Tergovni olib borish yo‘nalishini aniqlash
Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini jinoiy tarzda buzganlikni
tergov qilishning yo‘nalishlarini belgilash- tergovchining dastlabki
vaziflarini aniqlashi va ularni hal etishning yo‘llarini tanlab olishini
anglatadi. Bunday vazifa negizida tergovchi olib borayotgan tergov
ishlarining dastlabki bosqichida yuzaga kelayotgan vaziyatlarning tahlili
yotadi. Ushbu bosqichda tergov vaziyatlarining o‘ziga xos xususiyatlari,
asosan, avariya yuz berishi bilanoq yo‘l xavfsizligi qoidalarini buzgan
shaxslar va hodisa boshqa ishtirokchilarining xulq-atvori qanday
bo‘lganligiga, hodisaning shohidlari bor-yo‘qligiga, moddiy holatning
qay ahvoldaligiga, tergovchi hodisa yuz bergan joyga etib kelganida
izlar saqlangan-saqlanmaganligiga va boshqa holatlarga bog‘liq bo‘ladi.
Haydovchi, transport vositasi va yo‘l yuqorida ko‘rib chiqilgan
barcha holatlar hamda ular tufayli yuzaga keladigan turli vaziyatlarga
bog‘liq, chunonchi:
1)
piyodalar,
velosipedchilar,
motosiklchilar
va
boshqa
harakatlanuvchi ob’ektlar bir-birini urib yuborishi;
2) harakat qilmaydigan ob’ektlarni (yoritgich, telegraf ustunlari va
boshqa ustunlarni, yo‘l bo‘yidagi inshootlarni, to‘xtab turgan transport
vositalari va boshqa shu kabilarni) urib yuborish yoki ular bilan
to‘qnashish;
3) harakatdagi transport vositalari bilan to‘qnashish;
4) keskin to‘xtatilishi yoki yo‘ldagi to‘siqlarga urilishi tufayli
yoxud boshqa sabablarga ko‘ra turg‘unlikni yo‘qotishi natijasida
transport vositasining ag‘darilishi;
5) harakatdagi transport vositasidan yo‘lovchilarning ag‘anab
tushushi;
6) transport vositasining ag‘darilishi (masalan, ko‘prikdan);
7)
transportda
(elektr
simlarida
transport
vositalarining
to‘qnashishi natijasida yoqilg‘i uzatish tizimida yuzaga keladigan
nosozliklar, yoqilg‘ining portlashi va boshqa sabablarga ko‘ra) kelib
chiqadigan yong‘indan iborat bo‘lishi mumkin.
450
Sanab o‘tilgan faktorlar ob’ektiv va sub’ektiv sabablar bilan bog‘liq
bo‘lgan turli rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Vaziyatning qulay yoki
noqulay deb e’tirof etilishi ish olib borilayotgan paytda tergov
qilinayotgan voqeaning holatlari to‘g‘risida axborot olish imkoniyatiga
bog‘liq.
Aybdorlarning jinoyat izlarini yashirgan holda voqea sodir bo‘lgan
joydan yashirinishi, guvohlarning yo‘qligi yoki ularning yashash joylari
noma’lum, hodisa yuz berganligi haqidagi ma’lumot YHXX xodimiga
yoki tergovchiga juda kech xabar qilingan bo‘lib, vaziyat jiddiy o‘zgarib
ketgan bo‘lsa, eng murakkab, binobarin, eng noqulay vaziyat
hisoblanadi. Bunday hollarda tergovning asosiy yo‘nalishi axborot
manbalarini qidirish: yashiringan haydovchilarni qidirish, voqeaning
guvohi bo‘lishi ehtimol tutilgan shaxslarni aniqlash, voqea holatlariga
aniqlik kiritish mumkin bo‘lgan jinoyatning saqlanib qolgan moddiy
izlarini topish va shu kabilardan iborat bo‘lishi kerak. Bunday vaziyat
uchun noaniqlik darajasining yuqoriligi xos xususiyat bo‘lib, isbotlovchi
axborotlarning ehtimol tutilgan manbalari aniqlanmaguncha boshqa
biror-bir masalaning hal etilishi mumkin emas.
Tergov uchun qulay vaziyat yuzaga kelayotganida, masalan,
hodisa qatnashchilari va guvohlar tergovchi etib kelguniga qadar o‘z
joylarida qolsa, izlarni saqlab qolish uchun o‘z vaqtida choralar ko‘rilsa
va hodisa sodir bo‘lgan joydagi holatning o‘zgarishsiz qolishi
ta’minlansa, tergov yo‘nalishini belgilovchi vazifa xarakterini, ya’ni
qatnashchilarning xatti-harakatlarida jinoyat tarkibi belgilari bor-
yo‘qligini aniqlashdan iborat bo‘ladi. Buning uchun, eng avvalo, hodisa
yuz bergan joyda hozir bo‘lgan barchaning (YTH qatnashchilari,
guvohlar, jabrlanuvchilar) ko‘rsatuvlari va tushuntirishlarini protsessual
vositalar yordamida mustahkamlash va bu dalillarni hodisa yuz bergan
joyni ko‘zdan kechirish jarayonida o‘rganilgan moddiy holat bilan
taqqoslash zarur. Agar tergovchi tergov yo‘nalishini belgilab va
keyinchalik isbot qilinishi lozim bo‘lgan aniq vaziyatlarda barcha
holatlarni aniqlab olsa, u jarayon davomida katta kiyinchiliklarga duch
kelmaydi.
Dastlabki bosqichda YTHni tergov qilishning yo‘nalishlarini
belgilab olish-tekshirilayotgan voqeaga doir ma’lumotlar o‘ta taqchil
bo‘lgan bir sharoitda tergovchi ishini aniq maqsadga qaratilishiga
yordam beradigan eng umumiy tarzdagi harakat rejasinigina ishlab
chiqishni anglatadi, xolos. YTH yuz bergan joyni ko‘zdan kechirishdan
oldinoq, hodisa ishtirokchilari, shohidlari va hodisa yuz bergan joyni
451
qo‘riqlayotgan YHXX xodimlaridan olingan tushuntirishlar dastlabki
ma’lumotlar hisoblanib, tergov taxminlarining asosini tashkil etishi
mumkin.
452
Voqeaning xarakteri to‘g‘risidagi versiyalarni taqsimlash yoki rad
etish hodisa yuz bergan joyni ko‘zdan kechirishning dastlabki natijalari
va voqea qatnashchilarining dastlabki tushuntirishlari olinganidan
keyinoq mumkin bo‘ladi. Huddi mana shu ma’lumotlar YTHning
sabablari,
yo‘l harakati xavfsizligi borasida yo‘l qo‘yilgan
qoidabuzarliklar, uni sodir etgan shaxslar, yashash joylari va boshqa shu
kabilar to‘g‘risida xususiy versiyalar qilish uchun dastlabki ma’lumot
sifatida xizmat qiladi. Tergovning asosiy yo‘nalishlarini belgilovchi
vazifalarga, shuningdek, ilgari surilgan tergov versiyalarini tasdiqlash
yoki rad etish uchun zarur javoblar topish maqsadida hal etilishi lozim
bo‘lgan aniq masalalarga asoslangan holda tergovning eng umumiy
rejasi tuziladi. Dastlabki tergov harakatlari va tezkor qidiruv chora-
tadbirlari yordamida hali aniqlanmagan, ammo isbot qilinishi lozim
bo‘lgan taxminlarni ilgari surishga, tergovni davom ettirishning keng
rejasini ishlab chiqishga kirishish imkonini beradigan ma’lumotlar
bazasini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |