Yodda saqlang! Yong‘inlarga doir ishlar bo‘yicha kriminalistik
ahamiyatga molik axborot olish manbalari sifatida quyidagilar xizmat
qiladi:
1) hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish paytida olingan
ma’lumotlar;
2) guvoh-shohidlar, jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari;
3) tezkor yo‘l bilan olingan ma’lumotlar;
4) gumon qilinuvchi (ayblanuvchi)ni tintuv va so‘roq qilish
natijalari;
5) tergov eksperimentlari, yuzlashtirishlar va boshqa protsessual
harakatlarni o‘tkazish natijalari;
6) yong‘in-texnika va boshqa ekspertizalarning natijalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |