Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


-§. Bozor iktisodiyotida chayqovchilik



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/41
Sana07.12.2019
Hajmi1,81 Mb.
#28806
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi 3e87e-разблокирован


 

 
 
4-§. Bozor iktisodiyotida chayqovchilik 
 
 Bozor iqtisodiyotiga xos axborot assimetriyasi noaniqlik u o’z navbatida olib-sotarlik va 
chayqovchilik mavjudligiga sabab bo’ladi.  
Olib-sotarlik  – bu shunday faoliyatki, maqsad biron-bir tovarni bir bozordan olib 
boshqasida yoki bozorning boshqa sigmentida nisbatan yuqori narx bilan sotish orqali foyda 
olishdir. Olib sotarlik bozorda muvozanat yo’qligi, talab va taklif o’rtasida disbalans sharoitida 
yuz berishi mumkin. Iqtisodiy faoliyatning bu turi rangli metallar, qimmatli qogozlar, qishloq 
xo’jaligi mahsulotlari bozorida eng ko’p yuz beradi. Olib-sotarlik hududiy miqyosida baholarni 
farqi tufayli kelib chiqadi.  
Olib sotarlikdan farqli ravishda chayqovchilik bir tovarni sotib olib shu bozorni o’zida 
ma’lum vaqtdan so’ng yuqori bahoda sotib foyda olishni bildiradi, ya’ni chayqovchilik baholarni 
vaqt oralig’idagi farqiga asoslanadi. Olib sotarlik va chayqovchilik bilan shugullanadiganlar 
tavakkalchilik xatarini bila turib riskka borishadi. Real hayotda har ikki faoliyat birlashib, 
ko’pincha umumiy nom “chayqovchilik” deb ataladi. Chayqovchilik faoliyatini tahlil qilganda 
muhim ahamiyatga ega uch usuliga e’tibor qaratiladi.  
Birinchi usul – bu tovarni sotib olish, uni saqlash, ma’lum bir vaqtdan so’ng sotish. 
Chayqovchi tovarni sotib olar ekan, uni ma’lum bir vaqtdan so’ng narxini ko’tarilishini taxmin 
qiladi. Agar narx ko’tarilmasa u zarar ko’radi.  
Ikkinchi usul - fyuchers kontraktlari tuzish. Bunda kelgusida bitim tuzilgan kundagi narx 
bo’yicha oldi-sotdi qilish majburiyati ko’zda tutiladi.Tovar etkazib berilgan muddatdagi narxga 
ko’ra broker yoki xaridor foyda ko’rishi mumkin.Qimmatli qogozlarda ham xuddi shunday.  
Uchinchi usul - optsion kontraktlari tuzish. Optsion shunday kontraktki – unga asoslanib, 
investor kelajakda ma’lum miqdorda tovarni shu kungi baho bo’yicha sotib olish huquqini sotib 
oladi. Uning o’ziga xos xususiyati shundaki, u o’z xuquqini amalga oshirishi yoki yo’qligi 
vaziyatga bog’lik holda yuz beradi. Masalan, siz «O’zavtotranstexnika» OAJ aktsiyalari 
kelajakda qimmatlashadi deb, 1050 so’mdan 630 dona aktsiya sotib olish uchun 15 iyul 2004 yili 
bir yilga kontrakt tuzdingiz. Sizga birja vositachisi ko’rsatilgan muddatga qadar aktsiyalarni shu 
narxda sotishi kerak. Siz agar bozorda aktsiya narxlari oshsa sotib olib, bozordagi shu kungi real 
bahoda sotib foyda olasiz. Aksincha bo’lsa siz o’z huquqingizni realizatsiya qilmaysiz. Lekin 
shartnoma tuzgandagi vositachiga gonorar sifatida bergan pulingizdan ayrilasiz.  
 Optsion kontrakti fyuchers kontraktiga nisbatan kamrok xatarli, sababi, yo’qotadigan 
mablag’ faqat vositachining gonorari miqyosida bo’ladi. Bu jihatdan uni ma’lum bir darajada 
sug’urta elementi deb ko’rish mumkin.  
Muddatli kontraktlar( fyuchers, optsion )ni xedjirlash orqali oldi-sotti jarayonida 
baholarni o’zgarishidan sug’urtalash amalga oshiriladi. Investorning moliyaviy aktivlari 
qimmatini maksimal darajada saqlab qolish yoki sotishiga bir yoki bir necha muddatli 
kontraktlar tuzish orqali amalga oshiriladi.  
Masalan, xedjer biron bir aktiv, aytaylik uni qiziktirgan “Toshkent otchopari” OAJ ning 
aktsiyalarini bahosini tushishidan qo’rqadi. Uni bir aktsiyani 2,8 dollar bahosi qoniqtiradi. U 
aktivlarini qiymati uch oydan keyin ham pasayishini hohlamaydi. Buning uchun u qarama-qarshi 
2 fyuchers shartnomalari tuzadi. Bitta shartnoma aktsiyalarni 3 oydan so’ng 3 dollardan sotishga, 
ikkinchisi sotib olishga. Uch oydan keyin aktsiya 3,2 dollar bo’lsin. U 3 dollardan sotib olib 
yutadi, sotib yutqazadi. Natijada unda yutuq ham foyda ham yo’q. Agar narx tushsa ham xuddi 
shunday tarzda ham yutadi, ham yutkazadi. 
 Shunday tarzda optsion kontraktlarni xam xedjirlash amalga oshiriladi. Xedjirlashda 
tavakkalchilik xatari yo’qolmaydi, lekin unda xatarga yo’l qo’yuvchilar o’zgaradi. Ishlab 
chiqaruvchi xatarni birja chayqovchisi zimmasiga yuklaydi. Chunki u risk qilishni yoqtirmaydi. 
Chayqovchi esa tavakkalchilik xatarini o’z zimmasiga oladi. Sababi u risk qilish ishqibozi. 
Chayqovchilik yuzaki qaraganda osongina boyish yo’li. Lekin u moliya bozorida o’ziga xos 
vazifani bajaradi: 

 
 
1.Qimmatli qog’ozlar bilan chayqovchilik potentsial xaridorlarni ularga qiziqishini 
kuchaytiradi. Xaridorlarning bo’sh pul mablag’larini jalb etadi. 
2.Chayqovchilik qimmatli qog’ozlarni likvidligini ta’minlaydi va saqlaydi, bu o’z 
navbatida investorlarni o’ziga jalb etadi.  
3.Qimmatli qog’ozlar kursini barqarorlashtirishga ta’sir etadi. Ya’ni ko’pchilik 
olayotganda sotadi, sotayotganda oladi. Qog’ozlar kursini qattiq o’zgarishi ko’proq 
chayqovchilik operatsiyalariga xos. Shu bilan birga shuni qayd etish kerakki, mamlakat 
iqtisodiyoti uchun u katta zarar etkazishi mumkin. Shuning uchun maxsus komitetlar va birjalar 
tashkil etilib, davlat tomonidan ta’sir ko’rsatiladi.  
«Chayqovchilik» so’zi juda ko’p hollarda salbiy ma’noda ishlatiladi.» Chayqovchi» 
deganda ko’z o’ngimizga doimo odamlarni turli yo’llar bilan aldashga urinuvchi uddaburon 
kishini keltiramiz. Shuning uchun bozor iqtisodiyotida «chayqovchi» emas, «vositachi», 
«menejer» bo’ladi degan fikrdagilar ham talaygina. Lekin biz ularni qanday atamaylik, 
yuritayotgan faoliyati, qo’ygan maqsadi tom ma’nosi bilan chayqovchilik. Xamma narsani o’z 
nomi bilan aytgan ma’qul. Albatta jamiyatni qoralovchi fikri to’g’ri, lekin u qachonki norasmiy, 
noqonuniy bo’lsa.  
 Masalan, inqirozga yuz tutgan AKShlik yirik chayqovchilar: eng yirik birja firmalaridan 
birining baland martabali menejerlari A. Boyski va M. Millekenlar nomi butun dunyoga taraldi. 
M. Milleken past darajadagi aktsiyalar junk fonds ixtirochisi, qaysiki ular yordamida 
kompaniyalarni qo’shilishi va birini ikkinchisi tomonidan «yutilishi» amalga oshirilgan. Uning 
uchun u noinsoflikda ayblangan, A. Boyski bo’lsa, «sinish, yutilish,» arafasida turgan 
korporatsiyalarning aktsiyalari bilan chayqovchilik qilgan  
Umuman olganda chayqovchilik nafaqat qimmatli kog’ozlar bilan (ular bilan ko’prok) 
balki hamma sohada, qaerda imkoniyat bo’lsa shu erda bo’ladi. Noqonuniy, nolegal 
chayqovchilik, yolgon axborot tarqatish, noqonuniy bitimlar tuzish kabilarda ifodalanadi. 
 Davlat shuning uchun bunday hodisalarga qarshi chora–tadbirlar ko’radi, qonun-qoidalar 
qabul qiladi. Bordi-yu davlat bozorda qayd qilingan narxlar o’rnatsa chayqovchilik yashirin tus 
oladi. Chayqovchilik taqchil tovar oldi-sottisi tufayli yuz berib, disbalansni chuqurlashuvini 
keltirib chiqarishi mumkin. Lekin normal, legal chayqovchilik bozor iqtisodiyotini rivojlanishiga 
ta’sir ko’rsatadi.  
Buning birinchi ijobiy tomoni tavakkalchilik xatarini sug’urta qilish xaqida to’xtaganda 
ko’rdik. Chayqovchilik xedjerlash operatsiyalari yordamida bozorning boshqa qatnashchilarini 
o’zini himoyalash, sug’urta qilish imkonini beradi.  
Ikkinchi muhim funktsiyasi bozordagi hukmron tendentsiya haqida axborotlar berish. 
Bunday qarasak chayqovchilik axborot tarqatish manfaatlariga zid. Xaqiqatdan ham shunday. 
Lekin axborotni ular o’z hohish-istaklaridan qat’iy nazar tarqatishadi. Biron-bir resursga 
baholar o’sishini kutgan holda uni qazib chiqaradigan kompaniyalar aktsiyalarini sotib 
olishni boshlashadi. Aktsiyalarni ko’plab sotib olinishi uning narxini o’sishiga olib keladi. 
Baho hamma uchun axborot manbasi. Jamiyat miqyosida mazkur resursning 
qimmatlashuvi kutiladi. Endi axborot hamma uchun ochiq.  
 Chayqovchilikning yana bir funktsiyasi-konservatsiya qilish, yoki taqchil resurslarni 
(masalan foydali qazilmalarni) ishlatishni kamaytirish. Chayqovchi taqchillikni kutib, resursni 
sotib oladi, uni qazib chiqarishni vaqtincha to’xtatib qo’yadi. Maqsad resursni keyinchalik baxo 
ko’tarilganda sotadi. Resurs kam bo’lganda baho ko’tariladi. Bu signal boshqalar tomonidan ham 
qabul qilinadi va yoppasiga shu taiiy resursni qazib chiqarish qisqartiriladi. Resurs qimmat 
bo’lgach undan tejab-tergab foydalanish yo’llari qidiriladi. Albatta chayqovchilar ham xato 
qilishadi. Ularni vaziyatni noto’g’ri baholashi noto’g’ri axborot tarqatishiga olib kelib, boshqa 
iqtisodiy ob’ektlarni ham adashtiradi. Lekin oxir-okibat ular yutqazadilar, bozorni tark 
etadilarJamiyat uchun xaqiqiy foydali funktsiyalarni bajaradigan chayqovchilargina qolishadi.  
 Respublikamizda metallar bilan savdo qilish davlat monopoliyasida. Qimmatli qog’ozlar 
bozori endi rivojlanib borayapti. Shuning uchun hali bu bozorda chayqovchilik keng ma’noda 
avj olganicha yo’q. Lekin ilgaridan iste’mol mollari bilan chayqovchilik mavjud bo’lgan. 

 
 
Ayniqsa qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan. Lekin chayqovchilik tavakkalchilik xatari yuqori 
faoliyat. U faqat foyda emas, katta zarar ko’rishi ham mumkin. Respublikamizda bu faoliyat 
bilan asosan dehqon bozorida shug’ullanuvchilar o’z faoliyatlari bilan ishlab chiqaruvchilarga 
yordam berishadi deyish mumkin.  
Shunday qilib, tarixiy tajriba shuni ko’rsatdiki, bozor iqtisodiyoti so’zsiz afzallikka ega, 
lekmn kamchiliklardan ham xoli emas. Ammo bu kamchiliklarni davlatning funktsiyalari 
yordamida bartaraf qilish yoki minimal darajaga keltirish mumkin.  
 
Xulosa 
 
*Tovar ishlab chiqarishni vujudga kelishi Bilan bozor iqtisodiyotining dastlabki tamal 
toshi qo’yildi. Bozor iqtisodiyot o’zining mohiyati, o’ziga xos belgilari, xususiyatlari bilan 
kishilik jamiyati erishgan avvalgi tizimlardan afzal ekanligini ko’rsatdi. Shuning uchun ham 
bozor iqtisodiyotini umuminsoniy iqtisodiyot, barcha mamlakatlar tanlagan yo’l sifatida 
umumbashariy iqtisodiyot deymiz.  
*Bozor iqtisodiyoti boshqa tizimlardan so’zsiz afzallikka ega bo’lishi bilan birgalikda 
qator kamchiliklari mavjud. Ulardan eng muhimi bozor iqtisodiyotiga noaniqlik xosligi. Bozor 
iqtisodiyotida iqtisodiy faoliyat risk bilan bog’liq. Risk bozor mexanizmining ishlash tarzi.  
* Bozor iqtisodiyotida axborot asimmetriyasi nafaqat noaniqlik, riskni, balki 
chayqovchilikni ham mavjud bo’lishiga olib keladi. Risk va chayqovchilikni mavjud bo’lishi 
odamlarni yangilikka, tinim bilmay izlanishga, yangi g’oyalarni amalga oshirishga chorlaydi. 
 
ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR 
 
1.Tub 
belgilar 
     2.Bozor 
(aralash) 
iqtisodiyoti 
3. Dastlabki bozor iqtisodiyoti.  
 
 
4. Erkin(klassik) bozor iqtisodiyoti  
5.Deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti    
6.Bozor iqtisodiyoti belgilari. 
7.Bozor iqtisodiyoti ob’ekti.   
 
 
8. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari 
 
 
a) Davlatning mulk monopoliyasi, ma’muriy buyriqbozlikka asoslangan markaziy 
rejalashtirilgan iqtisod. 
b) Xar bir xodisa, jarayon, tizimning boshqalardan ajratib turuvchi, uning safat jixatdan 
farqlanishiga sabab bo’lgan xususiyatlarga aytiladi  
v) turli – tuman mulkchilik va iqtisodiy faoliyat erkinligiga, aralash tarzda tartibga 
solishga asoslangan, xar bir insonni o’z faoliyat natijasini o’ylab, oqilona xo’jalik yuritishga 
undovchi demokratik iqtisodiyot 
 g) munosabatlar va aloqalar nimaga qaratilganligini, nimaga nisbatan yuz berishini 
ifodalaydi. Bozor iqtisodiyotining ob’ekti tovar va pul (pul massasi)dir  
d) tovar ishlab chiqarish vujudga kelishi bilan shakillana boshlagan, oddiy tovar ishlab 
chiqarish xukmron iqtisodiyot  
e) yakka xususiy mulkchilik, erkin raqobatchilik, bozorga xos munosabatlar 
xukmroniqtisod. Uning dastlabki bosqichi bilan keyingi bosqichlari farqlanadi  
yo) munosabatlar, aloqalar kimlar o’rtasida yuz berishini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti 
sub’ektlari uy xo’jaligi, firma (korxona), dav  
j) bozor iqtisodiyotining boshqa sotsial-iqtisodiy tizimlardan farqlanishiga sabab 
bo’luvchi xususiyatlari 
 
Takrorlash va munozara uchun savollar 
 
 1. Etuklik darajasiga ko’ra bozor iqtisodiyoti qanday bosqichlarga bo’linadi va ular 
qanday jihatlari bilan farqlanadi? 
 2. Bozor iqtisodiyotining modeli va asosiy belgilarini ko’rsating. 

 
 
 3. Bozor iqtisodiyotining ob’ekti va sub’ekti deganda nimani tushuniladi? 
 4. Qiymat nazariyasi va me’yoriy naflilik nazariyasining bosh maqsadi nima? Xar ikki 
nazariya tovar qiymatini o’lchashni qanday uddaladi? 
 5. Bozor iqtisodiyoti qanday afzalliklarga ega? 
 6. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari nimalardan iborat? 
 7. Nima sababdan bozor iqtisodiyotini umuminsoniy iqtisodiyot deb tan olindi? 
Masala va mashqlar 
  
1. Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotda barcha ishlar yuqoridan beriladigan 
buyruq bilan amalga oshiriladi. Bu qanday oqibatlarga olib kelishini quyidagi masala yordamida 
ko’rib chiqamiz. 
 Shaharda bo’yi 64 m va eni 64 m avtomobil to’xtash joyi bor. Mamlakatda 3 xil 
avtomobil bo’lib, engil avtomobil eni 2 m va bo’yi 4 m joy egallasin. O’rtacha avtomobillar esa 
eni 3 m va bo’yi 6 m, katta avtomobillar eni 4 m va bo’yi 8 m li joyni egallasin deylik. 
Mashinasini to’xtash joyiga qo’ymoqchi bo’lgan uchala turdagi avtomobil shofyorlari juda ko’p. 
Aytaylik, 
a) avtomobil to’xtash joyini eng qisqa muddat davomida to’ldirishi zarur degan buyruq 
olindi. U xolda avtomobillar qanday tarzda joylashtirilgan bo’lardi? Nima sababdan, izohlang. 
b) avtomobil to’xtash joyiga eng ko’p mashina sig’dirishiga ko’ra musobaqa g’olibiga 
mukofot beriladi degan buyruq olindi. Unday buyruq nimaga olib keladi, izoxlang. 
v) barcha avtomobil turlari teng miqdorda joylashtirilsin, degan buyruq olindi. U xolda 
nechtadan avtomobil sig’ishi mumkin, izoxlang. 
 Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu masala qanday hal etilgan bo’lar edi? Fikringizni 
bildiring. 
 
2. Korxonada har bir kattalar paltosini tikish uchun moddiy xarajatlar 70 ming so’mni 
tashkil qiladi. Agarda yoqasiga mo’yna o’rnatilsa 140 ming so’mga etadi. Bolalar paltosi uchun 
esa 30 ming so’m xarajat qilinadi. Mexnat sarfi bir xil bo’lib, o’rtacha 30 ming so’mga to’g’ri 
keladi. Agar har bir paltodan olinadigan foyda xarajatlarga nisbatan 10% ni tashkil qilsa, 
korxona rejani tezda bajarish uchun qanday palto va qancha tikkan bo’lar edi. Korxona quvvati 
kuniga 50 ta paltoga teng. Ish kuni 24 kun va bir smenali deb hisoblang. 
1. Agar mo’yna yoqali, oddiy yoqali va bolalar paltolariga talab teng desak, talab 
bo’yicha palto tikkanda korxona rejani necha foizga bajargan bo’lar edi? 
2. Qanday paltolarni tikish bilan korxona rejani bajarishi mumkin? a) U qanday oqibatga 
olib keladi? b) Bozor iqtisodiyotida bu masala qanday hal etiladi? 
3. Ishlatilgan kompyuterlar bozorida ikki guruh sotuvchilar mavjud. Bir guruh sotuvchilar 
kam ishlatilgan, hali ancha-muncha foydalansa bo’ladigan, texnik jihatdan yaxshi kompyuterlar 
bilan savdo qilishadi. Sotuvchilar ularni 400 ming so’mdan kamiga berishmaydi. Potentsial 
xaridorlar esa 450 ming so’mgacha to’lashga tayyor. 
 Ikkinchi guruh sotuvchilar o’z resursini deyarli to’la ishlatib bo’lgan kompyuterlarni 
sotishadi. Ular 150 ming so’mdan yuqori har qanday narxga sotishga tayyor. Iste’molchilar 
bunday kompyuterlarga 180 ming so’mdan ortiq pul to’lashmaydi. Axborot asimmetriyasi tufayli 
bozorda kompyuterlarni sotish bahosi qancha bo’ladi? U qanday oqibatlarga olib keladi? 
 4. Siz «Panasonic» firma magazinidan videomagnitafonni 500 ming so’mga sotib 
olishingiz mumkin. Xuddi shunday magnitafonni «Ippodrom» bozoridagi audio-video texnika 
rastasidan 400 ming so’mga olishingiz mumkin. Boshqa sharoitlar teng. Bu farqni sababi nimada 
deb o’ylaysiz?  
 
T/N 
1. Ma’muriy buyruqbozlik tizimi sotsialistikdoktrinaga asoslangan bo’lib, uning o’ziga 
tortadigan jixati kishilik jamiyatini doimo diqqatini qaratgan 2 muammoni echishni zimmasiga 
olishi bo’lib, bu 

 
 
a) notinchlikni yo’q qilish; 
b) jamiyat xayot iva xar bir kishini xayotini jamiyatning yuqori organlari tomonidan 
tartibga solish iqtisodiyot va jamiyatni boshqasferalarini ratsional va ilmiy boshqarish orqali 
insonni baxtiyor yashashni ta’minlash.  
2. Ma’muriy buyruqbozlikka tayangan sotsializm kishi o’ziga tortadigan g’oyani ilgari 
surishga qaramay, inqirozga yuz tutdi. XX asr tarixida markaziy o’rinni real sotsialistik 
jamiyatni vujudga kelish, rivojlanish, inqiroz egallaydi.  
3. Ma’muriy buyruqbozlikka tayangan sotsializni inqirozga uchrashiga sabab, uning 
xususiy mulkni, bozorni, raqobatni tan olish, jamiyatni demokratiyalashuvi printsiplariga amal 
qilish bo’ldi.  
4.Markazdan rejalashtirishga asoslang. Xo’jalik yuritish sotsializmiga, balanslashmizimi, 
muvozanat uzilgani, hayot kechirish pastligioxirgi o’n yillikda bo’lsa fan – texnika taraqqiyotini 
qabul qilmasligi Bilan ajralib turgan.  
5.Bozor iqtisodiyoti hozirgi davrga qadar o’z rivojlanishida bosqichlarni bosib o’tdi.  
6.Bozor (aralash) iqtisodiyot mukammal iqtisodiyot bo’lgani uchun ham umuminsoniy 
iqtisodiyot deb ataladi.  
7. Bozor iqtisodiyotida erkin iqtisodiy faoliyat yuritishining asosini mulkning turli – 
tumanligi va uning xususiy jixatdan bir xolda muxofaza qilinishdir.  
8.Bozor iqtisodiyotining zaif tomonlarini davlatning ko’rgan chora tadbirlariorqali 
yo’qotiladi.  
9.Iqtisodiy nazariyada odamlarni tavakkalchilik xatariga munosabatlarini xisobga olib, 
uch guruxga: tavakkalchilikka kontrol, tavakkalchilikka o’ch, ishqivoz; tavakkalchilikni 
yoqtirmaydigan yoki unga qarashlarga bo’linadi. 10. Odiljon uyining yonidagi magazindan 70 
ming so’mga kostyum – shim olmay, bozorga borib kelish uchun 1000 so’m sarflab, bozordan 
xudi shunday kostyum – shimni 68 ming so’mga sotib oldi. U to’g’ri qildi. Bunda sanoq nuqtasi 
effekti hech qanday rol o’ynamaydi.  
11.Bozorda “Nobop tanlov”ni yuz berishidan manfaatdor shaxslar axborotni asimmetrik 
tarqalishiga harakat qilishadi.  
12. Bozor iqtisodiyotida olib – sotarlik va chayqovchilik bo’lmaydi.  
 
Testlar 
 
1. Sotsialistlar inson tengligi deganda eng avvalo birinchi o’ringa … ni qo’yishgan. 
a) Moddiy tenglik; 
b) Xuquqiy tenglik; 
v) Konunlar olididagi tenglik; 
g) Siyosiy xuquqda tenglik; 
d) Hududiy tenglik; 
 
2. Davlat mulk monopoliyasi va majburiy rejalashtirishni tekischilik g’oyasi bilan 
qo’shilib ketishi: 
a) Moddiy ne’matlarni adolatli taqsimoti; 
b) Moddiy ne’matlarni noiqtisodiy taqsimoti; 
v) Nomoddiy ne’matlarni adolatli taqsimoti; 
g) Nomoddiy ne’matlarni iqtisodiy taqsimoti; 
d) Jamiyatda adolat o’rnatilishiga olib keldi; 
 
3. Bozor (aralash) iqtisodiyoti asosini … tashkil etadi. 
a) Mulkchilikning turli – tumanligi va ularning tengligi, qonun tomonidan birday 
muxofaza qilish; 
b)Xususiy mulkchilikniqonun asosida aloxida qo’llab – quvatlanishi; 
v) Xamkorlikdagi mulk aloxida qo’llab – quvatlanishi; 

 
 
g) Jamoa mulkiga aloxida e’tibor berilishi; 
d) Davlat mulkining asosiy o’rin tutishini ta’minlanishi; 
 
4. Bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch … 
a) Iqtisodiy faoliyati erkinligi, xususiy mulkning ustunligi, daromadlarni 
cheklanmaganligi; 
b) Iqtisodiy faoliyati erkinligi, raqobat, daromadlarni cheklanmaganligi; 
v) Raqobat, davlatning qullab quvvatlashi, daromadlarni cheklanmaganligi; 
g) Iqtisodiy faoliyati erkinligi, davlatning qullab quvvatlashi, daromadlarni 
cheklanmaganligi; 
d) Raqobat, iqtisodiy faoliyati erkinligi, xususiy mulk ustunligi; 
5. Bozor iqtisodiyotining ob’ekti bu … 
a) Tovar, korxona; 
b) Tovar, jamoa xo’jaligi; 
v) Tovar, pul (agregati) 
g) Pul, korxona; 
d) Pul, pul kompleksi; 
6. 6. Bozor iqtisodiyotining sub’ekti bu … 
a) Firma, korxona, uy xo’jaligi, tovar; 
b) Firma, korxona, uy xo’jaligi, davlat, pul; 
v) Firma, korxona, uy xo’jaligi, moliyaviy institutlar; 
g) Firma, korxona, davlat, moliyaviy institutlar; 
d) Firma, korxona, uy xo’jaligi, davlat, moliyaviy institutlar; 
7. Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri cheklangan resurslar sharoitida:  
a) Iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlash; 
b) Resurslarni qimmatga sotish; 
v) Resurslarni arzon sotib olish; 
g) Resurslarni qimmatga sotib olish; 
d) Resurslarni arzon sotishni ta’minlash; 
 8. Faoliyat natijasi qanday bo’lishi ehtimolini bilgan xolda,  
 bari-bir oqibati qanday tugashini aniq, aytib bo’lmaydigan  
 vaziyat, ya’ni noaniqlik … ni ifodalaydi. 
a) Tavakkalchilik yutug’i; 
b) Risk mardlik belgisi; 
v) Xatarning namoyon bo’lishi; 
g) Tavakkalchilik xatari; 
d) Tavakkalchilik natijasi; 
9. Biz ko’pincha sifatsiz tovar sotib olganimizda aldagan sotuvchini jazolashga 
urunmaymiz. Sababi …  
a) Yuz – xatir qilamiz; 
b) Raxmimiz keladi; 
v) Asabimizni buzishni xoxlamaymiz; 
g) Olgan nafimiz, qilgan transaktsion xarajatlarimizni qoplamaydi; 
d) Sifatsiz bo’lsa xam zarur; 
 
10. Chayqovchilik faoliyati … 
a) qonun asosida ish yurituvchi tadbirkorlar uchun riskni orttiradi; 
b)narxlarni beqarorligi tendentsiyasini kuchaytiradi; 
v)iqtisodiy bum va retsessiyaga olib keladi; 
g) doimo foyda olishga olib keladi;  
d) tadbirkorlar uchun riskni kamaytiradi. 
 

 
 
Tarqatma materiallardan namunalar: 
1-tarqatma material  
Bozor iqtisodiyoti afzalliklari va kamchiliklari. 
•  resurslarni samarali taqsimlaydi; 
•  Iqtisodiy erkinlikni ta’minaydi; 
•  Bozorning moslashuvchanligi va safarbarligining yuqoriligi; 
•  Tejamli xo’jalik yuritishni rag’batlantiradi va isrofgarchilikka barxam beradi; 
•   Mulkdan asrab avaylab foydalaniladi; 
•  Fan – texnikalarni tezda joriy qilinishga imkon yaratadi; 
•  Tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rag’batlantiradi;  
•  Raqobat asosiy o’rinda turadi.  
•  Ishlab chiqarish iste’molchi manfaatlariga, xaridor izmiga bo’ysinadi  
•  Daromad topishning cheklanmaganligi 
 
 KAMChILIKLARI: 
•  Ish bilan va narxlar barqarorligini kafolatlamaydi; 
•  Axolini tabaqalanishini kuchaytiradi; 
•  Fanda fundamental tadqiqotlar olib borish imkoniyatlarini cheklaydi; 
•  Foyda keltirmaydigan yoki zarar keltiradigan ijtimoiy tovar va xizmatlar barqarorlikni 
yo’qligi va ishlab chiqarishni rag’batlantirmaydi; 
•  Qayta tiklanmaydigan resurslarni asrash, tabiatni, ekologiyani muhofaza qilishni 
ta’minlamaydi; 
•  Monopolistik tendentsiya mavjudligi;  
•  Doimo noaniqlik va riskning mavjudligi 
 
 
2-TARQATMA MATERIAL  
Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 Uy xo’jaligi: bir yoki bir necha kishidan iborat oila. U mexnat resurslari etkazib beradi. 
Boshqa resurslarni egasi xisoblanadi. Yaratilgan maxsulotlar iste’molchisi. 
  
 Firma,  Korxona: iqtisodiy faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlari bo’lib, iqtisodiy 
resurslarni sotib olib, ishlab chiqarish omillariga aylantiradi. Ulardan maxsulot ishlab chiqarish 
yoki xizmat ko’rsatishda foydalaniladilar. Foyda olish uchun xarakat qiladilar. 
  
 Moliyaviy  institutlar: bozorning firma (korxona)larning normal faoliyat yuritishini 
ta’minlaydilar. 
 
Moliyaviy institutlar 
 
Uy xo’jaligi 
 
Firma,  
korxona 
Davlat 
 

 
 
 Davlat: uning barcha idora, maxkama va tashkilotlari mamlakatning o’z oldiga qo’ygan 
maqsadiga erishish uchun xuquqiy, siyosiy xokimiyat orqali xo’jalik sub’ektlari, bozori zarur 
darajada nazorat qiladi. Shu bilan birga ishlab chiqarish va iste’mol bilan xam shug’ullanadilar. 
Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish