66
keling! (“Vite! venez!”). Sh.Balli shunday ta’kidlaydi: “Bu biz
gap
bo‘laklarining dislokatsiyasi deb atagan hodisaning eng oddiy misolidir.
Ehtimol, bu hodisa so‘zlashuv tili sintaksisining eng xarakterli
xususiyatlaridan biri (kamida fransuz tilida) sifatida qaralishi mumkin.” Ayni
paytda atoqli olim dislokatsiya natijasida jumlaning tarkibiy unsurlari bir-
biridan ajratilar va ajratilgan bu unsurlar ekspressiv urg‘uli “embrional”
gaplarga aylanar ekan, tinglovchi butun mazmunni birdaniga emas, balki
alohida-alohida qismlar, “porsiyalar” shaklida idrok etish imkoniyatiga ega
bo‘lishini, shuningdek, dislokatsiya gap bo‘laklarining odatdagi mantiqiy
tartibining o‘ziga xos tarzda buzilishi bo‘lganligi uchun ham tinglovchi
diqqatini tez jalb qilishi va o‘zida ushlab turishi bilan ham stilistik qimmatga
molik ekanligini aytadi. Ko‘rinib turganiday, Sh.Balli tomonidan
“dislokatsiya” termini bilan ifodalangan hodisa muayyan gap tarkibidagi
bo‘laklarni u yoki bu stilistik maqsad bilan qayta joylashtirishdan iborat
(zotan,
dislokatsiya so‘zining ma’nosi “joylashtirish, qayta joylashtirish”
demakdir
117
), bunda gap bo‘laklari yoki gap qismlari qayta joylashtirilar
ekan, gapdan tashqariga chiqarilayotgan qism gapdan keyin ham, oldin ham
qo‘yilaverishi mumkin. Aytish mumkinki, dislokatsiya parsellyasiya
hodisasini ham o‘z ichiga oladi, lekin parsellyasiyaga qaraganda kengroq
hodisa, chunki dislokatsiya gapdagi muayyan qismning gapdan oldinga
chiqarilishini ham nazarda tutadi.
Fransuz tili stilistikasini tavsif etar ekan, K.A.Dolinin Sh.Ballining
dislokatsiya haqidagi fikrlarini rivojlantiradi, emotsional sintaksis hodisasi
bo‘lmish
dislokatsiyaning
turli
ko‘rinishlarini
tahlil
qiladi
va
parsellyasiyalangan konstruksiyalar ham ayni shu dislokatsiya hodisasining
mahsuli ekanligini, dislokatsiyaning bir ko‘rinishi ekanligini aytadi.
118
Gap sintaktik strukturasining bunday nutqiy bo‘laklanishi E.V.Guliga,
A.A.Andrievskaya, V.G.Admoni kabi ayrim tadqiqotchilar tomonidan
“separatizatsiya” termini bilan nomlanib o‘rganilgan, bu hodisaning badiiy
nutqdagi o‘rniga alohida urg‘u berilgan.
119
Separatizatsiya (separatsiya)
so‘zining “ajratish, tarkibiy qismlarga bo‘lish” ma’nosidan
120
kelib chiqilsa,
mazkur termin ayni hodisaning mohiyatini ifodalay olishini ta’kidlash
mumkin. Ammo aytish joizki, bu tilshunoslarning ba’zilari, masalan, nemis
tili sintaksisining taniqli tadqiqotchisi V.G.Admoni “separatlashtirilgan
konstruksiyalar”ni ilova konstruksiyalar bilan bir xil hodisa sifatida talqin
qiladi. U bunday konstruksiyalarning mohiyati elementar gapga xos bo‘lgan
117
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. 1-жилд. Тошкент: Ўзбекистон миллий
энциклопедияси, 2006. –Б.627.
118
Долинин К.А. Стилистика французского языка. –Л.: Просвещение, 1978. -С. 256.
119
Do'stlaringiz bilan baham: