3. Tana barqarorligi uchun mashqlar. Klassikada harakatlami
aniq bajarish uchun tana barqarorligini rivojlantirish asosiy
shartlardan biridir. Bunga stanok oldidagi ekzersisni bajarish orqali
erishiladi. Bosh yuqoriga tortilgan, yelkalar tushirilgan, barcha
mushaklar va tizzalar tortilib bel qismida yig‘ilgan, oyoq kaftlari
polga to‘liq tegib turadi. Barqarorlikni rivojlantirishda qo‘llaming
holati ham alohida o‘rin tutadi. Chunki qo‘llar gavdaning muvoza-
natini saqlab turadi. Stanok tomondagi oyoq
tayanch
oyoq bo‘lib,
kombinatsiyalami bajarish davrida tana og‘irligi shu oyoqda bo‘ladi.
Ishchi
oyoq bilan tegishli kombinatsiya bajariladi. Tana barqarorligi
uchun egilishlar, oyoq uchiga ko‘tarilishlar, tramplin (sakrash turlari)
mashqlari bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |