Birinchidan, raqqosa raqsni mustaqil ishlash ishtiyoqiga ega
bo‘lishi muhimdir. Agar o‘z ustida tinmay izlanishni, qo‘shimcha
mashq qilishni hohlamas ekan nafaqat xoreografik obraz yaratishda,
hatto raqsning ommaviy sahnasidagi ijrochisi sifatida ham unda
ijrochilik mahorati kam bo‘ladi. Shuning uchun ham, mohir balet-
meysterlar syujetli raqslar sahnalashtirganda yoki ommaviy raqslar-
dagi yakkaxon ijrochini tanlayotganda raqqosaning
iste'dodiga,
ijrochilik qobiliyatiga, aktyorlik mahoratiga, o‘z ishiga ma'suliyat
bilan yondoshishiga qarab tanlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |