Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet514/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   510   511   512   513   514   515   516   517   ...   548
E’tibor qarating!  Gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni so‘roq 

qilish  eng  keng  tarqalgan  va  murakkab  tergov  harakati  hisoblanadi. 

Asirga  olish  bo‘yicha  ishlarga  doir  dastlabki  tergov  harakatlarining 

kompleksida  gumon  qilinuvchini  so‘roq  qilish  alohida  o‘ringa  ega. 

Ushbu  tergov  harakati  oqibatida  tergovchi  gumon  qilinuvchining 

(ablanuvchining) aybini tasdiqlaydigan yoki rad etadigan qo‘shimcha 

dalillarni  oladi,  chunki  aynan  u  sodir  etilgan  qilmishning  barcha 

holatlari va sharoitlarini, hamda uning sabablarini biladi. 

Ekspert oldiga quyidagi savollar qo‘yiladi: 

1.  Topshirilgan  predmet  portlatish  xususiyatiga  egami  yoki 

boshqa bir buyummi; 

2.  Topshirilgan  modda  portlatish  xususiyatiga  egami  yoki 

boshqa bir buyumga tegishli moddami

3. Topshirilgan ob’ekt portlatish vositasi bo‘la oladimi; 

4. 

Tadqiqot  uchun  topshirilgan  ob’ektlar  portlatish 



vositasining qoldiqlarimi (bir qismi, asosi) yoki boshqa bir buyumga 

tegishlimi; 

5. Topshirilgan portlatish moddasi (portlatish vositasi) qanday 

nomlanadi; 

6.  Mazkur  portlatish  moddasi  (portlatish  vositasi)  qanday 

sharoitlarda tayyorlangan; 

7.  Aniqlangan  portlatish  moddasi  (portlatish  vositasi)ning 

qo‘llanilish doirasi qanday; 

8.  Tadqiqot  uchun  taqdim  etilgan  portlatish  vositasi  qaysi 

tashkilotda  va  qancha  muddatda  tayyorlangan,  shuningdek, 

tayyorlovchi korxona tomonidan qay yo‘nalishlarda tarqatilgan

9. Portlatish vositasidagi belgilar nimani bildiradi; 

10.  Taqdim  etilgan  portlatish  vositasining  konstruksiyasi  va 

harakat prinsipi qanday

11. 

Taqdim 


etilgan 

sanoat 


portlatish 

uskunasining 

konstruksiyasida o‘zgartirish alomatlari mavjud bo‘lsa, aynan qanday 

va ularning yo‘nalishi qanday; 

12.  Mazkur  portlatish  uskunasida  qanday  belgilar  mavjud, 

sanoat yoki qo‘lbola tayyorgarlikka egami; 

13.  Portlatish  uskunasi  portash  uchun  etarlimi,  agar  yo‘q 

bo‘lsa,  yo‘qotilgan  xususiyatlarni  tiklashga  qaratilgan  detallar  va 

qismlarning izlari mavjudmi. 

 



 

520 


Bundan  tashqari,  portlash  qoldiqlari  va  izlariga  qarab  portlatilgan 

portlash qurilmasining konstruksiyasiga bog‘liq mazkur faktlar bo‘yicha 

ekspert oldiga yana quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin, masalan: 

1.  Topshirilgan  ob’ektlarda  portlash  hosilalari  yoki  portlatish 

uskunasining qoldiqlari mavjudmi, agar bo‘lsa, aynan qanday; 

2.  Portlatish  uskunasidagi  portlatilgan  zaryadning  og‘irligi,  shakli 

va hajmi; 

3.  Voqea  joyida  topilgan  ob’ektlarning  qay  birlari  portlatish 

uskunasi yoki uning konstruksiyasiga tegishli bo‘lishi mumkin; 

4. Hodisa joyida portlatilgan portlatish uskunasining konstrukitsyasi 

va harakatlanish prinsipi qanday

5.  Portlatish  uskunasining  zaryadi  tarkibida  tez  yonuvchi 

quyilmalar,  GSM,  neft  mahsulotlari,  intern  to‘ldiruvchilar,  shishasimon 

elementlarning mavjudligi; 

6. Portlatish uskunasining tashqi qoplamasi sifatida qanday material 

ishlatilgan, uning nomlanishi va foydalanilish sohasi qanday. 

Yuqorida  sanab  o‘tilgan  sud  tadqiqotlari  jihatlaridan  tashqari 

portlovchi  moddalar,  tez  yonuvchi  materiallar  va  issiq  quymalar, 

portlovchi  uskunalar,  ularning  imitatsiyasi,  shuningdek,  portlash  va 

yong‘in  izlari  xamda  qoldiqlarining  boshqa  kriminalistik  tadqiqotlari 

xam o‘tkazilishi mumkin. Aniq ish holatlari, hodisa joyidan olingan izlar 

va  ob’ektlarning  sifati  va  miqdori,  shuningdek,  tergovning  ilk 

bosqichida  kelib  chiquvchi  tergov  vaziyatidan  kelib  chiqib,  qoida 

tariqasida, kompleks sud ekspertizalari tayinlanadi. 

Yong‘in  fakti  bo‘yicha  yong‘in  texnik  ekspertiza  o‘tkaziladi. 

Mazkur  tadqiqotning  maqsadi  yong‘in  kelib  chiqishining  asl  sababini 

aniqlashdan  iborat:  yong‘in  keltirib  chiqarilganmi  yoki  u  tez  yonuvchi 

materiallar  va  issiq  quymalarni  ehtiyotkorliksiz  saqlanishi  oqibatida 

kelib  chiqqanmi  yoxud  energota’minot,  isitish  va  energoo‘rnatish 

tizimlarini  ishlatish,  o‘rnatish  hamda  saqlash  qoidalari  buzilganligi 

oqibatida sodir bo‘lganmi. 

Yong‘in keltirib chiqarilganda ekspert oldiga amalga oshirish usuli, 

yong‘in  vositalari,  jinoyatchilar  tomonidan  foydalanilgan  qurol  va 

uskunalar,  ularning  o‘rnatilish  joyi,  yong‘in  sodir  etish  uchun  zarur 

bilim  va  ko‘nikmalar  (professionallik  darajasi  xam  kiradi), 

identifikatsiya qilish uchun kerak bo‘lgan shaxslar, qurollar va uskunalar 

bilan bog‘liq savollar qo‘yiladi. 

Yuqorida  sanab  o‘tilgan  sud  tadqiqotlari  jihatlaridan  tashqari 

portlovchi  moddalar,  tez  yonuvchi  materiallar  va  issiq  quymalar, 



 

521 


portlovchi  uskunalar,  ularning  imitatsiyasi,  shuningdek,  portlash  va 

yong‘in  izlari  xamda  qoldiqlarining  boshqa  kriminalistik  tadqiqotlari 

xam o‘tkazilishi mumkin. Aniq ish holatlari, hodisa joyidan olingan izlar 

va  ob’ektlarning  sifati  va  miqdori,  shuningdek,  tergovning  ilk 

bosqichida  kelib  chiquvchi  tergov  vaziyatidan  kelib  chiqib,  qoida 

tariqasida, kompleks sud ekspertizalari tayinlanadi. 

Undan  tashqari,  xar  qanday  shubhali  predmet  maxsus  portlash 

texnik  tadqiq  etilishi  shart,  ya’ni  “tegishli  tartibda  vakolatli  shaxslar 

tomonidan  amalga  oshiriladigan,  sog‘lik  va  hayotga  xavf  soluvchi 

prdmetni  o‘z  oldiga  portlatish  uskunasini  aniqlash,  uning  holatini 

belgilash, portlash uchun tayyorgarlik darajasini bilish, shuningdek, shu 

asosida  xavfsizlik  choralarini  tanlash  va  voqea  joyiga  to‘la  mos 

keladigan  prdemetga  nisbatan  aktiv  harakatlarni  sodir  etishni  maqsad 

qilib qo‘yadigan maxsus ilmiy texnikaviy vositalar, usullar va metodlar 

orqali o‘rganish jarayoni”. 

Portlash  texnik  tadqiqot  tasdiqlaydigan  portlash  xavfi  mavjud 

bo‘lgan  predmet  topilgan  taqdirda  qidiruv  harakatlari  to‘xtatilmaydi, 

chunki  jinoyatchi  tomonidan  portlashi  mumkin  bo‘lgan  bir  qancha 

uskunalar turli joylarga o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. 

Portlash  texnik  tadqiqot  tomonidan  portlash  uskunasi yoki  portlash 

vositasi aniqlanganligi tasdiqlangan, uning tuzilishi, ob’ektda o‘rnatilish 

usuli,  sodir  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  portlashning  keyingi  oqibatlari 

tahlil  qilingandan  so‘ng,  tergovchi  (SOG  rahbari)  saper  va  portlash 

texnik mutaxassisning xavfsizlik to‘g‘risidagi fikrini inobatga olib PUni 

zararsizlantirish joyi va keyingi harakatlar haqida qaror qabul qiladi. 

Ushbu  holatda  ikki  turdagi  harakatlar  amalga  oshirilishi  mumkin: 

portlash  xavfi  mavjud  bo‘lgan  predmetni  topilgan  joyida 

zararsizlantirish  yoki  zarurat  bo‘lgan  hollarda  uni  ko‘chirib  o‘tkazish 

yoxud  portlatish  kamerasiga  olib  o‘tish  to‘g‘risidagi  qaror  qabul 

qilinadi. 

Portlash  xavfi  mavjud  bo‘lgan  predmetni  topilgan  joyida 

zararsizlantirish  imkoni  bo‘lgan  vaziyatda  amalga  oshirish  usuli 

haqidagi masala asosiy o‘rin egallaydi, sababi, saperning asosiy vazifasi 

bu  insonlar  o‘limini  oldini  olib  va  atrofdagi  ob’ektlarga  etkazilishi 

mumkin 

bo‘lgan 


zararni 

kamaytirib 

portlatish 

uskunasini 

zararsizlantirishdir. SHu bilan birga saperning harakatlari voqea joyidagi 

izlarning  butkul  yo‘qolib  ketishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin,  ayrim 

hollarda  hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirish  jinoyatning  moddiy  izlari, 

jinoyatchini  aniqlash  va  uni  fosh  etish  bo‘yicha  yagona  usul  bo‘lib 




 

522 


qolishi  mumkin.  Bunga  qaramay,  PUni  zararsizlantirishga  oid  ishlarda 

insonlarning  xavfsizligi  shubhasiz  xar  qanday  xatto  yagona  izlarni 

olishdan xam muhimroqligini esda tutish lozim. 

SHundan  kelib  chiqib,  portlatish  uskunasini  zararsizlantirishda 

saper va portlash texnik  mutaxassisi  faoliyatining o‘ziga  xos  jihatlarini 

ajratib ko‘rsatish lozim. 

  Himoya  vositalariga  ega  bo‘lgan  saper  videokamera  yordamida 

turli  joylar  va  rakurslardan  PU,  uning  o‘rnatilish  joyi,  yonida  mavjud 

bo‘lgan predmetlar va izlarni (saper bundan oldin videoyozuvda ko‘proq 

aynan  nimaga  e’tibor  qaratish  lozimligi  haqida  mutaxassis  tomonidan 

tayyorlanadi)  yozib  oladi.  SHu  bilan  birga  mutaxassis  kriminalist 

videokamerani  tayyorlaydi  va  undan  foydalanish  bo‘yicha  saperga 

maslahatlar  beradi.  Ikkinchi  kamera  voqea  joyidagi  saperning 

harakatlarini yozib oladi. 

Videoyozuv  ko‘rib  chiqilgach,  mutaxassis  kriminalist  saperga 

binoda va ochiq er maydonida jinoyatchining oyoq kiyimidan qoladigan 

izlarni saqlagan holda harakatlanish; olib qo‘yiladigan ob’ektlarni ajratib 

olish  va  ularni  alohida  qoplama  materialga  solish  yoki  uni  xavfli 

zonadan  olib  chiqish;  izolyasion  lenta  qoldiqlari,  mustahkamlovchi 

provodlar  va  arqonlar,  yashiruvchi  material  va  boshqa  shu  kabilarni 

olish va saqlashga oid maslahatlar beradi.  

Mutaxassis  kriminalist  saperni  zaruriy  anjomlar  (perchatkalar, 

pinset, qoplama material va h.k.) bilan ta’minlashi va qanday qilib qay 

turdagi  izlarni  olish  lozimligini  o‘rgatishi  kerak,  bularga  sigareta 

qoldiqlari, qog‘oz parchalari, izolyasion lenta qoldiqlari, provod qismlari 

va  h.k.  Saper  olishi  mushkul  bo‘lgan  izlar  (masalan,  er  maydonidagi 

tuproq  qatlamida  oyoq  kiyimining  namunasini  yaratib)  qo‘l  ostidagi 

taxta, korobka va shu kabi narsalar bilan berkitilishi hamda belgilanishi 

lozim.  Portlash  xavfi  mavjud  bo‘lgan  predmet  olib  ketilgan  yoki 

zararsizlantirilgandan keyin aytib o‘tilgan izlarning rasmiylashtirilishi va 

olib qo‘yilishi mutaxassis kriminalist tomonidan amalga oshiriladi. 

Poligon  yoki portlatish  kamerasi  sharoitida  portlatish  xavfi  mavjud 

bo‘lgan predmetni zararsizlantirishda keyinchalik ekspert tekshiruvchini 

amalga oshirish imkonini beradigan usul va vositalar tanlanadi. 

Poligonda  PUni  zararsizlantirish  joyi  tanlanganda  mutaxassis 

kriminalist  va  portlovchi  texnik  mutaxassis  saperlar  tomonidan 

ko‘rsatilgan hududlarni ko‘zdan kechiradi, asosiy vazifasi portatilgandan 

keyin 


to‘planib, 

portlatish 

uskunasini 

qayta 


tiklashda 


 

523 


anglashilmovchiliklarni  keltirib  chiqarishi  mumkin  bo‘lgan  keraksiz 

predmetlarning yo‘qligiga ishonch hosil qilishdir. 

Portlashsiz  zararsizlantirilgan  portlatish  xavfi  mavjud  bo‘lgan 

predmet  hodisa  joyini  ko‘zdan  kechirishning  ishchi  bosqichida 

mutaxassis  kriminalist  ishtirokida  ko‘zdan  kechiriladi.  SHu  bilan  birga 

tayyorgarlik  bosqichida  portlash  xavfisiz  ishlash  bosqichida  portlovchi 

uskuna  va  uning  tarkibiy  qismlarini  sinchiklab  kriminalistik  ko‘zdan 

kechirishni  ta’minlovchi  qo‘shimcha  xavfsizlik  choralari  ko‘rilishi 

lozim. 

Har  qanday  holatda  predmetning  shunday  holati  tushuniladiki, 

bunda  PUning  zaryadi  va  initsiatsiya  vositasi  o‘zaro  aloqada  bo‘ladi 

yoki  ular  bir  biriga  yaqin  joylarda  joylashgan  bo‘ladi.  Bunday  holatda 

PU  detallari  kriminalistik  ko‘zdan  kechirila  olmaydi,  shuning  uchun 

tergovchi  (tezkor  xodim)  portlovchi  texnik  mutaxassis  tomonidan  PU 

zaryadi  va  initsiatsiya  vositasini  ajratish  bo‘yicha  harakatlar  amalga 

oshirilganligiga ishonch hosil qilishi shart. 

Biroq  shunday  vaziyat  bo‘lishi  mumkinki,  yuqori  xavfga  ega 

bo‘lgan  predmet  topilmasligi  xam  mumkin:  shubhali  ob’ekt  portlatish 

xususiyatiga  ega  bo‘lmasligi  yoki  umuman  bu  kabi  buyumlar  mavjud 

bo‘lmasligi  mumkin.  Birinchi  holatda,  agar  predmet  portlatish 

xususiyatiga  ega  bo‘lmasa,  buyum  tergovchi  tomonidan  hodisa  joyini 

ko‘zdan  kechirishning  ishchi  bosqichida  porlatish  texnik  mutaxassis 

ishtirokida  ko‘zdan  kechiriladi,  ikkinchi  holatda  esa  voqea  joyi  deb 

tayyorlanayotgan jinoyat haqidagi xabar kelib tushgan joy topiladi. 

Yuqori xavfga ega bo‘lgan prdmet qidiruv ishlarini olib borayotgan 

mutaxassislar  tomonidan  topilgan  topilmaganligidan  qat’i  nazar,  tadqiq 

qilish yoki yuqori xavfga ega bo‘lgan predmetni zararsizlantirish, yoxud 

uning  xavfli  oqibatlari  kelib  chiqishini  bartaraf  etishga  doir  choralar 

ko‘rilganidan  so‘ng  tegishli  bo‘linma  yoki  bo‘lim  mutaxassisi  ikki 

nusxadagi  ko‘zdan  kechirish  aktini  (tadqiqot,  zararsizlantirish, 

dezinfeksiya  qilish  va  h.k.)  taqdim  etadi.  SHu  bilan  birga,  bunday  akt 

tergovchining  keyinchalik  voqea  joyini  yoki  ob’ektlarni  qayta  ko‘zdan 

kechirish zarurati haqidagi qaroridan qat’i nazar mustaqil tuziladi (ya’ni, 

agar terrorizm xavfi haqidagi xabar kelib tushgan bo‘lsada, yuqori xavf 

mavjud bo‘lgan predmet yoki uning imitatsiyasi topilmasa hodisa joyini 

ko‘zdan kechirishning ishchi bosqichi o‘tkazilmasligi mumkin). 

Mazkur  hujjatda  quyidagi  ma’lumotlar  tartib  bilan  ko‘rsatilishi 

kerak:  kim  tomonidan  va  qachon  mutaxassis  chaqirilgan;  guruh  tarkibi 

va  rahbari;  voqea  joyiga  kelish  vaqti;  shubhali  predmetning  tavsifi  va 



 

524 


uning  o‘rnatilish  joyi;  shaxslar  va  texnikaning  yashirinish  zonalarining 

tavsifi; yuqori xavfga ega bo‘lgan predmet va uning holatini baholashga 

qaratilgan    foydalanishdagi  maxsus  vositalar;  qanday  tezkor 

ma’lumotlardan  foydalanilgan;  yuqori  xavfga  ega  bo‘lgan  predmetning 

tuzilishi  haqidagi  ilk  xulosalar;  zararsizlantirish  uchun  tanlangan  usul; 

zararsizlantirish  rejasi,  vaqti,  belgilari  va  qoidalari  kimlar  bilan 

kelishilgan  holda  tuzilgan;  qanday  vositalar  qay  tartibda  qo‘llangan; 

natijalar, imzolar. 

 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   510   511   512   513   514   515   516   517   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish