443
to‘g‘risidagi materiallar asosida olg‘a suriladi.
Etibor bering! Tergovning birinchi bosqichida olingan ma’lumotlar
asosida tergovchi hodisa harakteri to‘g‘risida quyidagi asosiy taxminni
olg‘a surishi mumkin:
1)
o‘t qo‘yilgan;
2)
ochiqdagi olovga ehtiyotsizlik bilan qilingan munosabat
natijasida yong‘in chiqqan;
3)
yong‘indan xavfli qurilma, asboblar, elektr o‘tkazgichlar va
boshqalar texnik nosozligi oqibatida yong‘in chiqqan;
4)
o‘z-o‘zidan yonib ketadigan mahsulotlar noto‘g‘ri saqlangan;
5)
chaqmoq urishi va boshqalar.
Yong‘in chiqishiga sabab bo‘lgan asosiy taxmin asosidaturli
masalalarga oid juz’iy taxminlarni olg‘a suradi, bunda ishning aniq
vaziyati va yig‘ilgan materiallar hisobga olinadi. Masalan, o‘t qo‘yish
to‘g‘risidagi asosiy taxmin olg‘a surilganda qasddan qilingan o‘t qo‘yish
sabablariga oid masala muhokama etiladi.
Qilingan versiyalar rejalashtirishning asosi hisoblanadi. Yong‘in
to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha tergov o‘tkazishni rejalashtirish olg‘a
surilgan taxmin mazmuni va tergovning aniq bir bosqichda hal
etiladigan vazifalar bilan asoslangan o‘ziga xos jihatlariga egadir.
Agar yong‘in chiqishiga asosiy sabab olov bilan xavfsizlik
qodalariga rioya qilinmagan holda munosabatda bo‘lish oqibati ekanligi
taxmin qilinsa, tergov o‘tkazishni rejalashtirishda yong‘in ro‘y bergan
vaqtda binoning ichida bo‘lgan shaxsning ahloqini o‘rganish nazarda
tutiladi.
Agar yong‘in chiqishiga texnik nosozlik sabab, deb taxmin qilinsa,
uni
topish
imkoniyatini
beradigan
tegishli
ekspert
tadqiqoti
rejalashtiriladi. So‘ngra yong‘inga qarshi xavfsizlik tartib-qoidalariga
rioya qilishga javobgar va mavjud asboblar, mashinalar, mexanizmlar
holatini nazorat qilishga mas’ul shaxslarni so‘roq qilish nazarda tutiladi.
Ayni vaqtda yong‘in chiqqan binoda ishlayotgan xodimlarni guvoh
sifatida so‘roq qilish rejalashtiriladi. Shuningdek, rejada tegishli
texnikaga oid hujjatlarni ajratib olish ko‘zda tutiladi.
Agar qasddan o‘t qo‘yish to‘g‘risidagi taxmin asos qilib olinsa,
jinoyat sodir etish sabablarini ochib berishga yo‘naltirilgan tergov
harakatlarini o‘tkazish rejalashtiriladi. Bunda tergov rejasi jinoyatning
barcha tarkibini o‘z ichiga olgan voqeaning haqiqiy harakteri
444
to‘g‘risidagi bir necha taxminni bir vaqtning o‘zida tekshirishni nazarda
tutishi kerak. Masalan, do‘kon, ombor va boshqalarga o‘t qo‘yishdan
maqsad u erdagi o‘g‘irlikni niqoblash, turar joy binosiga o‘t qo‘yishda
esa qotillikni niqoblash nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Bunday
vaziyatlarda yong‘in bilan bog‘liq sharoitni tadqiq etishda o‘g‘irlik,
qotillik to‘g‘risidagi taxmin rejalashtiriladi va tekshiruv o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: