Huquqiy tartibot – jamoat tartibini saqlash
uchun davlat organlari, jamoatchilik tomonidan
ijtimoiy normalarni jamoat hayotiga tatbiq qilish
faoliyati.
Huquqiy tartibot davlat tomonidan ishlab chiqilgan
normativ huquqiy hujjatlar orqali amalga oshiriladi.
Ammo ta’kidlash joizki, huquqiy tartibotni ta’minlashda
aхloq normalari, odatlar, fuqarolarning huquqiy ong va
madaniyati ham muhim o‘rin tutadi.
savol va topshiriqlar.
1. Huquqiy munosabat deganda nimani tushunasiz
2. Huquqbuzarlikka ta’rif bering.
3. Huquqbuzarlik va huquqiy javobgarlik turlarini
ayting.
4. Huquqiy ong nima? Jamiyatda huquq va huquqiy
ongning o‘zaro bog‘liqligi nimada ko‘rinadi?
5. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy tar-
biyaning o‘rni nimada?
6. Qonuniylik va huquqiy tartibot deganda nimani
tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |