalanishi bilan farqlanadi. 
Gapirish va eshitishda og‘zaki nutqdan foydalanamiz. Yozish va o‘qishda esa 
yozma nutq qo‘l keladi.  
 
5. Quyidagi maqollarni o‘qing. Ularning qaysi birida og‘zaki, qaysi birida 
yozma nutq nazarda tutilganiga e’tibor bering. Maqollarni  yod oling: 
 
Xalq aytsa, elab aytar,  
Haq so‘zni bilib aytar. 
 
Betga aytganning zahri yo‘q. 
 
Yozma, qo‘lim, eshitma, 
qulog‘im. 
 
Aytguvchi nodon bo‘lsa,  
Tinglovchi dono kerak.  
 
Kitob ko‘rmagan kalla – 
Giyoh unmagan dala. 
 
Mulla bilganin o‘qir, 
Bo‘zchi bilganin to‘qir. 
 
 
1.  Endi ayting-chi, qaysi nutq shakli oldin paydo bo‘lgan. Nega shu 
fikrdasiz? Asoslab bering.  


 
24 
2.  Tushirib qoldirilgan so‘zlarni qo‘ygan holda gaplarni yozing: 
      Avval ..., keyin  ...  . 
          Aytilgan … – otilgan … . 
 
Matnni oqing. 
*   * 
                                                         * 
Xalq og‘zaki ijodi namunalarining juda katta tarbiyaviy imkoniyatlarga ega 
ekanligi haqidagi fikr bizning kashfiyotimiz emas. Uni bizning bobokalonlarimiz, 
ulug‘  ajdodlarimiz juda yaxshi bilishgan. Har holda alla, maqol, topishmoq, tez 
aytish, ertak singari adabiy-folklor janrlarining bola ongida juda erta vaqtdan 
boshlab o‘rin ola boshlashi bejiz emas. Bular zaminida bolada millatga, el-yurtga, 
atrofidagilarga, kattalarga, umuman, odam va olamga bo‘lgan munosabatlar tizimi 
shakllanib, kamol topib boradi. Uning ona tilidagi joziba, sehr va fusunkorlikni 
ilg‘ashi, anglashi va undan foydalanishga oid ko‘nikma va malakalarining 
shakllanishi hamda kamol topishi ham shu jarayonlarga bog‘liq holda amalga 
oshadi. Shunga ko‘ra, Prezidentimizning “Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong 
va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali 
namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona 
tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili –  bu millatning ruhidir”,–       
degan gaplari fikrimizni yana bir marta qo‘llab-quvvatlaydi. 
 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish