Microsoft Word лотинча девиант хулқ-атвор психологияси rtf


Shaxsiyat buzilishi (xarakter buzilishi)



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/68
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#288543
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68
Bog'liq
Deviant xulq atvor psixogiyasi

Shaxsiyat buzilishi (xarakter buzilishi). Xarakter buzilishi hozirgi 
kunga qadar «psixopatiya» deb ataladi. (hozir G‘arb mamlakatlarida bu 
atama  deyarli  qo‘llanilmaydi).  Psixopat  shaxsiyatining  ko‘pchiligi 
infantil bo‘ladi va shaxs o‘zini namoyon qilishini ongli nazorat qilishga 
                                                
1
  Нишанова  З.Т.,  Туляганова.  Ш.Т.  Ўсмирлик    даврида    қўрқув 
ҳолатларининг намоён бўлиши: Услубий қўлланма. –  2009. – Б. 9-14. 
 


 
110 
qodir  emas.  Bu  buzilishlar  turli  komplekslar  va  nafsoniyat  bilan 
birgalikda  axloqni  tashkillashtirishda  hukmronlik  qiluvchi  mayllar, 
istaklar giperbolizatsiyasida ifodalanadi. Bularning barchasi shaxsning 
imkoniyatlariga to‘g‘ri keladigan maqsadlarni oldiga qo‘yishi va ularga 
rejalashtirilgan  ravishda  erishishiga  to‘sqinlik  qiladi.  Shunday  qilib, 
hissiy-irodaviy  anomaliya  psixopatning  atrof-muhitga  moslashuviga 
xalaqit beradi. Garchi psixopatiyada ko‘proq shaxsiyat azob cheksa-da, 
shuningdek 
boshqa 
ruhiy 
va 
ayniqsa, 
affektiv 
sohalarning 
disproporsional,  diskordinatli  rivojlanishi  ham  uchrab  turadi. 
Eksploziv,  affektiv  yoki  boshqa  buzilishlarning  ustunligi  shaxsiyat  va 
affektiv soha buzilishining shakllanishi xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Psixopatiyaning bir qancha asosiy shakllari ajratiladi. 
  Affektiv  (isteriyali)  shakli  ("e’tiborga  tashnalar").  Individlar 
axloqining  ekssentrikligi,  notabiiyligi,  yasamaligi,  doimo  ko‘z  oldida 
bo‘lish  istagi,  yuqori  darajada  ishontirish  va  ekzaltatsiya,  oshkora 
janjal qilishga moyilligi bilan ajralib turadi. 
  Eksploziv (portlovchi) shakli. Kasallikning bu shakli uchun o‘zini 
tuta olmaslik, o‘z affektini to‘xtatib qola olmaslik xos bo‘lib, individlar 
arzimagan  bahonalar  bilan  to‘lqinlanib  tajovuzkorona  tarzda  qizg‘in 
aks ta’sir ko‘rsatadilar. Shu bilan birga, ular pedantizm, mayda-chuyda 
narsalarda  to‘xtab  qolish,  fikrlashining  konkretligi  bilan  farqlanib,  bu 
bilan epileptoidlarni eslatishadi. 
  Affektiv shakli. Bunday psixopatiya bilan kasallanganlar yuqori  - 
gipomaniakal,  yoki  past  –  depressiv  bo‘lishi  kabi  beqaror  kayfiyati 
bilan  ajralib  turadi.  Gipomaniyada  ular  haddan  tashqari  faol  bo‘lib, 
atrofdagilarga  tinchlik  bermaydilar,  depressiyaga  o‘tishda  esa 
harakatsiz,  hamma  narsadan  norozi,    ba’zan  ipoxondrik,  o‘z  sog‘lig‘i 
bilan haddan ortiq darajada band bo‘lib qoladilar. 
  Paranoyya shakli. Mazkur individlar badgumon, shubhalanuvchi, 
janjalkash  yoki  odamovi  bo‘lib,  bema’ni  g‘oyalarga  moyildirlar.  Ular 
ko‘pincha  o‘zlarini  huquqlari  cheklab  qo‘yilgan,  go‘yo  ataylab  ularga 
qarshi harakat qiluvchi dushmanlari bor deb hisoblaydilar. Bu bemorlar 
ko‘pincha  qarashlarida  jaholat,  qasoskorlik,  kek  saqlashni  namoyon 
qilgan holda, atrofdagilar bilan sudlashuvgacha boradilar. 
  Astenik shakli. Bu individlar oddiy qo‘zg‘atuvchilar ta’siri ostida 
ozib-to‘zib  ketadilar,  tez  holdan  toyadilar  va  uzoq  vaqt  ishlashga 
layoqatsizdirlar.  Ular  baland  tovushni,  ortiqcha  yorug‘likni  ko‘tara 
olmaydilar, ko‘pincha serzarda, yig‘loqi va ipoxondrik bo‘ladilar. 


 
111 
  Shizoidli  shakli.  Psixopatiyaning  bunday  shakliga  ega  bo‘lgan 
odamlar - g‘alati, «boshqa dunyoning odami», g‘ayrioddiy  bo‘ladilar. 
Ko‘pincha ular, yolg‘iz, ba’zan ko‘p sonli jonivorlar qurshovida hayot 
kechiruvchi qari qizlar yoki bo‘ydoqlaran iborat bo‘ladi. Ular hayotdan 
uzilib qolgan rejalar tuzish, alohida parhezlar o‘tkazish, ba’zan turli xil 
kolleksiyalar  to‘plashga  moyildirlar.  Ko‘p  hollarda,  ular  borliqdan 
uzilib  yashaydilar,  hissiy  jihatdan  sovuq  va  haddan  ortiq  ratsional  
bo‘ladilar. 
  Ko‘pgina  psixopat  shaxslar  uchun  axloqning  jamiyatga  zid 
shakllari xosdir. Bular odatda, jinoiy odatlar bir muncha shakllangan va 
narkotik  hamda  alkogolni  suiiste’mol  qilishga  moyil  bo‘lgan  infantil 
shaxslardir.  Ko‘pincha ular irodasi kuchsiz, ishonuvchan bo‘ladilar  va 
osongina yo‘lboshchilarning ta’siri ostiga tushadilar. Ular chidam bilan 
ishlay  olmaydilar,  qamoqdan  ozod  etilgach,  bunday  shaxslar  jinoiy 
odatlariga osongina qaytadilar. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish