72
ardoqli ekanligiga kitobxonni ishontiradi. Ko‘rinib turganidek, parsellyat gap
birinchi gap tarkibidagi qaysidir bo‘lak mazmunini kengaytirish maqsadida
qo‘llanilmoqda.
Quyidagi misolda ham shunga o‘xshash holatni kuzatish mumkin:
Botayotgan quyosh nurida uzoqdan bir nima oltinday charaqladi. Bu haykal
edi. Bronzadan byust. (A. Muxtor, “Chinor”) Asosiy gap tarkibida ishlatilgan
“
bir nima”ning “nima, qanday narsa ekanligi” parsellyat gap shaklida
ta’kidlanmoqda.
Nemis va o‘zbek tillaridagi parsellyasiyalangan ergash gaplarni qiyosiy
o‘rgangan B.Tursunov ergash gaplar parsellyasiyasining yuzaga kelishidagi
mazmuniy-grammatik omillarni to‘rt guruhga bo‘lib tadqiq etgan: 1.Sabab-
izoh mazmunli parsellyatlar. Bunday konstruksiyalar
chunki, negaki, shuning
uchun, shu tufayli, shu sababli kabi vositalar yordamida shakllanadi. 2.Shart
mazmunli parsellyatlar. Bunday konstruksiyalar
agar, bordi-yu vositalari
bilan shakllanadi. 3.O‘xshatish mazmunini ifodalovchi parsellyatlar. Bunday
konstruksiyalar
go‘yo,
go‘yoki,
xuddi o‘xshatish vositalari bilan shakllanadi.
4.Maqsad mazmunini ifodalovchi parsellyatlar. Bunday konstruksiyalar
toki
vositasi bilan shakllanadi.
132
Shuningdek, ishda turli yordamchi so‘zlarsiz
ham shakllanishi mumkin bo‘lgan parsellyativ qurilmalar haqida nazariy
ma’lumot berilgan. Badiiy matnda parsellyasiyaning, aynan, mana shunday
turi alohida lingvopoetik ahamiyatga ega bo‘ladi. Ammo mazkur ishda
bunday qurilmalarning badiiy nutqdagi realizatsiyasi haqida fikr yuritilmagan.
Tabiiyki, mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi bu emas, balki parsellyativ
qurilmalarning sintaktik va semantik mohiyatini ikki noqarindosh tilda
qiyosiy o‘rganishdan iborat bo‘lgan.
Parsellyasiyani sof struktur sintaksis nuqtai nazaridan o‘rganib
bo‘lmaydi, bunday qilinganda, maqsad mavhum bo‘lib qoladi. CHunki
aksariyat tilshunoslar haqli ravishda ta’kidlaganlariday, parsellyasiyaning
mohiyati muayyan sintaktik strukturani muayyan maqsad bilan nutqda
kommunikativ qayta bo‘laklash, sintaktik strukturadagi muayyan qismni
gapning oxiriga alohida jumla maqomida chiqarishdan iborat. Bu borada
V.A.Beloshapkovaning gapni til birligi, jumlani nutq birligi sifatida talqin
qilgan holda bildirgan quyidagi fikrlari diqqatga sazovor: “Gap va jumlaning
chegaralari bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Bitta grammatik struktura
bir necha alohida xabarlarga bo‘laklanishi mumkin. Bu hodisa “parsellyasiya”
deb nomlanadi. U badiiy adabiyotda juda keng kuzatiladi.”
133
Shuning uchun ham parsellyasiya hodisasining kommunikativ va
ekspressiv sintaksisga daxldorligi ayni muammoni o‘rgangan deyarli barcha
132
Do'stlaringiz bilan baham: