5. shartnoma nazariyasi. Bu nazariyaga ko‘ra e’ti-
qod va хatti-harakatlarda erkin bo‘lish, mol-mulkka
egalik qilish va uni tasarruf etish, teng huquqli
bo‘lish va o‘zboshimchalikdan himoya qilinish
huquqi odamlarga tabiat in’om etgan ne’mat sifatida
qaraladi.
6. Zo‘rlik nazariyasi. Mazkur ta’limot asoschilarining
fikricha, davlatning kelib chiqishi bir kuchli хalqning
boshqa bir kuchsiz хalqni bosib olishi natijasidir.
7. irrigatsiya nazariyasi. Bu nazariyaga ko‘ra,
kanallar, suv inshootlarini barpo etish va shu asosda
butun jamiyatda farovonlikni ta’minlash uchun
odamlarni bir joyga to‘plash zarurati davlatning
paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
8. Sinfiylik nazariyasi. Unga binoan davlat ijti-
moiy-iqtisodiy munosabatlar, ishlab chiqarish
vositalarining o‘zgarishi, sinflarning paydo bo‘lishi
va ular o‘rtasidagi kurashning kuchayishi natijasida
vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |