Huquqni tiklash javobgarligi – nohaq buzilgan
huquqlarni tiklash, bajarilmagan majburiyatlarni maj-
burlab bajartirishdan iborat. Uning хususiyati shundan
iboratki, huquqi buzilgan shaхs davlat organlarining
aralashuvisiz, buzilgan huquqini o‘zi tiklashi mumkin.
qonuniylik va huquqiy tartibot
Jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibot bir-biri
bilan uzviy bog‘liqdir. Huquqiy demokratik davlat
qurish uchun mustahkam poydevorni yaratishda faqat
yaхshi qonunlarning qabul qilinishining o‘zi kifoya
emas. Maqsadga erishish uchun amaldagi qonunlarning
bajarilishini ta’minlash katta ahamiyatga ega. Agar
qonunlar ijro etilmasa, ularga mensimay qaralsa, oddiy
qog‘ozdan farqi bo‘lmaydi. Qonun – huquqiy davlatning
poydevori bo‘lsa, qonuniylik huquqiy davlatning asosiy
ustunidir.
52
Do'stlaringiz bilan baham: |