12.16. Ishlab chiqaruvchilar baholari indekslari
Ishlab chiqaruvchilar baholari indekslari sanoat, qishloq ho‘jalik, qurilish va
boshqa mahsulotlar narxlari indekslaridan tarkib topadi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Ular kuzatish uchun tanlab olingan tayanch sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan
tovar - vakillar narxlarini muntazam qayd qilib borish natijalariga asoslanadi.
Indekslarni tuzishda vazn qilib o‘tgan yilda ishlab chiqarishning sanoat tarmoqlari
bo‘yicha tuzilishi olinadi. Odatda qayd qilish uchun joriy oyda ishlab chiqarilgan va
yuklab mamlakat bozoriga jo‘natilgan mahsulotlarning haqiqiy baholari qo‘shilgan
qiymat, aktsizlar va boshqa soliqlarsiz olinadi. Ro‘yxatga olinadigan narxlar tarkibiga
mahsulotni tashish va ulgurji bahoni belgilashda hisobga olinmaydigan boshqa
xarajatlar kiritilmaydi.
O‘zbekistonda bu indekslar 280 asosiy sanoat mahsuloti turlaridan tuzilgan
tovar - vakillar to‘plami bo‘yicha hisoblanadi.
12.17. Qishloq ho‘jalik mahsulotlari bahosi indeksi
Bu indekslar qishloq ho‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar
tomonidan davlatga va boshqa iste’molchilarga sotilgan mahsulot vakillari to‘plami
bo‘yicha o‘rtacha bozor baholarining o‘zgarishini ta’riflaydi. O‘zbekistonda tovar -
vakillari to‘plami 37 qishloq xo‘jaligi mahsulot turlarini o‘z ichiga oladi. Davlat
ehtiyojlari uchun sotiladigan mahsulotlar bo‘yicha baholar indeksi tayyorlov
tashkilotlaridan olinadigan ma’lumotlarga asoslanadi. Barcha sotish yo‘llari bo‘yicha
baholar indeksini aniqlash uchun o‘rtacha bozor baholari hisoblanadi. Bunda
transport, ortish - tushirish, tayyorlash xarajatlari inobatga olinmaydi. Umumiy
baholar indekslari Paashe formulasi asosida hisoblanadi.
Asosiy tushuncha va atamalar
Indeks, hududiy indekslar, halqaro indekslar, yakka indekslar, guruhiy
indekslar, umumiy indekslar, zanjirsimon indekslar, o‘zgaruvchan asosli indekslar,
o‘zgarmas asosli indekslar, o‘rtacha indekslar, agregat indekslar, vazn, vaznsiz
umumiy indekslar, joriy vaznli Paashe indekslari, bazis vaznli Laspeyres indekslari,
Fisher indeksi, o‘zgaruvchan tarkibli indekslar, o‘zgarmas tarkibli indekslar, analitik
indekslar tizimi.
Qisqacha xulosalar
Indeks ko‘p qirrali tushunchadir. U turli sohalarda qo‘llanib, ma’lum maqsad
uchun xizmat qiladi. Statistikada bu atama murakkab solishtirma iqtisodiy
ko‘rsatkich ma’nosida ishlatiladi. Indeks umumiy ko‘rinishda o‘rganilayotgan
iqtisodiy hodisalarni ikki holatda olib, ularni maxsus yo‘l bilan o‘lchashdan hosil
bo‘lgan ko‘rsatkichlarni taqqoslash hosilasidir.
Hodisalarning ikki holati orasida iqtisodiy jarayon kechadi, rivojlanish yuz
beradi. Indekslar ana shu rivojlanish jarayonining me’yori bo‘lib xizmat qiladi, ular
hodisalarning nisbiy, o‘rtacha va mutlaq o‘zgarishlarini bir butunlikda ifodalaydi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Qiyoslash uchun hodisalar holatlarini turli jihatdan olib qarash mumkin va natijada
rivojlanish jarayonining har xil qirralari oydinlashadi, jumladan ularning vaqt
bo‘yicha o‘zgarishi, obyektlar va hududlararo yoki halqaro nisbatlari, reja, shartnoma
yoki iqtisodiy normativlarni bajarish darajalari, iqtisodiy tuuilmalardagi ichki
siljishlar namoyon bo‘ladi. Bu esa indekslarni dinamik, hududiy, halqaro, reja yoki
shartnomani bajarish, tuzilmaviy o‘zgarishlar indeksi kabi turlarga tasniflash uchun
nazariy- uslubiy zamin yaratadi. Shu bilan birga ular boshqa belgilar, masalan,
to‘plam birliklarini qamrab olish, tuzilish shakli, hisoblash uslubi va hokazolarga
qarab ham tasniflanadi. Natijada indekslarning murakkab, ko‘p pog‘onali
turkumlarining oilasi vujudga keladi.
Guruhiy indekslar tabiati jihatidan yakka va umumiy indekslar o‘rtasida oraliq
o‘rinni egallaydi. Ayrim bir jinsli tarkibiy unsurlarning o‘zgarishini ifodalovchi
yakka indekslarga nisbatan ular umumiy indeks xarakteriga ega. Bu holda gurhiy
indekslar ushbu unsurlarning o‘rtacha o‘zgarishini o‘lchaydi va ikki shaklda:
o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tarkibli indekslar ko‘rinishida tuziladi.
Umumiy to‘plam chegarasida muayyan bir jinsli unsurlar o‘zgarishini
ifodalovchi indeks sifatida ular yakka indekslar xususiyatiga ega. Bu holda guruhiy
indekslar o‘rtacha darajalarni bevosita taqqoslashga asoslanadi.
Indekslar iqtisodiy mazmun va talqinga ega bo‘lishi uchun ularning asosida
yotadigan ko‘rsatkichlar predmetlik, moddiylik xarakteriga ega bo‘lishi kerak. Aks
holda ular mavhum, arifmetik son bo‘lib qoladi, xolos. Ammo bu asosiy talabni tor
chegarada ko‘rsatkichlarning bir o‘lchamligini yuzaki ta’minlash ma’nosida talqin
etish noto‘g‘ridir. Indekslar real hodisalar o‘zgarishini ma’lum sharoitda va jihatdan
kerakli aniqlik darajasida ifodalasa, demak ular iqtisodiy mazmunga ega va asosiy
talabga javob beradi. Ushbu bobda ko‘rib chiqilgan barcha indekslar bu talab - shartni
qoniqtiradi.
Yakka, vaznsiz va o‘zgarmas vaznli umumiy indekslar shaklan nisbiy
miqdorlarga ko‘proq yaqinlashsa ham, ammo mazmunan ulardan farq qiladi, chunki
ular ham nisbiy o‘zgarish bilan birgalikda o‘rtacha va mutlaq o‘zgarishlarni aniqlash
imkonini beradi, predmetlik, moddiylik talabiga asoslanadi. Shu bilan birga bu
indekslar o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Vaqt bo‘yicha teskarilanish, omillar
teskarilanishi, doiraviy aylanma bo‘yicha teskarilanish, o‘lchov usuliga nisbatan
barqarorlik kabi xislatlari bilan ular boshqa indekslar toifasidan ajralib turadi.
Bu xususiyatlar o‘zgaruvchan bazis yoki joriy vaznli (Laspeyres va Paashe usuli)
umumiy indekslar uchun xos emas. Shu sababli indekslarning test nazariyasi vujudga
kelib, unga binoan yuqorida ko‘rsatilgan xossalar ideal indekslarni tuzishda asosiy
mezonlar sifatida qabul qilinishi kerak. Bunday indekslar ushbu nazariya asoschisi
Ivring Fisher nomi bilan Fisher indekslari deb ataladi. Ular Laspeyres va Paashe
usulida tuzilgan agregat indekslardan hisoblangan geometrik o‘rtacha indekslar
bo‘lib, yuqoridagi xossalarga ega bo‘lgan indekslar turkumini to‘ldiradi.
Umumiy indekslarning asosiy shakli agregat indekslarni hisoblash, sifat
ko‘rsatkichlar uchun ularni Paashe usulida, ya’ni joriy vazn bilan, miqdoriy
ko‘rsatkichlar uchun esa Laspeyres usulida(bazis vazn bilan) tuzish haqidagi
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
statistikaga oid darslik va qo‘llanmalarda xanuzgacha keng targ‘ib etib kelinayotgan
metodologik yechim - tavsiya na nazariy va na amaliy jihatdan asosga ega. Har
qanday agregat indeks surati yoki maxrajidagi ko‘rsatkichlardan biri real, hayotda
mavjud bo‘lgan iqtisodiy voqeani o‘lchovchi ko‘rsatkich emas, u ma’lum shart bilan
hisoblab topilgan shartli ko‘rsatkichdir. Demak, uning predmetligi, moddiyligi,
iqtisodiy realligi bu holda shartli tushunchadir. Indeksning iqtisodiy mazmuni qaysi
davr ko‘rsatkichi vazn qilib olinishi bilan belgilanmaydi. Balki u qanday sharoitda va
bog‘lanishda, rivojlanish jarayonining qaysi jihatini oydinlashtirishi, o‘lchashi bilan
indeksning iqtisodiy mohiyati aniqlanadi. Ana shu jihatdan har bir indeks hodisa
o‘zgarishining asosiy me’yori bo‘lib, uning nisbiy, o‘rtacha mutlaq miqdorini
aniqlash imkonini beradi. Shu bilan birga har bir indeks nazariy va amaliy jihatdan
ijobiy tomonlarga ham, kamchiliklarga ham ega. Ideal indekslar yo‘q, bo‘lishi ham
mumkin emas.
Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
1.
Indeks deganda nimani tushunasiz?
2.
Indeks usulining funksiyalari nimalardan iborat?
3.
Indeksning qanday turlarini bilasiz?
4.
Indekslar yordamida qanday masalalar yechiladi?
5.
Indeks usuli yordamida qanday jarayonlar o‘rganiladi?
6.
Indekslarning nisbiy miqdorlardan farqi bormi? Bor bo‘lsa ularni ko‘rsatib
bering.
7.
Joriy davr va joriy ko‘rsatkich nima? Bazis (zaminiy) davr va ko‘rsatkich-chi?
8.
Yakka indeks deganda nimani tushunasiz?
9.
Yakka indekslarning qanday turlarini bilasiz?
10. Yakka indekslarga qanday xususiyatlar xos?
11. Guruhiy indekslar nima? Ular qanday xususiyatlarga ega?
12. 12. Guruhiy indekslarga misollar keltiring.
13. Guruhiy indekslar qanday shakllarda tuziladi?
14. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida shartnoma asosida o‘qiydigan
talabalar uchun bir yillik o‘qish haqi quyidagicha bo‘lgan:
1-jadval
TDIUda bir yillik o‘qish haqi
Bir yillik haq
(ming so‘m)
Talabalar soni
O‘qish shakllari
2001/2002
2000/2001
2001/2002
2000/2001
Bakalavriat:
Kunduzgi
310,0
240,0
2907
2517
Sirtqi
130,0
100,0
1995
1984
Ikkinchi soha
155,0
120,0
1146
1154
Magistratura
340,0
260,0
642
414
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
O‘qish haqi uchun yakka indekslarni, guruhiy indekslarni (bakalavriat va
magistratura uchun alohida) va umumiy indekslarni hisoblang.
15. Umumiy indeks deganda nimani tushunasiz?
16. O‘zbekistonda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish oldingi yilga nisbatan
oshgan (foiz):
1996
1997
1998
1999
2000
6,3
6,5
5,8
6,14
6,4
1995 yilga nisbatan har qaysi yil sanoat ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgargan?
17. 2000 yilda O‘zbekistonda qishloq ho‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi
1995 yilga nisbatan 13,7% oshgan, 1997 yilga nisbatan esa 12,4% oshgan. 1997
yilda 1995 yilga nisbatan u qanday o‘zgargan?
18. 1995 yilga nisbatan O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 1998 yilda 11,7%, 2000
yilda esa 21,1% ko‘paygan. 2000 yilda 1998 yilga nisbatan u qanday o‘zgargan?
19. O‘rtacha vaznsiz indekslarning qanday turlarini bilasiz? Ular qanday
xususiyatlarga ega?
20. Karli arifmetik o‘rtacha vaznsiz indeksi qanday tuziladi va qachon qo‘llanadi?
Garmonik o‘rtacha vaznsiz indeks-chi? Geometrik o‘rtacha vaznsiz indeks-chi?
21. Dyuto vaznsiz umumiy indeksi qanday tartibda tuziladi va qachon qo‘llanadi?
22. Agregat indekslar nima? Ular qanday tartibda tuziladi?
23. Agregat indekslarni tuzishda vazn masalasi nima uchun tug‘iladi va qanday
yechiladi?
24. Paashe joriy vaznli agregat indeksi qanday tartibda hisoblanadi va qachon
qo‘llanadi? Ularning nazariy va amaliy jihatdan ijobiy va salbiy tomonlarini
tushuntirib bering.
25. Namangan shahar bozorlarida 2002 yil may va iyun oylarida mahsulotlarni
sotish narxlari haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan.
12-jadval
Namangan shahar bozorlaridagi narx-navolar
Sotilgan miqdori
1 birlik narxi (mln.so‘m)
Mahsulot nomi
O‘lchov birligi
May
Iyun
May
Iyun
Go‘sht
T
400
500
2,0
1,8
Kartoshka
T
600
450
0,12
0,15
Erkaklar ko‘ylagi
Ming dona
50
50
5,0
5,0
Ayollar tuflisi
Ming juft
30
35
18,0
15,5
12-jadval ma’lumotlariga asosan Namangan shahar bozorlari uchun narxlar, savdo
jismoniy hajmi va tovar aylanmasi Paashe agregat indekslarini hisoblang.
26. Laspeyresning bazis vaznli agregat indekslari haqida nimalarni bilasiz? 12.9-
jadval ma’lumotlariga asosan Namangan shahar bozorlari uchun narxlar, savdo
jismoniy hajmi va tovar aylanmasi agregat indekslarini Laspeyres usulida
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
hisoblang! Olingan natijalarni Paashe indekslarni hisoblash yakunlari bilan
taqqoslab, farqlarini tushuntirib bering.
27. Edjuart-Marshall
agregat
indekslarni
qanday
tuziladi?
Ular
qanday
xususiyatlarga ega?
28. 12-jadval ma’lumotlari asosida Edjuart-Marshall usulida narxlar, sotish
jismoniy hajmi va tovar aylanmasi indekslarini hisoblang.
29. Indeks test nazariyasining mohiyatini tushuntirib bering.
30. 12-jadval ma’lumotlariga ko‘ra Fisher usulida narxlar, sotish jismoniy hajmi va
tovar aylanmasining umumiy indekslarini hisoblang.
31. Vaznli o‘rtacha indekslar haqida nimalarni bilasiz? Ularni mustaqil indekslar
shakli ekanligini asoslab bering.
32. Vaznli arifmetik o‘rtacha indeks qanday tuziladi va qachon qo‘llanadi? Vaznli
garmonik o‘rtacha indeks-chi? Vaznli geometrik o‘rtacha indeks bo‘lishi
mumkin-mi?
33. Namangan shahar bozorlari uchun umumiy narxlar va savdo jismoniy hajmi
indekslarini vaznli arifmetik o‘rtacha va vaznli garmonik o‘rtacha indekslar
shaklida hisoblash uchun 12-jadval ma’lumotlarini qanday tartibda qayta ishlab
chiqish kerak?
34. Iste’mol indekslar deganda nimani tushunasiz? Ularni hisoblashda statistika
fanining qanday usullari va indekslarning turlari qo‘llanadi?
35. Iste’mol savati nima? U qanday tartibda tuziladi?
36. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi indekslari qanday tartibda tuziladi
va indekslarning qaysi turlariga tayanadi?
37. Real YaIM va YaIM deflyatori haqida nima ayta olasiz? Ular qanday tuziladi?
38. Qishloq ho‘jalik mahsulotlarini xarid qilish narxlari indekslari haqida nimalarni
bilasiz? Ularni hisoblash tartibini tushuntirib bering.
39. Qurilish smeta narxlari (qiymati) va investitsiyalar jismoniy hajmi indekslari
nima va ular qanday tartibda tuziladi?
40. Transport va boshqa xizmatlar tarif indekslari haqida nimalarni bilasiz?
41. Sovet tuzumi davrida yaratilgan va hozirgi zamonda ham chop etilayotgan
o‘quv qo‘llanmalarda «agregat indekslar umumiy indekslarning asosiy shakli,
sifat ko‘rsatkichlar uchun ularni Paashe usulida (joriy vazn bilan), miqdoriy
ko‘rsatkichlar uchun esa – Laspeyres usulida (bazis vazn bilan) tuzish kerak»
degan uslubiy qoida keng targ‘ib etiladi. Siz bu fikrga qo‘shilasizmi? O‘z
qarashingizni isbotlab bering.
42. O‘zaro bog‘langan indekslar tizimi nima? Bunday indekslar qanday bog‘lanish
turkumi (tipi)ni ifodalaydi? Additiv tipdagi bog‘lanishni indeks usulida o‘rganib
bo‘ladimi?
43. Iste’mol narxlari va sanoat ishlab chiqarish indekslariga haqiqiy ma’lumotlar
asosida misollar tuzib yeching. Olingan natijalarni izohlab bering.
44. 2001 yil mart oyida O‘zbekiston iqtisodiyoti nominal ish haqi (hisoblangan haq)
fevral oyiga nisbatan 6,4% ko‘paygan, iste’mol narxlari indeksi esa 2,9%
oshgan. Real ish haqi qanday o‘zgargan?
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
45. 2001 yil birinchi choragida nominal (joriy narxlar) YaIM O‘zbekistonda o‘tgan
yil birinchi choragiga nisbatan 57,3% oshgan, ishlab chiqaruvchilar narxi
indeksi esa 57,2% ko‘paygan. Real YaIM qanday o‘zgargan? Ushbu davrda
O‘zbekiston aholisi 1,1% ko‘paygan. Jon boshiga real YaIM qanday o‘zgargan?
Asosiy adabiyotlar
1. Ефимова Н.В. Практикум по общей теории статистики. 2-из. – М.: Финан-
сы и статистика, 2006, 336 с.
2. Соатов Н.М., Тиллахўжаева Г.Н. Бозор жараёнларининг индекс таҳлили –
Т.: ТДИУ, 2005, 250 б.
3. Соатов Н.М. Статистика. Дарслик. – Т.: Тиббиёт нашриёти, 2003, 567 –
628-б.
4. Макарова Н.В. Статистика в Eхcel. – М.: Финансы и статистика, 2003, 368
с.
5.
Г.В.Ковалевский. Индексный метод в экономике. -М.: Финансы и стати-
стика, 1989, 239-б.
6.
П.Кёвеш. Теория индексов и практика экономического анализа. Перев. с
анг. -М.: Финансы и статистика, 1990, 303 б.
7.
Р.А.Аллен. Экономические индексы. Перев. с анг. -М.: Статистика, 1980,
256 б.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
XIII bob. IQTISODIY BALANSLAR
Balans so‘zi fransuzcha “balance” so‘zidan kelib chiqib, tarozi degan lug‘aviy
ma’noga ega. Balanslashtirish - demak, barqarorlikni ta’minlash, tomonlarni
tenglashtirish, bir-biriga muvofiqlashtirish, ixtiloflikni yo‘qotib muvozanat holga
keltirishdir.
13.1. Statistikada balans usulining mohiyati va ahamiyati
Iqtisodiyot juda murakkab ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, u turli tuman faoliyat
turlarini, ho‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning say-harakatlarini, ular orasidagi
o‘zaro munosabatlarni, kundalik turmushimizda sodir bo‘ladigan besanoq hodisa va
jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Zohiriy hodisa va jarayonlar orasidagi o‘zaro
bog‘lanishlar ko‘pincha additiv shaklda kechadi. Ular, bir tarafdan, birin-ketin sodir
bo‘lib bir-biriga qo‘shilib, kattalashib boradi, ikkinchi tomondan esa asta-sekin bir-
biridan ayirilib, umumiylikdan ajralib kichiklashib turadi. Iqtisodiy tizim hodisalarida
kuzatiladigan bunday qarama-qarshi say-harakatlar, o‘zgarishlar ularni doimo
muvofiqlashtirib turishni, o‘zaro bog‘lab yagona muvozanat holatga keltirishni talab
qiladi. Iqtisodiy balanslar ana shunday maqsad uchun xizmat qiladi. Ular iqtisodiyot
qarama-qarshi tomonlarini bir-biriga moslashuv jarayonlarini tasvirlaydi.
Statistikada balans deganda o‘zaro bog‘langan
va
bir-birini
taqozo
etuvchi
hisoblashlar
va
ko‘rsatkichlar tizimi tushuniladi. Har qanday balansni
tuzish jarayoni ikki qarama-qarshi qutblarni, o‘zaro
zid tomonlarni bir-biriga tenglashtirib moslashtirish,
uzviy muvofiqlashtirib muvozanat holga keltirishdan
iborat.
Bu yerda kirim va chiqimlarni, turli resurslar: moddiy, tabiiy, moliyaviy,
mehnat va boshqalar bilan ulardan foydalanishni, mahsulotlarni ishlab chiqarish
hajmi va ularga talablarni, tovar va xizmatlar eksporti va importini, tashqi iqtisodiy
aloqalar bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlar va kirimlarni, iqtisodiy aylanmaga chiqarilgan
pullar va tovarlar qiymatini, ishlab chiqarish bilan iste’mol va jamg‘armalarni
muvofiqlashtirish nazarda tutiladi. Ammo balans usulining mohiyatini iqtisodiy
hodisalarning
ikkita
o‘zaro
bog‘langan
tomonlarini
bir-biriga
miqdoriy
muvozanatlashtirishga olib borib taqash mumkin emas. U jamiyat hayotida haqiqatda
mavjud bo‘lgan barcha iqtisodiy bog‘lanishlar va proporsiyalarni aniqlash va
ta’minlash usulidir. Mohiyatan bu usul nafaqat bozor iqtisodiyotining turli tomonlari
va jarayonlari yagonaviyligiga tayanadi, balki shu bilan birga undan kelib chiqadi.
Balans usuli mikroiqtisodiy darajada ham, makroiqtisodiy miqyosda ham keng
qo‘llanadi. Mikroiqtisodiy darajada bu usul yordamida ho‘jalik yurituvchi
subyektlarning daromadlari va xarajatlari orasidagi proporsiyalar, faoliyatga jalb
qilingan turli xil mablag‘larning tuzilishi va joylanishi bilan ularning tashkil topish
Statistikada balans -
bu o‘zaro bog‘langan,
muvofiqlashtirilgan
ko‘rsatkichlar
va
hisoblashlar tizimidir.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
manbalari va foydalanish ko‘rsatkichlari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar o‘rganiladi.
Korxona va tashkilotlarda yuritiladigan buxgalteriya hisobining barcha hisoblama
(schet)lari balans usuliga tayanadi.
Mamlakat va mintaqalar miqyosida turli xil makroiqtisodiy balanslar tuziladi,
ular iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari rivojlanishidagi proporsiyalarni, ishlab
chiqarish, iste’mol va jamg‘arish orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni, moddiy, moliyaviy
va mehnat resurslarining shakllanishi va tuzilishi hamda ulardan foydalanish
o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni aks ettiradi.
Bozor iqtisodiyotining tub xususiyatlari moddiy va tarmoqlararo balanslar
bilan bir qatorda moliyaviy balanslar tuzish zaruriyatini yuzaga chiqaradi.
Moliyaviy balanslarni pulda ifodalangan moddiy balanslar bilan almashtirib
yuborish, ularni bir-biriga tenglashtirish mumkin emas. Moliyaviy balanslar - bu
shunday balanslarki, ular kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning moliyaviy
tarafini va pul - moliya resurslarining harakatini tasvirlaydi. Bu balanslarga misol
qilib, davlat budjeti ijrosi, korxonalar, tashkilotlar, vazirlik va idoralarning
daromadlari va xarajatlari balansi, uy ho‘jaliklarining pul daromadlari va xarajatlari
balansi, Markaziy Bankning kredit - kassa rejalarining ijrosi, mamlakatning umumiy
moliyaviy balansini ko‘rsatish mumkin. Makroiqtisodiy miqyosda tuziladigan
moliyaviy balanslar yalpi milliy daromad barpo etish, taqsimlash va foydalanish
jarayonining turli jihatlarini oydinlashtirish, iqtisodiy - doiraviy aylanmaga faol ta’sir
etish, milliy iqtisodiyot va uning sektor hamda tarmoqlari, viloyatlar va iqtisodiy
hududlar,
ma’muriy-hududiy
tuzilmalar
rivojlanishida
ilmiy
asoslangan
proporsiyalarni ta’minlash imkonini beradi.
Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va proporsiyalarni aniqlash, to‘g‘ri va
teskari tarmoqlararo va hududlararo o‘zaro bog‘lanishlarni belgilash uchun tovar va
xizmatlarni ishlab chiqarish va taqsimlash tarmoqlararo va hududlararo shaxmat
balanslari katta ahamiyatga ega. Ular zaminida chiziqli tenglamalar tizimini EHM
yordamida tuzish va yechish yotadi. Balans usulini doimo takomillashtirish va
qo‘llanish doirasini kengaytirish muhim nazariy va amaliy masaladir.
Do'stlaringiz bilan baham: |