―T a s d i q la y m a n ‖



Download 10,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/36
Sana01.01.2022
Hajmi10,78 Mb.
#288427
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
GEOGRAFIYA TO'GARAK 68 SOATLI TO'LIQ

kilometrga  cho„zilgan.  G‗arbiy  sohilidan  sharqiy  sohiligacha  bo‗lgan  masofa  sal  kamroq.  Afrikani  ikki 

okean  —  Atlantika  va  Hind  okeanlari,  ikki  dengiz  —  O„rta  va  Qizil  dengizlar  o‗rab  turadi.  Unda  Nil, 



Niger, Kongo, Zambezi, Oranj, Limpopo kabi yirik daryolar oqadi. Afrikada Chad, Viktoriya, Nyasa, 

Tanganika kabi katta ko‗llar ham bor. Afrikaning qirg‗oqlari ancha tekis. Eng katta yarim oroli — Somali, 

eng  yirik  qo‗ltig‗i  —  Gvineya.  Dengiz  sathidan  o„rtacha  balandligi  750  metr.  Eng  baland  joyi  — 

Kilimanjaro vulkani (5895 metr), u Afrikaning eng baland joyi hisoblanadi. 

Afrikada ekvatorial iqlimli zonasidan shimol va janubga tomon subekvatorial, tropik va subekvatorial iqlim 

zonalari  joylashgan.  Yozda  o‗rtacha  temperatura  30°  gacha,  yilning  salqin  mavsumida  esa  25°  issiq 

bo‗ladi, faqat tog‗lardagina temperatura 0° gacha tushadi. 

Afrika  yeri  konlarga  boy.  Sahroi  Kabirning  g‗arbiy  va  shimoliy  qismida  fosforitlar,  neft,  tabiiy  gaz 

zaxiralari  topilgan.  Afrika  markazidagi  Kongo  havzasida  mashhur  mis  konlari  va  uran  shaxtalari  bor. 

Janubi kobalt, berill, litiy, oltin va olmosga boy. 

Kokos  va  moyli  palma  mevalari,  qimmatbaho  qizil  va  qora  daraxtlar,  po‗kak  va  kauchuk  daraxtlari  — 

bularning  hammasi  Afrika  sahiy  tabiatining  insonga  in‘omidir.  Afrikaning  unumdor  yerida  kakao,  kofe, 

banan, ananas, apelsin, mango yetishtiriladi. 

Afrikada  noyob  yovvoyi  hayvonlardan  fil,  karkidon,  begemot,  zebra,  kiyik,  arslon,  gepard,  leopard 

kabilarni  saqlab  qolish  uchun  qo‗riqxonalar  tashkil  etilgan.  Chaqadigan  setse  pashshasi  odamlarga  va 

chorvachilikka ancha zarar keltiradi. 

Afrika xalqlari mehnatsevar, yerlari unumdor va tabiati boy. Bu odamlarga baxt keltirishi lozim edi, biroq 

aksi bo‗ldi. Bunga mustamlakachilar sababchidir. 15-asrda dengiz sayyohlarining izidan u yerga savdogar, 

tablig‗  (missioner)lar  va  qalloblar  galasi  yopirildi.  Butun  materikni  tarixda  misli  ko‗rilmagan  talon-taroj 

qilish boshlandi. 

Afrikaga  mustamlakachilar  kelguncha  u  yerda  yirik  davlatlar  bo‗lgan,  san‘at  va  hunarmandchilik 

rivojlangan. Mustamlakachilar mag‗rur va iste‘dodli xalqlarni bo‗ysundirdilar. Kelgindilar afrikaliklarning 

kuchidan  foydalanib,  o‗zlari  uchun  shaharlar  va  yo‗llar,  shaxta  va  dengiz  portlari  qurdilar,  bu  yerning 

tabiiy boyliklarini o‗z mamlakatlariga tashib ketdilar. Ammo Afrika xalqlari bosqinchilarga qarshi kurashni 

to‗xtat-madi  va,  nihoyat,  ozodlik  kunlariga  yetib  keldi  —  endi-likda  deyarli  butun  Afrika  mustaqillikka 

erishgan. Hozir Afrika materigi va unga yondosh orollarda 53 ta davlat bor. Aholisi 700 millionga yaqin. 

Afrikaning ko‗pgina rivojlanayotgan yosh davlatlari yangicha hayot barpo etishga kirishdi. 

Afrika  Yer  yuzida  eng  qadimgi  madaniyat  markazlaridan  biri.  Bundan  4  —  5  ming  yillar  avval  barpo 

etilgan Misr ehromlari buning dalilidir. 

 


Download 10,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish