13. Sayyorani radius – vektori o‘rtacha galiotsentrik masofaga teng bo‘lganda,
uning haqiqiy anamoliyasi qiymatini toping?
14. Mars sayyorasi va Adonis Asteroidining orbitasi ekssentrisiteti va perigey
masofasini toping. Mars orbitasining katta yarim o‘qi 1,52 a.b. va Quyoshdan eng
uzoq masofasi 1,66 a.b. ga teng, Adonisniki esa mos ravishda 1,97 a.b. ga 3,50
a.b. Ulardan qaysi biri Quyoshga yaqinroq kelishini ko‘rsating.
15. Ikar va Simeiza kichik sayyoralari qanday o‘rtacha va eng katta galiosentrik
masofalarda harakatlanadi? Ikarning perigeliy masofasi va orbitasining
ekssentrisiteti 0,187 a.b. va 0,827 Simeizaniki esa 3,219 a.b. va 0,181 . Bu
sayyoralardan qaysi birining radius vektori katta chegarada o‘zgaradi, mutlaq va
nisbatan?
16. Venera sayyorasi va Yevropa asteroidining Quyosh atrofida aylanish
davrini hisoblang, ularning o‘rtacha galiosentrik masofalari mos ravishda 0,723
a.b. va 3,10 a.b. ga teng.
17. Agar Apollon kichik sayyorasi va Ikey kometasi Quyoshdan deyarli bir xil
masofada o‘tsa (Appollon 0,645 a.b. kometa 0,633 a.b. ) da lekin orbitalar mos
ravishda 0,566 va 0,9933 ekssentrisitetga ega bo‘lsa, ularning Quyosh atrofidagi
aylanib chiqish davrini aniqlang.
18. Yupiter sayyorasininng birinchi yo‘ldoshi – Io uning atrofida o‘rtacha
421800 km masofada
42
ℎ
28
𝑚
davr bilan aylanadi. Orbitasining katta yarim
o‘qlari mos ravishda 671,1 ming km va 1070 ming km ga teng bo‘lgan
Yupiterning yevropa va Ganimed yo‘ldoshlari qanday davr bilan aniqlanadi ?
19. Saturn atrofida
22
ℎ
37
𝑚
va
4
𝑑
, 518 davr bilan aylanayotgan Mimas va Rey
yo‘ldoslarining sayyoradan o‘rtacha uzoqliklarini toping. Sayyoraning eng katta
70
yo‘ldoshi – Titan uning katta yarim o‘qi 1221 ming. km li orbita bo‘ylab
15
𝑘
, 945 da aylanib chiqadi.
20. Quyoshning ekliptika bo‘ylab Yerdan sutkalik siljishi yanvar oyining
boshida eng katta qiymat (
67
′
) ga, iyulning boshida esa eng kichik qiymat (
57
′
) ga
erishadi. Yer orbitasining ekssentrisitetini hisoblang va shu kuni yer orbitasining
qaysi nnuqtalaridan o‘tishini ko‘rsating.
21. Fortuna asteroid Yerga 1,056 a.b. masofagacha ofeliy asteroid esa 1,716 a.b.
gacha yaqinlashadi. Ularning o‘rtacha galiotsentrik masoflari mos ravishda 2,442
a.b. va 3,129 a.b. ga teng. Bu asteroidlar orbitasining ekstrisitetini, ularning
perigeliy va afeliy masofalarini toping. Yer orbitasini aylana, deb hisoblab,
asteroidlar orbitasining og‘malarini (
1
°
, 5 𝑣𝑎 2
°
, 5) hisobga olmang.
22. Merkuriy (a=0,387 a.b. e=0,206) va Mars (a=1,524 a.b., e=0,093)
sayyoralari Yerdan qanday chegaraviy uzoqlikda joylashadi? Qavs ichida
sayyoralar orbitasining katta yarim o‘qlari va ekssentrisitetlari berilgan . Yer
orbitasining ekssentrisitetlari berilgan. Yer orbitasining ekssentrisitetini hisobga
olmang.
23. Mars sayyorasidan kuzatganda Quyosh gardishi ( diski) diametri
o‘zgarishining chegaraviy qiymatini toping, u soyyaraning o‘rtacha galiosentrik
masofasida 21’03’’ ga teng. Sayyora orbitasining ekssentrisiteti 0,093.
24. Quyosh gardishining diametri Yerdan yanvar boshida 32’35’’, iyul
boshida esa 31’31’’ burchak ostida ko‘rinadi. Yer orbitasining ekssentrisitetini,
Yerning perigey va afeliy masoflarini hisoblang, hamda
23
°
27’ ga teng Yer o‘qi
og‘ishini yil fasllarini o‘zgarishiga ekssentrisitet ta’sirini solishtiring (hisob-
kitobni
0
°
,
30
°
va
60
°
geografik kenglamalar uchun bajaring.).
25. Uran va Pluton sayyoralarining aylanma tezligi qanchaga teng, ularning
Quyoshdan o‘rtacha uzoqliklari mos ravishda 19,19 a.b. va 39,52 a.b. ni tashkil
etadi?
26. Ikar (1,078 a.b. ), Qrimiy ( 2,774 a.b. ) va Nestor (5,237 a.b. )
asteroidlarining o‘rtacha orbital tezliklarini toping. Qavs ichida asteroidlarning
o‘rtacha galiosentrik masofalari berilgan.
27. Haqiqiy animaliyaning qanday qiymatlarida elliptik orbita boylab
harakatlanayotgan osmon jismining tezligi uning aylanma tezligiga teng bo‘ladi?
28. Lidiya asteroidining qarama qarshi turishi odatda har 469 sutkadan keyin,
Inna asterodiniki esa 447 sutkadan keyin sodir bo‘ladi . Bu asteroidlar Quyoshdan
yerga qaraganda o‘rtacha qancha uzoqlikda joylashgan?
29. Agar Merkuriyning oldingi quyi qo‘shilishi 1975 y. 9 oktyabrda bo‘lib
o‘tgan bo‘lsa, uning navbatdagi yuqori va quyi qo‘silishlarining sanalarini
hisoblang. Merkuriy aylanishining yulduz davri 88 sutkaga teng.
30. Agar 1975 y. 9 martda Merkuriyda geliosentrik uzilmasi
243
°
Yupiterniki
esa
359
°
bo‘lgan bolsa shu yilning 25 sentyabr kuni Merkuriy va Yupiterning
geliosentrik uzunlamalarini aniqlang. Merkuriyning o‘rtacha sutkalik harakati
4
°
, 09, Yupiterniki 5 ̊,0 ga teng.
31. Merkuriyning eng katta g‘arbiy elongatsiyasi (
Δ𝜆 = 27
°
) 1975 y. 6 marta
bo‘lib o‘tgan, uning navbatdagi eng katta sharqiy elongatsiya (
Δ𝜆 = 22
°
) qachon
71
bo‘lishini hisoblang. Merkuriyning o‘rtacha sutkalik harakati
4
°
, 092, Yerniki esa
0
°
, 986 ga teng.
32. Irma asteroidining ro‘para turishi 1976 y. 23 sentabrda Lina asteroidiniki esa
1976 y. 2 dekabrda sodir bo‘ldi. Irma orbitasining katta yarim o‘qi 2,772 a.b. ga,
Lina orbitasiniki esa 3,139 a.b.ga teng . Bu asteroidlarning bir-biri bilan yaqin
kelajakdagi qo‘shilishi qachon ro‘y beradi?
33. 23 Sentyabrda Yer va quyidagi sayyoralarning galiosentrik uzunlamalari
nimaga teng bo‘ladi, bunda Merkuriy eng katta g‘arbiy elongatsiyada (
Δ𝜆 = 28
°
),
Venera – quyi qo‘shilishda, Mars – qo‘shilishda va Yupiter - qarama qarshi
turishda joylashgan
34. Agar 22 iyun kuni Merkuriy quyi qo‘shilishda Venera eng katta sharqiy
elongatsiyada (
Δ𝜆 = 45
°
), Mars ro‘para turishda va Yupiter g‘arbiy kvadraturada
turgan bo‘lsa, shu kuni Yer va ushbu sayyoralarning galiosentrik uzunlamalarini
aniqlang. Yupiterning galiosentrik masofasini 5,20 a.b. ga teng, dwb qabul qiling.
35. Merkuriy aylanishining siderik davri
88
𝑑
, sinodik davri esa
116
𝑑
ga teng.
Taxminan qancha vaqtdan keyin Merkuriyning yerga eng yaqin kelishi
taakrorlanadi?
36. Mars orbitasining katta yarim o‘qi 1.52 a.b. va ekssentrisiteti 0.093 ga teng,
Erot asteroidining orbitasi esa 1,46 a.b. va 0.222. Bu sayyoralarning ro‘poro
turishlari taxminan qancha vaqt oralig‘ida sodir bo‘ladi, bu davrda ular Yerga
qanday masofalarda yaqinlashadi va bu davrdan tashqarida qanchaga
uzoqlashadi? Yer orbitasini aylana, deb qabul qiling va sayyora orbitasining
og‘maligini hisobga olmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |