Microsoft Word лотинча девиант хулқ-атвор психологияси rtf



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/68
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#288543
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68
Bog'liq
Deviant xulq atvor psixogiyasi

Insonning uyda bo‘lish, xo‘jalik ishlari, shaxslararo munosabatlar 
va hokazolar bilan   bog‘liq  fobiyalar:  yong‘in    chiqishidan,  gaz bilan   
zaharlanishdan,  tok  zarbasidan  (urishidan),  suv  bosib  ketishidan, 
balandlikdan,  ifloslikdan,  yuvish  vositalaridan,  dorilardan,  maishiy 
asboblar portlab ketishidan, uyning  qulab tushishidan, yolg‘izlik yoki 
qorong‘ulikdan qo‘rqish. 
Ish  faoliyati  bilan  bog‘liq  fobiyalar  (hamkasblar  va  boshliqlar 
bilan  munosabatlardan,  atrof-muhitdan  va  hokazolardan  qo‘rqish): 
ishni boshlash, ishni  yo‘qotib  qo‘yishdan,  yangi  mutaxassisligiga  mos 
bo‘lmaslikdan,  ish  joyida  shikastlanish  yoki  baxtsiz  hodisadan, 
nafaqaga  chiqishdan,  hamkasblari  bilan  o‘zaro  bir-birini  tushuna 


 
108 
olmaslikdan,  boshliqlardan,  nazorat-tekshiruv  tashkilotlaridan,  muhim 
muzokaralardan, masyuliyatni  o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqish. 
Insonning  shaxsiy,  jinsiy  hayoti  bilan  bog‘liq  fobiyalar:  homila-
dorlikdan,  farzandsizlikdan,  zo‘rlanishdan,  jinsiy  yuqumli  kasalliklar 
yuqishidan,  turli  kasalliklar  bilan  kasallanishdan,  qarilikning  qiyin 
kechishidan,  soch  to‘kilishidan,  allergik  reaksiyalardan  qo‘rqish  va 
boshqalar. 
Yashirin fobiyalar: Qarama - qarshi jins vakillaridan; biror illatga 
berilib  qolishdan;  alkogol,  narkotik  mahsulotlariga,    dori  vositalariga 
va  boshqa  xil  tobelik  yuzaga  kelishdan;  omadsizlikning  takrorlani-
shidan,  kimningdir  joniga  qasd  qilishdan;  o‘ldirilishdan;  yopiq 
joylardan,  binolardan,  o‘zini  o‘ldirishdan,  boyligini  yo‘qotishdan, 
aqldan ozishdan, o‘zga sayyoraliklar bilan uchrashuvdan, turli ranglar-
dan, ruh va arvohlardan qo‘rqish. 
Ota-onalarda  kechadigan  fobiyalar:  o‘z  bepushtligidan,  homila-
dorlikdan  homilaga  zarar  yetishidan,  tug‘ruq  og‘riqlaridan,  turmush 
o‘rtog‘i  bolani  sevmasligidan,  bolada  qandaydir  illat  aniqlanishidan, 
unga ziyon yetkazilishidan qo‘rqish.  
Yuqorida  keltirib  o‘tilgan  fobiyalardan  tashqari  bolalar  va 
o‘smirlar, yigit va qizlar, erkak va ayollar uchun xos bo‘lgan juda ko‘p 
fobiya  turlari  mavjud.  Ta’kidlab  o‘tilganidek,  bu  holatlarning  oddiy 
qo‘rquv  yoki  xavotir  sifatida  namoyon  bo‘lishi  tabiiy  hol.  Ammo  shu 
kabi  o‘y-fikrlarning  inson  miyasini  band  etishi,  biror  narsadan  qattiq 
qo‘rqish,  hatto  o‘sha  narsaning  nomini  eshitish    yoki  suratini 
ko‘rishning  o‘zi ham insonning  dahshatga tushishiga sabab bo‘lishi va 
eng  asosiysi  bu  qo‘rquvlardan  odam  o‘z  iroda  kuchi  yordamida  xalos 
bo‘la olmasligi fobiyaning xos xususiyatlaridandir.  
Fobiyalar ma’lum vaziyatlar, hodisalar va tasavvurlar bilan bog‘liq 
bo‘lgan  doimiy  xavotir  va  qo‘rquvlar  asosida  tez  va  sezilarsiz 
shakllanishi  hamda  og‘ir  psixopatologik  asoratlar  darajasigacha  o‘sib 
keladigan qiynoqli ruhiy kechinmalarga ham sabab bo‘lishi mumkin.  
Xavotir,  qo‘rquv  va  fobiyalar  kechishning  davomiyligi  bilan 
ajralib   turadi,  o‘sib  rivojlanishga,   ortib  borishga,  o‘z  shakllarini  o‘z-
gartirib,  boshqa  hayotiy  vaziyatlar,  predmetlar  shakllariga  aylanishga 
moyil  bo‘ladi.  Ular  doimiy  tushkunlik,  g‘amginlik,    holsizlik  yoki 
agressiya  holatlarining  vujudga kelishiga  sabab  bo‘ladi. Bir  odamning 
o‘zida  bir  necha  fobiyalar  kuzatilishi  mumkin.  Bunda  inson  o‘z 


 
109 
kasalligining barcha ko‘rinishlarini tanqidiy idrok etishi to‘liq saqlanib, 
bu hol uning ruhiy azoblarini  yanada kuchaytiradi.   
Fobiyalar  inson  xulqining  ba’zi  noodatiy  holatiga  ham    sabab 
bo‘lishi, atrofdagilarning nomuvofiq reaksiyasiga olib kelishi mumkin. 
Masalan, fobik qo‘rquvlar sodir bo‘lishi ehtimol bo‘lgan baxtsizlikdan  
himoyalanish  maqsadida  o‘tkaziladigan  butun  boshli  marosimgacha 
bo‘lgan  harakatlar,  ko‘pincha  sog‘lom    fikr  nuqtai  nazaridan  erish 
tuyulgan xulq-atvor ko‘rinishida  ham namoyon bo‘lishi mumkin. 
Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  shuni  aytish  mumkinki, 
fobiya-insonlar  emotsional  sohasining  patologik  holati  bo‘lib,  asossiz 
ravishda kuchli qo‘rquv shaklida namoyon bo‘ladi 
1
.  
Unga ko‘ra, fobiyaning quyidagi turlari mavjud: 
Agorafobiya – ochiq bo‘shliqlardan qo‘rqish. 
Akvafobiya – suvdan qo‘rqish. 
Akrofobiya – balandlikdan qo‘rqish. 
Androfobiya – erkaklardan qo‘rqish. 
Autofobiya – yolg‘izlikdan qo‘rqish. 
Gemofobiya - qondan qo‘rqish. 
Zoofobiya – hayvonlardan qo‘rqish. 
Kardiofobiya – yurak kasalliklaridan qo‘rqish. 
Klaustrofobiya – yopiq bo‘shliqdan qo‘rqish. 
Krematofobiya – puldan qo‘rqish. 
Nekrofobiya – murdalardan qo‘rqish. 
Niktofobiya - qorong‘ulikdan qo‘rqish. 
Panofobiya – dunyodagi hamma narsadan qo‘rqish. 
Pirofobiya – olovdan qo‘rqish. 
Santa-klaustrofobiya – tutun mo‘risiga tiqilib qolishdan qo‘rqish. 
Tanatofobiya – o‘limdan qo‘rqish. 
Toksikofobiya – zaharlanishdan qo‘rqish. 
Triskaydekafobiya – 13 sonidan qo‘rqish. 
Fobofobiya – o‘z qo‘rquvidan qo‘rqish. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish