Microsoft Word лотинча девиант хулқ-атвор психологияси rtf



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/68
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#288543
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68
Bog'liq
Deviant xulq atvor psixogiyasi

Ruhiy  zarbali  (stressli)  buzilish.  Bu  jarohatli  ruhiy  zarbadan 
kechikib ta’sirlanish, kishi ruhiy faoliyatining olgan ruhiy jarohati bilan 
bog‘liq  bo‘lgan  buzilishi,  unda  u  boshidan  kechirgan,  ijtimoiy 
moslashuvda  qiyinchiliklarga  olib  kelgan  ekstremal  vaziyatlarning 
ta’siri  namoyon  bo‘ladi  (muloqotda,  ishda  va  sh.k.).  Ruhiy  zarbali 
buzilishning  ikki  o‘tkir  va  jarohatdan  keyingi  shakli  ajratiladi,  ular 
ruhiy  jarohatdan  keyingi  yuzaga  kelish  vaqti  va  davomiyligi  bilan 
farqlanadi. 
  Stress  -  turli  xil  ekstremal  ta’sirlarga  javob  sifatida  yuzaga 
keladigan  kishi  holatining  keng  doirasi.  Bu  tushuncha  shaxsning 
fiziologik,  psixologik  va  axloqiy  darajalardagi  ekstremal  sharoitlar 
holatlarini tasvirlash uchun qo‘llaniladi. 
  Ruhiy jarohat – kishining hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan va bu 
ta’sirning  to‘xtaganida,  holatlar,  hodisalar,  voqealarning  xotirasida 
qoldirgan asoratidir. 
  Ekstremal  vaziyat  –  oddiy  insoniy  tajriba  doirasidan    chetga 
chiquvchi, ko‘zda tutilmagan ravishda odamlarning hayoti, sog‘ligi va 
farovonligiga  jiddiy  va  bevosita  xavf  tug‘dirishi  bilan  tavsiflanuvchi, 
moddiy qimmatliklarning yo‘q qilinishiga olib keluvchi hodisa. 
  O‘tkir  stressli  buzilish  (O‘SB)  jarohat  vaqtidan  boshlab,  bir  oy 
davomida yuzaga keladi va ikki kundan to‘rt haftagacha davom etadi. 
O‘tkir stressli buzilishning diagnostik mezonlari.   


 
112 
 A. Individ ikkita jihati mavjud bo‘lgan jarohatli hodisani boshidan 
o‘tkazgan: 
  1)  hodisa  o‘zi  yoki  boshqa  odamlarning  o‘limi  yoki  o‘limi  xavfi 
yoki jiddiy jarohatlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan; 
  2)  hodisa  qo‘rquv,  ojizlik,  dahshatni  intensiv  ravishda  boshidan 
o‘tkazish orqali sodir bo‘lgan. 
В.  Jarohat  vaqti  va  undan  keyingi  davrda  shaxsda  kamida  uchta 
dissotsiativ alomatlar kuzatilgan: 
  1)  hissiy  qaramlik,  «zaiflashish»  yoki  hissiy  ta’sirchanlikning 
yo‘qligini subyektiv ravishda his etish; 
   2) atrofdagilar haqidagi fikrlarning torayishi ("chigallik"); 
  3) dereallashtirish; 
  4) depersonallashtirish; 
  5)  dissotsiativ  amneziya  (hodisaning  muhim  jihatini  eslay 
olmaslik). 
D. Jarohatli hodisani takroriy ravishda boshdan o‘tkazish quyidagi 
alomatlarning hech bo‘lmaganda bittasida namoyon bo‘ladi: 
  1) qiyofalar, fikrlar yoki o‘zlashtirishni o‘z ichiga olgan yopirilib 
keluvchi yoqimsiz xotiralar; 
  2) hodisa to‘g‘risida qaytuvchi yoqimsiz tushlar; 
  3)  go‘yoki  jarohatli  hodisa  yana  sodir  bo‘layotganidek  harakat 
yoki  tuyg‘u  (jonlangan  tajribani  his  qilish,  gallyutsinatsiya  illuziyasi, 
uyqu holatida  yoki  intoksikatsiya davrida  yuzaga  keluvchi dissotsiativ 
fleshbeklar); 
  4)  jarohatlovchi  hodisa  yoki  uni  esga  soluvchi  (muhim 
qo‘zg‘atuvchilar) biron-bir jihatning ramzi bo‘lib xizmat qiluvchi ichki 
yoki tashqi rag‘batlar ta’siri ostida yaqqol ifodalangan ruhiy distress; 
  5) bunday rag‘batlarga fiziologik ta’sirchanlik. 
Е.  Organizm  umumiy  reaktivligining  kamayishi  va  jarohatni 
eslatib turuvchi rag‘batlardan: 
  1) jarohat haqidagi fikrlar, hissiyotlar yoki suhbatlar; 
  2)  jarohat  haqidagi  xotiralarni  uyg‘otuvchi  faoliyat,  joy  yoki 
odamlardan astoydil qochish. 
F.  Fiziologik  giperaktivatsiyaning  quyida  keltirilgan  ko‘rinish-
laridan hech bo‘lmaganda ikkitasida namoyon bo‘luvchi (jarohatgacha 
mavjud bo‘lmagan) barqarorlik alomatlari: 
  1) uyquga ketishning qiyinligi (uyqusizlik); 
  2) jizzakilik, birdan g‘azablanish; 


 
113 
  3) diqqatni jamlashning qiyinligi; 
  4) yuqori darajada sergaklik; 
  5) «qochish reaksiyasi»ga yuqori darajada tayyorlik; 
  6) jismoniy charchoqning, dam olishga ehtiyojning yo‘qligi. 
J.  Buzilish  klinik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  distressni  yuzaga 
keltiradi yoki shaxsning zaruriy yordam olish, oila a’zolariga boshidan 
o‘tkazgan jarohati to‘g‘risida xabar berish layoqatini izdan chiqaradi. 
Н.  Buzilish  bir  oy  davomida  yuzaga  keladi  va  ikki  kundan  to‘rt 
haftagacha davom etadi.  
I.  Buzilish  fiziologik  va  faol  moddalarning  (narkotik,  psixotrop) 
bevosita  ta’siri  yoki  organizmning  umumsomatik  holati  bilan  bog‘liq 
emas. 
  Posttravmatik  (yoki  jarohatdan  keyingi  sindrom)  buzilish 
jarohatdan keyin kamida bir oy o‘tganidan so‘ng yuzaga keladi va to‘rt 
haftadan  ko‘proq  davom  etadi.  Namoyon  bo‘lishi  va  kechishining 
muvaqqat xususiyatlariga ko‘ra jarohatdan keyingi stressli buzilishlarni 
uchta kichik turga ajratiladi: 
  -  3  oygacha  bo‘lgan  muddatda  rivojlanadigan  o‘tkir  (uni  o‘tkir 
stressli buzilish bilan adashtirish mumkin emas); 
  - 3 oydan ortiq davomi etadigan surunkali; 
  -  kechiktirilgan,  buzilish  jarohat  olinganidan  keyin  olti  oy  va 
undan  ortiq  vaqt  o‘tgach,  yuzaga  kelgan.  Shunday  holatlar  ma’lumki, 
AQSHda  Vyetnam  urushi  faxriysining    posttravmatik  sindromi  10 
yildan  ortiq  vaqt  o‘tganidan  keyin,  u  to‘satdan  o‘sha  vaqtlarni  esiga 
solib,  pastlab  uchayotgan  vertolyot  ovozini  eshitib  qolganida  yuzaga 
kelgan. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish