2.6. Obraz tushunchasi. Obraz ustida ishlash jarayoni
Obraz - san’at asaridagi inson, tabiat in'omlari, o‘simlik va
hayvonot dunyosining badiiy tasviridir.
Obraz atamasi ikki ma’noda, ya'ni keng va tor ma'nolarda
qo‘llaniladi. Obraz atamasi keng ma’noda qoMlanilganda obraz
tushunchasi doirasiga inson tasviridan tashqari peyzaj, detallar,
buyumlar, predmetlar, jismlar, hayvonot dunyosi, asar tilidagi tasvir
vositalari va hokazolar kiritiladi. Obraz atamasi tor ma'noda
qo'llanilganda esa faqat inson hayotining badiiy manzaralari ang-
lashiladi xolos. Demak, obrazlilik - keng ma'noda, badiiy obraz -
tor ma’noda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |