26 Mashg'ulot
Mavzu: Janubiy Amerika. Geografik o`rni, o`rganilish tarixi, geologik
tuzilishi, foydali qazilmalari. Relefi.
I. Mashg'ulot maqsadi:
a) ta‟limiy: O'quvchilarga mavzu boyicha ma'lumot berish _
b) Tarbiyaviy: O'quvchilarda tabiatga hurmat hususiyatlarini shakllantirish
s) rivojlantiruvchi: Geografik xaritalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish
II. O'tilgan mashg'ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III.Yangi mavzu bayoni:
Amerika G‗arbiy yarim sharda, Atlantika okeani bilan Tinch okean oralig‗ida joylashgan qit‘a. Qit‘aning umumiy
maydoni 42,5 million kvadrat kilometr. Aholisi 750 million kishiga yaqin. Amerika Yer yuzida joylashgan oltita
qit‘adan biri. U ikki materikka bo‗lingan: Shimoliy va Janubiy Amerika. Ular o‗rtasidagi chegarani, odatda, Daryen
bo‗yni, ba‘zan esaPanamabo‗yni orqali o‗tkazadilar. Shimoliy Amerikada ko‗pincha Markaziy Amerika va Vest-
Indiya orollarini alohida ajratadilar. Amerika tarkibiga Grenlandiya oroli va bir qancha yondosh orollar ham kiradi.
Ikkala materikning tub aholisi asosan indeyeslar bo‗lib, ko‗pchiligi metislashgan, ularning soni 40 millionga
yaqinroq. Yevropaliklarning qit‘ani mustamlakaga aylantirish jarayonida ko‗pgina qabilalar butunlay yoki qisman
qirib tashlangan. AQSH va Kanadada indeyeslar maxsus ajratilgan joy – rezervatsiyalarda yashaydilar. Hozirgi
amerikaliklar qit‘a kashf qilingandan keyin asosan Yevropadan ko‗chib borgan istilochilarning avlodlari hamda
keyinroq boshqa qit‘alardan borgan kishilardan iborat. Ular asosan ingliz, fransuz, ispan vaportugaltillarida so‗zla-
shadilar.
Shimoliy Amerikaning tabiati go‗zal va rang-barangdir. Uning qiyofasidagi talaygina manzaralar bizga tanish:
Yevrosiyo materigi qanday tabiat zonalarida bo‗lsa, u materik ham shunday zonalarda joylashgan. Chekka Shimolda,
Shimoliy Muz okeani qirg‗oqlari yonida tundra zonasi bor, u yerda qutb yog‗dusi lovullab ko‗rinadi. Janubroqda
qalin o‗rmonlar boshlanadi. Ayniqsa, Kanadaning butun dunyoga mashhur zarang daraxtlari ajoyibdir. U yerning
tekisliklari bizning dashtlarga o‗xshash, faqat ular preriya deb ataladi. Tekisliklardan sersuv daryolar oqib o‗tadi.
Shimoliy Amerika butun qit‘a maydonining yarmidan ko‗prog‗i (20,36 million kvadrat kilometr, orollari bilan esa
24,25 million kvadrat kilometrni)ni tashkil etadi. Aholisi ham qit‘a aholisining yarmidan ko‗proq (442 million kishi).
Bizga g‗aroyib bo‗lib ko‗rinadigan boshqa narsalar ham bor. Meksikada o‗sadigan kaktuslar har bir sayyohni maftun
etadi. Ayniqsa, bahaybat va juda qadimiy sekvoyya daraxtlari alohida taassurot qoldiradi. Nodir daraxtlar o‗sadigan
o‗rmonlar qo‗riqxonalarga aylantirilgan. Faqat ularni u yerda milliy park deb ataydilar.
AQSHning g‗arbida, Kolorado daryosi oqadigan joyda yeri toshloqdan iborat milliy park bor. Katta Kanon deb
ataladigan haybatli daraning chuqurligi 1600 metrga yetadi, uzunligi 446 kilometr, yonlari zinapoyaga o‗xshab
pasaygan. Kengligi yer yuzasida 25 kilometrgacha, o‗zanida 1 kilometrdan kam (hatto ayrim joylarida 120 -
metrgacha). Uni ko‗p asrlar davomida daryo suvi va boshqa tabiat hodisalari hosil qilgan. Ular tog‗ jinslarini yemirib
va yuvib, qoyalarda va botiqlarda g‗aroyib shakllar yaratgan. U joylarga turistlar juda ko‗p boradi.
Quyosh chiqishi yoki botishi paytida ulkan qoyalar goh ko‗hna saroylarga, goh fantastik maxluqlarga o‗xshab ketadi.
Katta Kanon Qoyali tog‗larni qirqib o‗tadi. Qoyali tog‗lar materikning shimolidan eng janubiy rayonlarigacha
cho‗zilgan buyuk Kordilyera tog‗larining bir qismidir.
Tog‗larda otilib turadigan va so‗ngan vulkanlar bor. Baland tog‗larda, xususan, shimol tomonda, mangu qorlar va
muzliklar mavjud. Alyaska tizmasidagi Mak-Kinli cho‗qqisi (6193 metr) Shimoliy Amerikaning eng baland joyi
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: