100
.
.
.
.
.
A
F
I
A
I
I
A
Т
Т
K
=
;
Bu yerda: K
a.i.
- ishchi kuchiga ega bo‘lgan aholining ishsizlik koeffitsiyenti;
T
I.a.
- ishsizlik maqomiga ega bo‘lgan shaxslar soni;
T
F.I.a.
- iqtisodiy faol aholi soni.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Bu ko‘rsatkichda barcha ishsizlar soni olinsa, Xalqaro mehnat tashkiloti
uslubiyatiga binoan hisoblangan ishsizlik koeffitsiyentiga ega bo‘linadi. Ammo
mehnat xizmatlarida qayd qilingan ishsiz maqomini olganlar soni olinsa, rasmiy qayd
qilingan ishsizlik koeffitsiyenti hosil bo‘ladi. Misolimizda:
%.
2
,
10
100
3
,
9194
3
,
935
.
=
=
I
A
K
Shu jumladan rasmiy qayd qilingan ishsizlik koeffitsiyenti:
%
4
,
0
100
3
,
9194
7
,
34
100
.
.
.
.
.
.
=
=
=
A
F
I
I
K
R
I
K
Т
Т
K
13.4. Milliy hisobchilik haqida umumiy tushuncha
Bozor munosabatlariga davlatning aralashuvi obyektiv zarurat bo‘lishi bilan
birga, u milliy iqtisodiyot va iqtisodiy tuzilmalar ahvoli va rivojlanish
tendensiyalarini har taraflama ta’riflovchi statistik ko‘rsatkichlar tizimiga asoslangan
mukammal milliy hisobchilikni yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi, chunki aniq va to‘liq
statistik axborotlarsiz na makroiqtisodiy tahlil hamda istiqbolni belgilash mumkin va
na barqaror ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishni ta’minlaydigan makroiqtisodiy siyosatni
davlat amalga oshira oladi.
Milliy hisobchilikni tub mohiyatini makroiqtisodiy balanslar tizimi belgilaydi.
Ular makroiqtisodiy ko‘rsatkich va axborotlarni ishlab chiqishning asosiy uslubi
hisoblanadi. Mazkur balanslar milliy hisoblamalar tizimi deb yuritiladi va bu atamani
birinchi marta Gollandiyalik statistik Edvard Van Kliff tomonidan 1941 yilda “De
Economist” jurnalida e’lon qilingan “Gollandiyaning milliy hisoblamalari (schet)
haqida” maqolasida ishlatgan.
Milliy iqtisodiyotda ma’lum texnologik jarayonlar natijasida tovar va xizmatlar
takror ishlab chiqariladi, moliyaviy resurslar daromad va xarajatlar shaklida harakat
qiladi. Milliy hisobchilik mazkur makroiqtisodiy darajada kechadigan takror ishlab
chiqarish jarayonlarini turli xil jihatdan bir butunlikda va uzviy bog‘lanishda
tasvirlaydi.
Milliy hisoblamalar o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar tizimidan tarkib topib,
ular milliy mahsulot va milliy daromadni yaratish, taqsimlash, qayta taqsimlash,
iste’mol va jamg‘arish jarayonlarining turli jihatlarini yoritadi. Bu tizim iqtisodiy
tahlil va istiqbolni belgilash uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Uning
ko‘rsatkichlarida milliy iqtisodiyot taraqqiyoti, iqtisodiy sektor va tarmoqlarning
rivojlanishi, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar, ishlab chiqarish, iste’mol va
jamg‘arma orasidagi o‘zaro aloqalar o‘z ifodasini topadi.
Hisoblamalar iqtisodiy operatsiyalarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan
bo‘lsa ham, ammo ularda birlamchi operatsiyalar bevosita qayd qilinmaydi. Balki
dastlab ular mohiyati va xarakteri, ijrochi tomonlar-subyektlarning jamiyatdagi o‘rni
va bajaradigan funksiyalariga ko‘ra tasniflanadi, bir xil turdagi oqimlarga
birlashtiriladi, so‘ngra ushbu oqimlar tegishli hisoblamalarda qayd qilinadi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Iqtisodiy oqimlar bir ijrochidan ikkinchisi tomon kechgani uchun ular ho‘jalik
yurituvchi subyektlarning bir toifasi uchun daromad yoki kirim, ikkinchisi uchun esa
xarajat yoki chiqim shaklida gavdalanadi va ularning tegishli ikkita hisoblamasida
yoki bir faoliyat turi uchun bag‘ishlangan hisoblamaning ikki tomonida yozilib qayd
qilinadi. Demak, bu yerda buxgalteriya hisobiga o‘xshab maqsadli hisoblamalarni
yuritish va ikki yoqlama yozish usuli qo‘llanadi. Shuning uchun milliy hisobchilikni
makroiqtisodiy darajada yuritiladigan buxgalteriyaga o‘xshatish mumkin.
Milliy hisoblamalarda mamlakatda ishlab chiqarilgan pirovard tovar va
xizmatlar oqimlari ishlab chiqaruvchilardan tovar bozori orqali iste’molchi uy
ho‘jaliklariga, ulardan ishlovchi kuchlar va boshqa tabiiy resurslar tovar oqimlari
sifatida omillar bozori orqali ishlab chiqaruvchilar tomon harakati va bu jarayonga
qarama-qarshi yo‘nalishda daromadlar va xarajatlar oqimlari kyechishi miqdoriy
jihatdan tasvirlanadi.
1953 yilda BMT birinchi xalqaro andozaviy (standart) MHT buyuk ingliz
statistigi Richard Stoun rahbarligi ostida BMT statistika komissiyasi tomonidan
yaratildi va foydalanish uchun a’zo mamlakatlarga tavsiya etildi. Ammo bu xalqaro
standart tizim milliy mahsulot va milliy daromadlarni takror ishlab chiqarish
jarayonlarini aks ettirib, moliyaviy hisoblamalar bilan tarmoqlararo bog‘lanishlarni
va iqtisodiyotni texnologik tuzilishini o‘z ichiga olmadi. 1968 yilda BMT ikkinchi
andozaviy (standart) MHT yaratildi. Uning asosida 1969 yilda Ovrupa hamjihatligiga
a’zo mamlakatlari uchun birinchi Ovrupa integrallashtirilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar
tizimi tasdiqlandi. Bu xalkaro standartlar asosiy hisoblamalar bilan uyg‘unlashtirilgan
moliyaviy hisoblamalar va V.Leontev “Xarajatlar-ishlab chiqarish” jadvallari bilan
to‘ldirilgan edi.
Keyingi chorak asr mobaynida turli mamlakatlarda milliy hisobchilik sohasida
olib borilgan ilmiy ishlar, to‘plangan amaliy tajribalar umumlashtirilib 1993 yilda
uchinchi BMT xalqaro andozaviy (standart) MHT yaratildi. Uning asosida esa 1995
yilda ikkinchi Ovropa integrallashtirilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi bunyod
bo‘ldi.
Yangi BMT standart MHT-93 700 sahifaga yaqin va 21 bobdan iborat bo‘lib,
o‘z ichiga 600 ga yaqin hisoblamalarni oladi. Ular quyidagilardan tarkib topadi:
-ayrim ichki iqtisodiyot sektorlari uchun standart hisoblamalar;
-iqtisodiyot tarmoqlari uchun hisoblamalar (ishlab chiqarish va birlamchi
daromadlarni hosil qilish);
-ayrim iqtisodiy operatsiya turlari uchun hisoblamalar;
-tashqi iqtisodiy aloqalar uchun hisoblamalar;
-butun iqtisodiyotni to‘laligicha ta’riflovchi hisoblamalar;
-mamlakat iqtisodiy aktivlari va passivlari balanslari;
-tarmoqlararo balanslar (V.Leontev “Xarajatlar - ishlab chiqarish” jadvallari);
-umumiy jadvallar.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
13.5. Asosiy hisoblamalar va kategoriyalar
Milliy hisoblama (schet) deb iqtisodiy jarayonlar ustidan makrodarajada
nazorat qilish maqsadida iqtisodiy operatsiyalarni tavsiflab, tovar va xizmatlar,
daromad va xarajatlar oqimlari haqidagi ma’lumotlar asosida agregatlashgan
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni olish usuliga aytiladi. Shakl jihatidan u
buxgalteriyadagi hisoblamalarga o‘xshaydi va T-simon ko‘rinishga ega. Odatda
hisoblamalarning o‘ng tomoni “resurslar”, chap tomoni esa “foydalanish” deb ataladi
va ularda tegishli ma’lumotlar yoziladi. Har bir hisoblamada resurslar va ulardan
foydalanish tomoni bir-biriga teng bo‘lishi lozim. Ularni balanslashtirishning ikkita
usuli bor. Ko‘pchilik hisoblamalarda bu amal balanslashtiruvchi modda - saldo
ko‘rsatkich yordamida bajariladi, so‘ngra bu ko‘rsatkich keyingi hisoblama resurs
qismida boshlang‘ich modda bo‘lib xizmat qiladi. Ayrim hisoblamalar esa tabiiy
holda balanslashadi, ya’ni resurs va foydalanish tomonlarida qayd qilinadigan
iqtisodiy oqimlar tabiati ularning jamlari mohiyat jihatidan bir-biriga teng
muvozanatda bo‘lishini taqozo etadi. Bunday hisoblamalar kategoriyasiga misol
qilib, “tovar va xizmatlar” deb ataluvchi nolinchi hisoblamani ko‘rsatish mumkin.
16
MHTda hisoblamalar turli jihatdan tasniflanadi. Ular quyidagi guruhlardan
tarkib topadi:
-iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar;
-iqtisodiyot tarmoqlari uchun hisoblamalar;
-ayrim iqtisodiy operatsiyalar uchun hisoblamalar;
-umumiy iqtisodiyot uchun hisoblama (konsolidirlashgan hisoblamalar);
Iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
-joriy hisoblamalar;
-jamg‘arish hisoblamalari;
-aktiv va passiv balanslari;
Joriy hisoblamalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-ishlab chiqarish hisoblamasi –s.1;
-daromadlarni hosil qilish hisoblamasi –s.2;
-daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasi –s.3;
-pul shaklidagi daromadlarni qayta taqsimlash hisoblamasi –s.4;
-pulda ifodalangan ixtiyordagi daromadlardan foydalanish hisoblamasi –s.5;
-natural daromadlarni qayta taqsimlash hisoblamasi –s.6;
-tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromaddan foydalanish hisoblamasi –s.7.
Jamg‘arish hisoblamalari quyidagilardan iborat:
-kapital bilan operatsiyalar hisoblamasi –s.8;
-moliyaviy hisoblamalar –s.9;
16
Tovar va õ izmatlar rå surslari va ularni turli maqsadlar: istå ’mol, jamg’arish va h.k. uchun foydalanish jaray-
onini aks ettiradi. O’z-o’zidan ravshanki, bu holda balanslashtiruvchi modda bo’lmaydi, chunki ma’lumotlar to’liq
va aniq bo’lsa, hisoblama avtomatik ravishda balanslashadi. Ammo uyg’unsizlik, o’zaro tå nglik kuzatilmasa, bu
hol ma’lumotlarda statistik õ atolar mavjudligidan darak bå radi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
-aktiv va passivlardagi boshqa o‘zgarishlar hisoblamasi –s.10:
-aktiv va passivlarni qayta baholash hisoblamalari –s.11.
Aktiv va passivlar balanslari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-aktiv va passivlarni boshlang‘ich (davr boshiga) balansi;
-hisobot davri mobaynida aktiv va passivlar balansidagi o‘zgarishlar;
-yakuniy (davr oxiriga) aktiv va passivlar balansi.
Hisoblamalarda jamlama iqtisodiy operatsiyalar qayd qilinadi.
MHTda iqtisodiy operatsiya va oqimlar ikki jihatdan - real va moliyaviy
jihatdan qaraladi. Birinchi xolda nima ishlab chiqarilishi, ikkinchisida esa - pul
shaklida nima o‘z ifodasini topishi va bozorda qanday to‘lov vositalari yordamida
ayriboshlanishi nazarda tutiladi. Iqtisodiy operatsiyalar tahliliga bunday yondashish
keyinchalik xalq xo‘jaligida moddiy va moliyaviy oqimlar harakatini chegaralash va
o‘rganish imkonini beradi.
Operatsiyalar
bajaradigan
funksiyasiga
qarab
joriy
va
kapital
operatsiya(oqim)larga bo‘linadi.
Joriy operatsiyalar - bu joriy (kundalik) iqtisodiy faoliyatga tegishli
operatsiyalar bo‘lib, ular bevosita tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, daromadlar
barpo etish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlari bilan bog‘liqdir.
Kapital operatsiyalar - bu real va pul shaklida jamg‘arish bilan bog‘liq
bo‘lgan oqimlar to‘plamidir, ular mavjud milliy boylikka yangi boylik qo‘shadi.
Operatsiyalar obyektiga qarab uchta turga ajraladi:
-tovar va xizmatlar bilan operatsiyalar;
-daromadlarni taqsimlash operatsiyalari;
-moliyaviy operatsiyalar.
Birinchi toifadagi operatsiyalar tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, eksporti
va importi, iste’mol qilish va jamg‘arish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan oqimlarni
shakllantiradi. Ular ishlab chiqarish, iste’mol, kapital yaratish va tashqi dunyo
hisoblamalarida qayd qilinadi.
Ikkinchi toifadagi operatsiyalar birlamchi daromadlarni hosil qilish, pul va
naturada taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlarini aks ettiradi. Ular qatoriga ish
haqi, ijtimoiy ta’minot uchun ajratmalar, ishlab chiqarish va import uchun soliq,
subsidiyalar, mulkdan olingan daromad (foizlar, dividendlar, yer rentasi va h.k),
daromad, mulk va boshqa joriy soliqlar, nafaqa to‘lovlari, joriy va kapital transfertlar
va h.k. kiradi. Bu operatsiyalar birlamchi daromadlarni barpo etish (shakllanishi) pul
va natural daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash va qisman kapital yaratish
hisoblamalarida qayd qilinadi.
Uchinchi
toifadagi
operatsiyalar
mavjud
moliyaviy
aktivlar
yoki
majburiyatlarni ayriboshlash yoki bunday aktivlar yoki majburiyatlarni shakllantirish
yoki yo‘q qilish (o‘chirish) jarayonlarini aks ettiradi. Ular moliyaviy hisoblamalarda
qayd qilinadi. Ammo bu hisoblamalarda moliyaviy operatsiya tabiatiga ega
bo‘lmaydigan boshqa pul operatsiyalari ham qayd qilinadi. Jumladan, tovar yoki
nomoliyaviy aktivlarga egalik (mulkchilik) xuquqini birovga berish, xizmatlar
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
ko‘rsatish, mehnat sarflari va h.k. bilan bog‘liq bo‘lgan pul operatsiyalari bo‘yicha
korrespondentsiyalashtiruvchi yozuvlar o‘z ifodasini topadi.
MHTda milliy iqtisodiyotning tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakllari
jihatidan tuzilishi, ularning makroiqtisodiy natijalar shakllanishiga qo‘shgan hissalari
va o‘zaro bog‘lanishlari alohida tahlil qilinadi.
Institutsional birlik deganda tashkiliy-huquqiy jihatdan to‘la mustaqil bo‘lgan
ho‘jalik yurituvchi subyekt nazarda tutiladi. U o‘zining aktiv va passivlariga (mulki
va sarmoyasiga) ega bo‘lib, iqtisodiy faoliyatda ulardan foydalanish masalalari
bo‘yicha mustaqil qatorlar qabul qiladi, boshqa subyektlar bilan operatsiyalar amalga
oshiradi va natijalari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi, barcha zaruriy hisob-
kitoblarni yuritadi, moliyaviy hisobotlar va balanslarni tuzadi.
Hozirgi kunda institutsional birliklar ho‘jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy
shaxslardan iboratdir. Uy ho‘jaliklari ayrim shaxslar yoki bir xonadonda yashab
umumiy budjetga ega bo‘lgan kishilar to‘dasidan tashkil topadi.
Ho‘jalik yurituvchi subyektlar qatoriga turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi
korporativ va xususiy korxonalar, davlat korxonalari, markaziy va tijorat banklari,
savdo tashkilotlari, sug‘urta uyushmalari, davlat boshqaruv tashkilotlari, uy
ho‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat muassasalari (diniy va siyosiyfirqa
tashkilotlari, kasaba uyushmalari, fondlar) va h.k. kiradi. Ular turli iqtisodiy
maqsadlarni ko‘zlab faoliyat qiladi va funksiyalarni bajaradi. Bu esa iqtisodiyotni
sektor va sektor ostilarga bo‘lish uchun nazariy-uslubiy asos yaratadi.
Iqtisodiy sektor - MHTning muhim kategoriyasidir va shu bilan birga u
tizimning tuzilish poydevori hisoblanadi.
Institutsional
birliklarni
harakatlantiruvchi
kuchlar
va
iqtisodiy
rag‘batlantiruvchi omillar turli-tuman bo‘lib, ularning iqtisodiy tabiatini belgilaydi.
Sektor va sektor ostilari tabiatan bir xil turdagi kuch va omillarga ega bo‘lgan
birliklarni birlashtiradi. Institutsional birliklar amalga oshiradigan asosiy iqtisodiy
faoliyat turi va operatsiyalariga qarab sektor va sektor ostilarni barpo etadi.
1993 yil xalqaro andozaviy MHTda milliy (ichki) iqtisodiyot beshta sektorga
ajratiladi:
nomoliyaviy korporativ sektor;
moliyaviy korporativ sektor;
davlat boshqaruv organi;
uy ho‘jaliklari sektori;
uy ho‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlari sektori.
Nomoliyaviy korporativ sektorning asosiy funksiyasi tovar va xizmatlarni
bozor uchun ishlab chiqarishdan iborat.
Moliyaviy korporativ sektorning asosiy funksiyasi moliyaviy vositachilikni
bajarishdir. Ya’ni ayrim subyektlarni mablag‘larini qarz tarzida jalb qilib, boshqa
subyektlarga moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun ma’lum muddatga qarzga
berish. Bu sektor iqtisodiyot rivojlanishini moliyalashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
Uning tarkibiga banklar tizimi, sug‘urta jamiyatlari va muassasalari, ixtisoslashgan
moliyaviy tashkilotlar kiradi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Davlat boshqaruv sektorining asosiy funksiyasi mamlakatni boshqarish va
mudofaa qilish, inson huquqlarini ta’minlashdan iborat. Uning tarkibida umumdavlat
ijro qonunchilik va uning ijrosi bilan shug‘ullanuvchi umumdavlat boshqaruv
tashkilotlari, mudofaa idoralari va muassasalari, viloyat va mahalliy hokimiyatlar,
nobozor jamoa xizmatlarini ko‘rsatuvchi muassasalar, harbiy kemalar, tanklar, qurol-
aslahalar, o‘q-dorilar, qiruvchi samolyotlar, raketalar va ular uchun qurilmalar ishlab
chiqaruvchi korxonalar, ijtimoiy ta’minot fondlari va boshqalar kiradi.
Uy ho‘jaliklari sektorining asosiy funksiyasi tovar va xizmatlarni iste’mol
qilish va ishlovchi kuchlar (tadbirkorlikni ham qo‘shib) bilan iqtisodiyotni
ta’minlash.
Uy ho‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar sektori aholining
ayrim guruh yoki qatlamlariga pul to‘lovsiz xizmat ko‘rsatuvchi notijorat
tashkilotlaridan tarkib topadi. Ular qatoriga siyosiy firqalar, diniy uyushma va
birlashmalar, ijodkorlar (yozuvchi, bastakor, musavvir va h.k) uyushmalari, turli
fondlar kiradi.
Bundan tashqari, mamlakatlar rezidentlari bilan norezidentlar o‘rtasidagi
iqtisodiy aloqalardan olingan daromadlarni aniqlash maqsadida “boshqa jahon
mamlakatlari” sektori barpo etiladi va u barcha norezident institutsional birliklardan
tarkib topadi.
13.6. Milliy hisobchilikning muhim makroiqtisodiy yakuniy va tahliliy
ko‘rsatkichlari.
Milliy hisoblamalar tizimida iqtisodiyot va uning sektorlarining turli
tomonlarini o‘zaro bog‘lanishda yoritib beruvchi ko‘rsatkichlar tizimi o‘z ifodasini
topadi. Ularni shartli ravishda uchta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh har bir
hisoblamaning resurs va foydalanish qismlarida qayd qilinadigan to‘plama iqtisodiy
operatsiyalarni ta’riflovchi ko‘rsatkichlardan tarkib topadi. Odatda ular joriy statistika
ma’lumotlariga asoslanadi. Masalan, iqtisodiyot tarmoqlarida
bandlarga
hisoblangan mehnat haqi, sektorlarda ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi (bozor
baholarida), ishlab chiqarish vositalari sifatida korxonalar va tarmoqlardan iste’mol
qilingan tovar va xizmatlar (oraliq iste’mol) va h.k.
Ikkinchi guruh hisoblamalarini balanslashtiruvchi ko‘rsatkichlardan iborat
bo‘lib, ular milliy iqtisodiyot va sektorlar faoliyatining natijalarini turli jihatdan
oydinlashtiradi. Ular makroiqtisodiy yakuniy ko‘rsatkichlar deb yuritiladi. Masalan,
yalpi va sof ichki mahsulot, yalpi qo‘shilgan qiymat, yalpi va sof milliy daromad,
pirovard iste’mol hajmi, jamg‘arma hajmi va h.k.
Uchinchi guruh ko‘rsatkichlari milliy hisobchilikning birinchi va ikkinchi
guruh ko‘rsatkichlari asosida hisoblanib, bozor jarayonlarining turli jihatlarini
oydinlashtiradi va ular iqtisodiy tahlil qilishda qo‘llanadi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
13.6.1. Eng muhim makroiqtisodiy yakuniy ko‘rsatkichlar
Bu ko‘rsatkichlar milliy iqtisodiyot va institutsional birliklar (ya’ni ho‘jalik
yurituvchi subyektlar) faoliyatining pirovard natijalarini turli jihatdan ta’riflaydi. Ular
odatda ayrim hisoblamalarni balanslashtirish natijasida hosil bo‘ladi va resurs qismi
jamlamasidan foydalanish qismida qayd qilingan unsurlar haqidagi ma’lumotlar
yig‘indisini ayrish orqali aniqlanadi. Bu toifadagi eng muhim makroiqtisodiy yakuniy
ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:
1. Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hisoblamasining balanslashtiruvchi
ko‘rsatkichi bo‘lib, bozor baholarida hisoblangan (mahsulot uchun sof soliqlarni ham
inobatga olib) yalpi ishlab chiqarish hajmidan (7947 mlrd. $) oraliq iste’molni (3775
mlrd. so‘m ) ayirish natijasidir, ya’ni, 7947-3775=4778 mlrd. so‘m. Ayrim sektor va
tarmoqlar uchun bu ko‘rsatkich yalpi qo‘shilgan qiymat deb yuritiladi. Uni sof holda
ham hisoblash mumkin, bu holda yalpi ichki mahsulotdan asosiy kapital iste’moli
(yemirilish qiymati) ayriladi.
2. Yalpi foyda va unga tenglashtirilgan daromadlar. Bu ko‘rsatkich
daromadlarni hosil qilish hisoblamasini balanslashtirish natijasidir. U yalpi ichki
mahsulotdan (4778 mlrd. $) mehnat haqi (2583 mlrd. $) va ishlab chiqarish bilan
bog‘liq bo‘lgan barcha (mahsulot uchun soliqlar 606 va boshqa soliqlar: -5 mlrd. $),
soliqlarni sof holda (subsidiyadan tashqari) hisoblab, ayrish orqali aniqlanadi, ya’ni,
4778-606-(-5)=1594 mlrd. $. Agarda yalpi foyda va unga tenglashtirilgan
daromadlardan asosiy kapital iste’moli chiqarib tashlansa, sof foyda va unga
tenglashtirilgan daromadlar hosil bo‘ladi.
3. Yalpi milliy daromad. Birlamchi daromadlarni taqsimlash hisoblamasini
balanslashtirish natijasida hisoblanadi. Hisoblamaning jami resurslaridan (yalpi foyda
va unga tenglashtirilgan daromadlar 1594 mlrd. $ mamlakat rezidentlari uchun
mehnat haqi 2573 mlrd. $, olingan ishlab chiqarish va import uchun sof soliqlar –
596, olingan mulkdan daromadlar 1400 mlrd. $ to‘langan mulk daromadlari (1416
mlrd. $) ayriladi. Ya’ni 1594+2573+596+1400-1416=4747 mlrd. $. Bu ko‘rsatkich
ichki iqtisodiyot uchun rezidentlar nuqtai nazaridan hisoblanadi, yalpi ichki mahsulot
esa mamlakat iqtisodiy hududida mehnat qilgan rezidentlar va norezidentlar nuqtai
nazaridan aniqlanadi. Demak, bu ko‘rsatkichlar orasidagi oraliq tashqi iqtisodiy
aloqalarda rezidentlar qatnashuvi bilan ichki iqtisodiyotda norezidentlar faoliyati
natijasida yuzaga chiqadi. Iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlarida yaratilgan yalpi
milliy daromad yalpi birlamchi daromad deb ataladi.
4. Yalpi ixtiyordagi milliy daromad. Daromadlarni ikkilamchi taqsimlash
natijasida hisoblamasining balanslashtirish natijasida hosil bo‘ladi. U bu
hisoblamaning jami resurslaridan (yalpi milliy daromad – 4747 mlrd. $, olingan
transfertlar – 2915 mlrd. $, ya’ni, daromad, mulk va boshqa to‘g‘ri soliqlar, ijtimoiy
ta’minot va jamg‘armalarga ajratmalar va h.k. jami) foydalanish elementlari
(to‘langan transfertlar – 2914 mlrd. $, ya’ni, to‘langan nafaqalar, stipendiyalar,
yordam to‘lovlari ayirish orqali hisoblanadi. 4747+2915-2914=4748 mlrd. $.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
5. Haqiqiy pirovard iste’mol. Ixtiyordagi daromadlardan iste’mol uchun
foydalanish hisoblamasining foydalanish qismidagi muhim ko‘rsatkichdir. U
iste’molchilarning iste’mol tovarlari va xizmatlarni xarid qilish xarajatlar (2702 mlrd.
$) va davlat tomnidan iste’mol tovarlari va xizmatlarini xarid xarajatlaridan (1156
mlrd. $) tarkib topadi, ya’ni 2702+1156=3858 mlrd. $. Ular shaxsiy pirovard iste’mol
(3413 mlrd. $) va umumjamoa pirovard iste’molni (445 mlrd. $) shakllantiradi va
natijada haqiqiy pirovard iste’molni aniqlash imkoniyatini beradi (3413 +445=3858
mlrd. $).
6. Yalpi jamg‘arma. Ixtiyordagi daromadlardan iste’mol uchun foydalanish
hisoblamasini balanslashtirish natijasidir. Yalpi ixtiyordagi daromaddan (4748 mlrd.
$) pirovard iste’molni (3858 mlrd. $) ayrish orqali aniqlanadi, ya’ni 4748-3858=890
mlrd. $. Yalpi jamg‘armadan (890 mlrd. $) asosiy kapital iste’soli (589 mlrd. $)
chiqarib tashlansa, sof jamg‘arma hosil bo‘ladi, ya’ni 890-589=301 mlrd. $.
7. Investitsiyalar. Kapital bilan operatsiyalar hisoblamasining foydalanish
qismidagi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. ular asosiy kapital o‘sishi uchun kapital
qiymatlardan (905 mlrd. $), moddiy zaxiralarni to‘ldirish (yoki kamayishidan) (-16
mlrd. $), yer va boshqa noishlab chiqarish aktivlarini sof xarididan tarkib topadi. 905-
16=889 mlrd. $.
8. Sof kreditlash yoki qarz olish. Kapital bilan operatsiyalar hisoblamasini
balanslashtirish natijasida hisoblanadi. Ya’ni, investitsiyalar (889 mlrd. $) asosiy
kapital yemirilishi qiymati (amortizatsiya 589 mlrd. $) bilan sof jamg‘arma (301
mlrd. $) hamda sof kapital transfertlar (-3) hisobiga moliyalashtiriladi. Ammo amalda
resurslar investitsiyalar uchun foydalanishdan kam yoki ortiq bo‘lishi mumkin.
Natijada sof qarz olish (yoki sof kreditlash) hosil bo‘ladi, ya’ni 589+301-3-889=-2
mlrd. $. Bu ko‘rsatkich moliyaviy hisoblamani balanslashtiruvchi ko‘rsatkichga teng
bo‘lishi kerak.
9. Iqtisodiy aktivlar. Mamlakat boyligini belgilaydi. Ular real (nomoliyaviy) va
moliyaviy aktivlardan tarkib topib, aktivlar va passivlar balanslari asosida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |