Tili va adabiyoti universiteti


Parsellyasiyaning yondosh hodisalardan farqi



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/217
Sana01.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#281903
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   217
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI-converted

Parsellyasiyaning yondosh hodisalardan farqi 
 
 Parsellyasiya  va  ilova  konstruksiyalar  bir  qator  o‘xshashliklarga  ega 
bo‘lsa-da  (xususan,  har  ikkisi  ham  asosiy  gapdan  keyin  joylashadi,  asosiy 
gapdan intonatsion ajratiladi va h.k.), ularni alohida-alohida hodisalar sifatida 
baholashga  asos  bo‘ladigan  jiddiy  farqlar  mavjud:  1)  parsellyativ 
konstruksiyalarda parsellyat hamisha alohida kommunikativ birlik maqomida 
bo‘ladi,  ilovali  konstruksiyalarda  esa  ilovaning  kommunikativ  birlik 
maqomida bo‘lishi shart emas, shuning uchun ham parsellyat asosiy gapdan 
hamma vaqt final tinish belgilari bilan ajratiladi, ilova esa asosiy gapdan final 
va  nofinal  tinish  belgilari  bilan  ajratilaveradi;  2)  parsellyasiya  gapning 
funksional  tomoniga,  dinamik  strukturasiga  xos  hodisa,  ilova  esa  gapning 
statik  strukturasiga  xos  hodisadir;  3)  parsellyativ  konstruksiyani  leksik-
grammatik  tarkibni  o‘zgartirmagan  holda  deparsellyasiyalash  mumkin,  ilova 
esa  asosiy  gap  ichiga  konstruksiyaning  leksik-grammatik  tarkibini 
o‘zgartirmagan holda kira olmaydi; 4) parsellyasiyada mavjud ma’lumotning 
muhim  qismi  ajratiladi,  ilovada  esa  qo‘shimcha  ma’lumot  ifodasi  ilova 
qilinadi;  5)  parsellyasiyalangan  va  ilovali  konstruksiyalardagi  sintaktik 
jarayonlarning  yo‘nalishi  bir-biriga  teskari:  parsellyasiyadagi  sintaktik 
jarayon  harakati  bazaviy  gapdan  o‘ngga  yo‘nalgan,  ilovali  konstruksiyalarda 
esa  sintaktik  jarayon  harakati  bazaviy  gap  tomon,  ya’ni  chapga  yo‘nalgan  - 
markazga intilgan bo‘ladi. 
 Segmentatsiya ham, parsellyasiya ham ekspressiv sintaksisdagi o‘ziga 
xos usul bo‘lib,  bir qator o‘xshashliklarga (har ikki hodisaning ham mohiyati 
yaxlit  sintaktik  butunlikni  bo‘laklab,  ikki  yoki  undan  ortiq  kommunikativ 
birlikka  ajratishdan  iborat;  parsellyativ  konstruksiya  deparsellyasiyalana 
bilgani kabi segmentlangan konstruksiya ham desegmentatsiyalana oladi) ega, 
 
        
138
  Зелепукин  Р.О.  Парцелляция  в  художественной  прозе  В.Токаревой:  структура,  семантика, 
текстообразующие  функции.  Автореф.  дисс.  ...канд.  филол.  наук.  –М.,  2007.-С.7;  Ступкина  М.О. 
Парцелляция в современном болгарском языке  (на  материале  художественной прозы):  Дисс.  ...канд. 
филол. наук. –Санкт-Петербург, 2008. -С. 17, 28, 43. 


 
75 
ammo  ularni  alohida-alohida  hodisalar  sifatida  baholashga  imkon  beradigan 
farqlar  mavjud:  1)  segmentatsiya  ta’kidlanmoqchi  bo‘lgan  bo‘lak  (qism)ni 
asosiy  gapning  oldiga  alohida  kommunikativ  birlik  sifatida  chiqarish, 
parsellyasiya  esa  ta’kidlanmoqchi  bo‘lgan  bo‘lak  (qism)ni  alohida 
kommunikativ 
birlik 
maqomida 
gapning 
oxiriga 
chiqarishdir; 
2) 
segmentatsiya natijasida ajratilgan qism o‘zbek tilida asosiy hollarda atov gap 
maqomida  bo‘ladi,  parsellyasiya  natijasida  ajratilgan  qism  esa  turli 
kommunikativ-sintaktik strukturali jumla bo‘lishi mumkin. 
Parsellyasiya  va  parantezalar  o‘rtasida  ayrim  o‘xshashliklar  mavjud 
bo‘lsa-da,  ularning  shakllanish  tamoyillari  tamoman  farqlidir,  ya’ni 
parsellyasiyada  mavjud  gap    ikki  kommunikativ  birlikka  ajratiladi,  biri 
gapdan tashqariga – gapning oxiriga chiqariladi, parantezada esa mavjud gap 
tarkibiga  boshqa  gap  yoki  nokommunikativ  birlik  kiritiladi.  Parsellyat 
hamisha  kommunikativ  birlik  bo‘lgani  holda  parantezaning  hamisha  ham 
kommunikativ birlik bo‘lishi shart emas.  
Parsellyat  kommunikativ  birlik,  ajratilgan  bo‘lak  esa  mustaqil 
kommunikativ  birlik  emas.  Ayni  paytda  ajratish  gap  strukturasining  ichida, 
undan  tashqariga  chiqmaydi,  parsellyasiya  esa  mohiyatan  gapdan  tashqariga 
chiqadi,  ya’ni  ajratilgan  qism  bazaviy  gapdan  tashqariga  –  gapning  oxiriga 
chiqadi.  
 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish