514
guruhi, qoida tariqasida, tegishli xabar kelib tushgandan so‘ng etib
keladi, bu vaqt davomida yong‘in davom etishi mumkin (masalan,
transport vositasi yonishi), qutqaruv guruhlari jabrlanuvchilarni topish
va ozod qilish ishlarini olib boradi.
Yong‘in joyi ko‘zdan kechirilganda ko‘zdan kechirish xam
ekssentrik xam konsentrik (markazga qarab) amalga oshirilishi mumkin.
Birinchi usul yong‘in boshlangan joy aniq bilinib turgan holatda
o‘tkaziladi, aks holda konsentrik ko‘zdan kechirish amalga oshiriladi.
Ko‘zdan kechirish vaqtida yong‘in boshlanish joyini belgilash dastlabki
hisoblanib, ekspert tadqiqotidan keyingina aniq belgilanishini nazarda
tutishimiz lozim.
Aksariyat hollarda, amaliyot ko‘rsatishicha terrorizmni tergov
qilishda portlash texnik, yong‘in texnik, trasologik, sud tibbiy
ekspertizalar tayinlanadi. SHuningdek, xatshunoslik, muallifshunoslik,
materiallar va moddalarning kompleks ekspertizasi va boshqa ekspertiza
turlari o‘tkazilishi mumkin.
Hodisa joyi ko‘zdan kechirilayotganda yoki terrorizm bilan tahdid
qilingan xatda izlar topilgan (barmoq, oyoq kiyimi, kiyim, transport
vositasi) hollarda trasologik ekspertizalarni tayinlash va o‘tkazish
zaruriyati yuzaga keladi. Qoida tariqasida, mazkur turdagi ishlarning ilk
bosqichlarida gumon qilinuvchi aniqlanmagan bo‘ladi, shu sababli,
qoldirilgan izlar topilishi mumkin bo‘lgan shaxsni yoki ob’ektlarni
qidirish va aniqlashga yordam beruvchi ma’lumotlarni olish maqsadida
turli diagnostik ekspertizalar tayinlanadi va o‘tkaziladi.
Agar voqea joyida portlashning yaqqol izlari bo‘lsa yoki portlatish
uskunasi yoxud unga o‘xshash yuqori xavf keltirib chiqaruvchi buyum
topilgan bo‘lsa, ko‘zdan kechirish ekssentrik, ya’ni markazdan boshlab
amalga oshiriladi. Barcha hollarda ko‘zdan kechirishda hududda izlar va
mikroob’ektlarni yo‘q qilmaslik uchun ehtiyotkor bo‘lish lozim.
Portlatish uskunasi yoxud unga o‘xshash yuqori xavf keltirib
chiqaruvchi buyum topilgan holatda ko‘zdan kechirishda topilgan
buyumning atrofida spiralsimon amalga oshirilishi lozim. Mazkur holda
hodisa joyini ko‘zdan kechirish shu turdagi ishlardagi kabi o‘tkazilib,
umumiy kriminalistik qoidalardan kelib chiqadi. Biroq ishchi bosqichida
voqea joyini ko‘zdan kechirish taktikasining o‘ziga xos xususiyatlaridan
biri shunday buyum topilgan joyning o‘zini ko‘zdan kechirishdadir.
Portlashsiz zararsizlantirilgan portlovchi predmet kriminalist
mutaxassis tomonidan ko‘zdan kechiriladi va dastlabki tadqiqot
o‘tkaziladi (qismlarga bo‘lmasdan). Zararsizlantirigan portlovchi
515
predmetni ko‘zdan kechirish uni statik holatda umumiy ko‘zdan
kechirishdan boshlanadi. Predmet turga xos, tipga oid, guruhga xos
belgilar, shuningdek, uning tuzilishiga kiruvchi ob’ektlarning (masalan,
PU zaryadi va uning tashqi qoplamasi; uning tarkibidagi qurilmalarni
ishga tushirish mexanizmi; zarar etkazuvchi elementlari va boshqalar)
barcha individual belgilari asosida ko‘rib chiqiladi, undan tashqari uning
aniq joylashgan joyi va o‘zaro joylashuvi aniqlanadi.
Statik ko‘zdan kechirish oqibatida portlovchi predmetda tashqi
qoplama, kamuflyaj, ishga tushirish mexanizmi detallaridagi nosozliklar
ko‘rilishi mumkin bo‘lib, ular boshqa shaxslar (arizachi yoki portlash
texnik
mutaxassisi)
tomonidan
predmetni
ochish
va
uni
zararsizlantirishda kelib chiqadi.
Agar portlovchi qurilma kabi yuqori xavf keltirib chiqaruvchiga
o‘xshash predmet ko‘zdan kechirilayotgan bo‘lsa, ko‘rib chiqishda
uning tashqi ko‘rinishi, tuzilishidagi tarkibiy qismlari, hajmi, predmet
rangi va turli markerli ma’lumotlari, uni tashish (transportirovka) va
yashirish usullariga alohida e’tibor qaratiladi.
Shundan so‘ng, predmet (zararsizlantirilgan portlovchi qurilma yoki
yuqori xavf keltirib chiqaruvchiga o‘xshash predmet) oldindan
tayyorlangan ish joyiga olib o‘tiladi, aksariyat hollarda ko‘chib yuruvchi
kriminalistik laboratoriyaga o‘tkaziladi va u erda sinchiklab tekshiriladi
(ishchi bosqichning dinamik darajasi). SHu bilan birga, ob’ekt umumiy
kriminalistik taktika qoidalari va usullariga rioya qilingan holda
mikroob’ektlar bo‘lmaydigan va barmoq izlari qolmaydigan qismlar
yordamida qo‘lga olib ko‘riladi.
Turli kriminalistik texnik vositalarni, misol uchun, turli hajmdagi
kriminalistik lupalar, kriminalistik magnitlar (magnit xususiyatli
buyumlarni qidirish uchun), elektron optik o‘zgartirgich, ultrafiolet
lampalar (turli rang xususiyatlarida ob’ektning ustki qismini yoritish
uchun)dan foydalanib, qidiruvning vizual metodini qo‘llagan holatda
sinchiklab ko‘zdan kechirilganda, quyidagi izlar topilishi mumkin:
- ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan qo‘l izlari;
-inson va hayvonlar sochlari;
-er qatlami va o‘simliklarning qismlari;
-tekstil to‘qimalar;
-texnogen zarrachalar;
-qurol va instrumentlar izlari.
Do'stlaringiz bilan baham: