30 mashg'ulot.
Mavzu: Yevrosiyo. Ichki suvlari.
I. Mashg'ulot maqsadi:
a) ta‟limiy: O'quvchilarga mavzu boyicha ma'lumot berish _
b) Tarbiyaviy O'quvchilarda tabiatga hurmat hususiyatlarini shakllantirish
s) rivojlantiruvchi: Geografik xaritalar bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish
II. O'tilgan mashg'ulot yuzasidan muloqot uyushtirish.
III.Yangi mavzu bayoni:
Yevrosiyoning iqlimi boshqa materiklar iqlimiga qaraganda ancha xilma-xil. Materik iqlimining
xuxusiyatlari yevrosiyo xududining shimoldan janubga vag‘arbdan sharqga qarab juda katta masofaga
cho‘zilganiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, okeanlardan keladigan havo massalariga va relyefiga bog‘liq
quruqligning shimoldan janubga qarab uzoq masofaga cho‘zilganligi issiqlikning taqsimlanishiga katta
tasir ko‘rsatadi. Yevrosiyoda iyul oyining o‘rtacha harorati ancha yuqori. Uning shimolida, bu harorat
+12C ga va janubda +28C ga teng. Arabiston yarim olrolida esa +32C ni tashkil etadi. Sibirda yanvar
oyining o‘rtacha harorati -48C gacha pasayadi ayrim kunlari bu harorat Oymyakonda -71C ga tushib
ketgan shuning uchun bu yer shimoliy yarim sharning sovuqlik qutbi deb ataladi. Asosiy iqlim
elementlarida hisoblangan yog‘in miqdori ham materik ichkarisi tomon kamayib boradi. Dunyodagi eng
ko‘p yog‘in tushadigan joy Cherapunja rayonidir. Bu yerda o‘rtacha hisobda yiliga 12665mm yog‘in
yog‘adi. 1856-yilda bu yerga 23000 mm ga yaqin yomg‘ir tushgan.
Yevrosiyoda iqlim sharoiti faqat kenglik bo‘ylab o‘zgarib qolmasdan balki g‘aribdan sharqga
tomon ham o‘zgaradi. Iqliming bnda o‘zgarishiga asosiy sabab, yevrosiyo materiging g‘arbiy qismi doimo
Atlantika okeanidan keladigan iliq van am dengiz havo massasi ta`sirida bo`lganligidir. Yevrosiyo yer
yuzasining tuzilishi ham iqlimning hosil bo`lishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Baland tog` tizmalari
atmosferada harakat qilayotgan iliq va sovuq havo massalarini to`sib qolib, iqlimning keskin o`zgarishiga
sabab bo`ladi. Bunday holni Alp, Kavkaz, Tyanshan, Himolay tog`lari misolida bo`ladi. Bu yog` tizmalari
g`arbdan sharqqa tomon cho`zilgan bo`lib, shimoldan keladigan sovuq shamollarning janubga o`tishiga
to`sqinlik qiladi. Atlantika okeanidan keladigan sernam havo massalari yo`lida to`siqqa uchramay,
materikning ichkari qismlarigacha kirib boradi. Kavkaz tog`ining janubida tog`lar to`sib qoladi yiliga
3500mm yog`in yog`adi. Qish oylarida ham Kolxida pasttekisligiga qor yog`maydi. Sababi Katta Kavkaz
tog`lari Arktikaning sovuq havo massalarini to`sib qoladi. Bu yerlar subtropiklar.balandlik iqlim
mintaqalari Alp, Karpat, Kavkaz, Tyanshan, Himolay kabi tog`larda ko`zga yaqqol tashlanib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: