Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet392/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   548
Yodda saqlang: 

Davlat va jamoat mulkini talon-toroj qilish jinoyatlari haqidagi 

xabarlarni  tekshirishda  ma’lumot  yig‘ishning  quyidagi  usullaridan 

foydalanish lozim: 

•  tovarlar va qimmatbaho buyumlarning sonini tekshirish uchun 

qo‘qqisdan inventarizatsiya tashkil etish

•  muassasa,  korxona  va  ularning  bo‘limlarining  moliya  xo‘jalik 

faoliyatini reviziya etish

•  tovar 

va 


qimmatbaho 

narsalar 

yuklanayotgan 

va 


tushirilayotgan  paytda  foydalanilgan  qalbaki  hujjatlarni  talab 

qilib olish; 

•  tekshirilayotgan  operatsiyaga  aloqador  mansabdor,  moddiy 

javobgar  va  ularning  ustidan  nazorat  qiladigan  shaxslardan 

tushuntirish xatlari olish; 

•  predmetlarni  xususiyati,  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lgan  protsesslar 

haqida mutaxassislarning fikrini olish: 

•  tezkor-qidiruv  organlariga  qidiruv  tadbirlari  o‘tkazish 

to‘g‘risida topshiriqlar berish

•  tashkilot,  korxonaning  moliyaviy  xo‘jalik  faoliyatini  tartibga 

soladigan me’yoriy hujjatlarni o‘rganish; 

•  muassasa,  korxonaning  davlat  va  jamoat  mulkini  saqlash 

sharoitlari, 

texnologik 

protsesslarining 

xususiyatlarini 

o‘rganish. 

 



 

391 


а)  тафтиш  асосида  аниқланган  ва  шубҳали  ҳисобланган 

ҳужжатларни кўздан кечириш ва олиб қўйиш; б) тафтиш томонидан 

аниқланган 

қалбакилаштирилган 

ҳужжатларни 

тайёрлаган 

шахсларни  сўроқ  қилиш;  в)  далилий  ашё  бўладиган  ҳужжат  ва 

предметларни қидириб топиш мақсадида айбланувчиларнинг турар 

жойларида, иш жойида тинтув ўтказиш, моддий зарарни қоплашни 

таъминлаш учун мулкларни аниқлаш ва рўйхатга олиш; г) тафтиш 

материалларида кўрсатилган шахсларни сўроқ қилиш. 

JPKning  161-moddasiga  muvofiq  tergovchi  zarur  bo‘lgan 

hujjatlarni olib qo‘yish huquqiga ega. Tergovchi jinoyat ishini tergashda 

qanday  hujjat  zarurligini  va  olib  qo‘yilishi  lozim  bo‘lganlarini  belgilab 

qo‘yishi  zarur.  Bunday  vaqtlarda  tergovchiga  mutaxassis  -  hisobchi, 

iqtisodchi,  kriminalistlar  katta  yordam  ko‘rsatishlari  mumkin.  Hisobchi 

yoki  iqtisodchilar  tergovchiga  hujjatlarni  tahlil  qilishning  qanday 

usullaridan  foydalanishi,  tergovchini  qiziqtirayotgan  operatsiya  qanday 

hujjatlar  bilan  rasmiylashtirilishi  to‘g‘risida,  kriminalist  esa  ko‘zdan 

kechirilayotgan hujjatda qanday o‘zgartirishlar, qalbakiliklar mavjudligi 

to‘g‘risida ma’lumotlar berishlari lozim. 

Agar  jinoyat  ishi  fuqarolarning,  mansabdor  shaxslarning  bergan 

shikoyat  va  arizalarini  tekshirilishi  asosida  qo‘zg‘atilgan  bo‘lsa, 

dastlabki  tergov  harakatlari  va  tashkiliy  tadbirlar  ushbu  materiallarda 

mavjud  bo‘lgan  ma’lumotlar  asosida  aniqlanadi.  Ko‘p  hollarda  bunday 

vaqtlarda  tergov  ishini  boshlashdan  oldin  inventarizatsiya  va  taftish 

o‘tkazish tashkil etiladi. 

Tergovchi  jinoyat  ishi  bo‘yicha  zarur  barcha  hujjatlar  bilan 

ta’minlangan  bo‘lishi  muhim  ahamiyatga  ega.  Bunday  hujjatlar 

tergovchiga  dastlabki  materiallar  va  taftish  materiallari  bilan  kelib 

tushishi  mumkin.  Bunday  materiallarni  tegishli  tashkilotlardan, 

shikoyatchilardan, gumon qilinuvchi va ayblanuvchilardan, guvohlardan 

talab qilib olish ham mumkin. 

Hujjatlarni ko‘proq yig‘ish uchun o‘tkazilayotgan dastlabki tergov 

harakatlari  tezkorlik  bilan  o‘tkazilishi  lozim.  Tez  ko‘zdan  kechirishga 

ulgurolmasa hujjatlar saqlanayotgan joy muhrlab qo‘yiladi. Keyinchalik 

bu hujjatlar to‘liq o‘rganilib, keraklilari jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yiladi, 

qolganlari esa qaytarib beriladi. 

Inventarizatsiya 

tergovchining 

talabiga 

muvofiq 


maxsus 

tayinlangan  komissiya  tomonidan  korxonalarda,  tashkilotlarda  ma’lum 

vaqt  oralig‘ida  tovarlar,  pul  mablag‘lari  mavjudligini  tekshirib  ko‘rish 



 

392 


uchun  o‘tkaziladi.  Tergovchi  inventarizatsiya  komissiya  tarkibiga 

kirmasa-da, bu tadbir o‘tkazilayotgan vaqtda ishtirok etishi mumkin. 

Taftish  o‘tkazadigan  mutaxassis,taftishchi  tomonidan  korxona, 

tashkilot,  muassasalarning  moliya-xo‘jalik  faoliyatini  buxgalteriya 

ma’lumotlari asosida tekshirib ko‘rish uchun o‘tkaziladi. Taftish asosan 

jinoyat  ishini  qo‘zg‘atishdan  oldin  o‘tkaziladi.  Mabodo,  u  jinoyat  ishi 

qo‘zg‘atilishidan 

oldin 


o‘tkazilmagan 

bo‘lsa, 


tergovchi 

ish 


qo‘zg‘atilgandanoq  darhol  o‘tkazish  chorasini  ko‘rishi  lozim.  Bu 

to‘g‘rida  u  qaror  chiqarib,  unda  qisman  yoki  to‘liq  taftish  o‘tkazish 

zarurligi  yoki  zarur  emasligi,  aniq  ob’ekt  yoki  mansabdor  shaxsning 

qaysi  davr  ichidagi  faoliyati  taftish  qilinishi  lozimligi  va  taftish 

dalolatnomasini  qachon  taqdim  etish  zarurligi  haqidagi  ma’lumotlar 

ko‘rsatiladi. 

Taftish  tayinlash  to‘g‘risida  chiqarilgan  qaror  nazorat-taftish 

organlariga  yuboriladi.  Taftish  oldiga  qo‘yiladigan  vazifalar  aniq 

bo‘lishi lozim. Qoidaga binoan muassasa va tashkilotlarning katta davr 

ichidagi faoliyatini taftish qilish tavsiya etilmaydi, chunki u ko‘p vaqtni 

talab  etib,taftish  ishlarini  chuqur  va  to‘liq  amalga  oshirilishiga  xalaqit 

beradi.  Agar  taftish  korxona  va  tashkilotlarning  katta  davr  ichidagi 

faoliyatini  tekshirish  bilan  bog‘liq  bo‘lsa,  unda  tergovchi  taftishni  bir 

guruh taftishchilar tomonidan o‘tkazish masalasini hal etishi lozim. 

Tergovchi  taftishchi  bilan  doimiy  aloqada  bo‘lishi  lozim. 

Taftishchi tergovchiga suiiste’mol qilinish faktlari to‘g‘risida axborotlar 

berib  tursa,  tergovchi  esa  taftishchiga  jinoyat  ishi  bo‘yicha  to‘plangan 

yangi  materiallar  to‘g‘risida  ma’lumot  berib  turadi.  Taftishchi 

suiiste’mol  qilinish  faktlarini  aniqlagandan  keyin  bu  to‘g‘rida  xususiy 

dalolatnoma  tuzadi  va  uni  darhol  tergovchiga  taqdim  etadi.  Bu 

dalolatnomaning mazmuni bilan manfaatdor shaxslarni tanishtirish shart 

emas,  chunki  ular  keyinchalik  tuzilgan  umumiy  dalolatnoma  mazmuni 

bilan tanishtiriladi. 

Qayd  etilgan  holatlarni  aniqlash  va  dalillar  to‘plash  uchun 

tergovchi quyidagi dastlabki tergov harakatlarini va tashkiliy tadbirlarni 

ko‘rishi zarur: 

1)  jinoyat  ustida  ushlash  (xom  ashyoni  hech  qanday  hujjatsiz 

sotish, qabul qilish); 

2) ushlanganlarni shaxsiy tintuv qilish; 

3) xizmat xonalarida tintuv o‘tkazish va ularni ko‘zdan kechirish; 




 

393 


4)  tintuv  o‘tkazish  va  ko‘zdan  kechirishda  tayyorlanayotgan 

hujjatlar,  predmetlar,  tayyor  mahsulotlarni  muhrlash  zarurati  bo‘lsa, 

ayrimlarini olib qo‘yish; 

5)  pul  va  mulkni  band  qilish,  ularni  olib  qo‘yish  va  qo‘riqlashga 

topshirish; 

6) talon-toroj qilishda gumon qilingan shaxsni so‘roq qilish; 

7) talon-toroj faktlarini ko‘rgan guvohlarni so‘roq qilish; 

8)  omborlarda,  savdo-muassasalarida  va  tashkilotlarda,  kassadagi 

pul  mablag‘larini  inventarizatsiya  qilish  yoki  moddiy  qimmatliklarning 

qoldiqlarini hisobga olish; 

9) xaridorlarni aldash holatlarini aniqlash maqsadida nazorat tarzda 

xarid  qilish  yoki  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  nazorat  uchun 

topshirishni o‘tkazish. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Qayd  etilgan  dastlabki  tergov  harakatlari  va  tashkiliy  tadbirlarni 



bajarishda  topilgan  ob’ektlarning  holati,  qo‘riqlanishi,  hujjatlarning 

saqlanishi aniq va batafsil qayd etilishi juda muhim hisoblanadi. 

Taftish  va  inventarizatsiya  materiallari  asosida  qo‘zg‘atilgan 

jinoyat ishlari bo‘yicha quyidagi dastlabki tergov harakatlari o‘tkaziladi: 

1) taftishchi va inventarizatsiya o‘tkazgan shaxsni so‘roq qilish; 

2) dalolatnomada ko‘rsatilgan shaxslarni so‘roq qilish; 

3)  kamchilik  borligini  tasdiqlovchi  hujjatlarni  o‘rganish,  taftish 

dalolatnomasi bilan birga, berilgan hujjatlarni olib qo‘yish yoki ularning 

yo‘qolmaslik chorasini ko‘rish; 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish