Oz tilim – o‘zbek tilim



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/89
Sana01.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#291138
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89
Bog'liq
ozbek tilining boyligi

Vatan haqida so‘z 
 
So‘ritoklarda uzum, novdasi quloch-quloch,  
Ayvonida har bahor bola ochar qaldirg‘och,  
Salom berib kirsa kim, to‘yib chiqar bo‘lsa och, 
 Bilolmadim, Farang-u Afrikada qanaqa,  
Dunyo hayron bo‘lsa ham, o‘zbeklarda shunaqa. 
 
Kampirlarin qo‘lida kuylaydi urchug‘iyam, 
 Bolamga, deb, don cho‘qir, kaptar, chug‘urchug‘iyam, 
 O‘g‘il ko‘rsa, to‘y qilar, hattoki, chumchug‘iyam,  
Bilolmadim, Farang-u Afrikada qanaqa,  
Dunyo hayron bo‘lsa ham, o‘zbeklarda shunaqa. 
 
Yangi pishgan anjirin ilinar qo‘shnisiga,  
«Non yoping», deb tandirin ilinar qo‘shnisiga,  
Uch kun uyda bo‘lmasa, bilinar qo‘shnisiga, 
 Bilolmadim, Farang-u Afrikada qanaqa, 
 Dunyo hayron bo‘lsa ham, o‘zbeklarda shunaqa. 
 
Yashab yurishi mumkin qo‘l, oyog‘-u barmoqsiz,  
Ammo yashay olmaydi el-yurt, urug‘-aymoqsiz,  
Kuzatishmas mehmonni novvot, mayiz, qaymoqsiz, 
Bilolmadim, Farang-u Afrikada qanaqa,  


 
20 
Dunyo hayron bo‘lsa ham, o‘zbeklarda shunaqa. 
 
To‘y qilib, el-yurtiga yedirib, mazza qilar, 
 Ketayotganda, chopon kiydirib, mazza qilar,  
Bu mazzani londonlik boy ota qaydan bilar,  
Bilolmadim, Farang-u Afrikada qanaqa, 
 Dunyo hayron bo‘lsa ham, o‘zbeklarda shunaqa. 
 
 Qanday yashab bo‘ladi handalaksiz, qovunsiz,  
 Erkak erkak bo‘ptimi uloq, kurash, o‘yinsiz,  
 Busiz ham elman, degan safsatani qo‘ying siz, 
 Bilolmadim, Farang-u Afrikada qanaqa, 
 Dunyo hayron bo‘lsa  ham, o‘zbeklarda shunaqa. 
 
Aziz qilar qaysi el bizday ota-onani,  
Yon qo‘shnisi to‘y qilsa, chiqmaganam odammi,  
To‘kis bo‘lmas o‘zbeksiz insoniyat olami,  
Bilolmadim, Farang-u Afrikada qanaqa,  
Dunyo hayron bo‘lsa ham, o‘zbeklarda shunaqa. 
 
Beshik mayli, tuvagin ko‘rib lol bo‘lganlar bor,  
Ming yil oldin ham bu el  edi buyuk ijodkor,  
Farzandlarin qonida yashar o‘sha iqtidor,  
Bilolmadim, Farang-u Afrikada qanaqa,  
Dunyo hayron bo‘lsa ham, o‘zbeklarda shunaqa. 
 
Yurt aylanib kuzatsang, bozori yo‘q  baqqolsiz, 
Yurishmaydi chollari, do‘ppi, yaxtak, soqolsiz,  
Tilin uchida hazil, gap gapirmas maqolsiz, 
 Bilolmadim, Farang-u Afrikada qanaqa,  
Dunyo hayron bo‘lsa ham, o‘zbeklarda shunaqa. 
 
 
O‘zbeklarning ko‘ksida turib oy sochar ziyo,  
Shunday yashash kerakdir aslida butun dunyo,  
Bu elatni boshqacha qilib bo‘lmas, Marhabo,  
Bilolmadim, Farang-u Afrikada qanaqa,  
 Dunyo hayron bo‘lsa ham, o‘zbeklarda shunaqa. (Marhabo

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish