Tili va adabiyoti universiteti


Йўлдошев  М.,  Ядгаров  Қ



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/217
Sana01.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#281903
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   217
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI-converted

  Йўлдошев  М.,  Ядгаров  Қ.  “Бадиий  матннинг  лисоний  таҳлили”  фанидан  амалий 
машғулотларни ташкил этиш. –Тошкент: ТДПУ, 2007. –Б.71. 
            
115
  Тошалиев  И.  Ҳозирги  ўзбек  тили.  Синтаксис.  Синтактик  ва  синтагматик  қайта  бўлиниш. 
Парцелляция.Ўқув қўлланма. –Тошкент: Zarqalam, 2004. – Б. 88. 


 
65 
faxrlanish  hissini  tuyadi.  Salimning  duch  kelgan  joyda  emas,  institutda 
o‘qiyotganligini ta’kidlashni istaydi. Bu istak ayni so‘zni gap ichidan ajratib 
olish  orqali  qondiriladi.  Demak,  Salimning  Toshkentda,  institutda  o‘qishi 
haqidagi xabar standart shakl orqali, ya’ni Salim Toshkentda institutda o‘qiydi 
tarzida  deparsellyativ  shaklda  berilganida,  mazkur  jumlaga  qahramon 
ruhiyatidagi g‘ururlanish hissi, emotsional ta’kid singmagan va tabiiy tarzda 
kitobxon  ham  buni  sezmagan  bo‘lardi.  Buni  sezdirishning  yo‘llari  ko‘p, 
masalan, yozuvchining o‘zi bu haqda izoh berishi yoki boshqa kengaytiruvchi 
birliklardan  foydalanishi  mumkin  edi.  Biroq  muallif  ortiqcha  izohlarsiz  ayni 
effektga  erishishning  yo‘lini  topadi.  Ya’ni  buning  uchun  parsellyatli 
konstruksiya tarzida ifodalashni eng ma’qul yo‘l deb biladi.  
Muayyan  bir  fikr  muallifning  badiiy  niyatiga  ko‘ra  atayin  gap 
tarkibidan  ajratib  olinib,  alohida  gap  tarzida  berilishi  mumkin.  Bunday 
vaziyatda  ham  keyingi  konstruksiyalar  o‘zidan  oldin  kelgan  gapning  ifoda 
mazmuni  bilan  bir  qatorda  mantiqiy  va  poetik  ta’kid  oladi.  Masalan: 
Mamadali  aka, ...bu taklifimning  sizga  yoqmasligi  aniq.  Chunki  siz  kundalik 
tushumdan  ajralasiz.  Biroq  shaxsiy  manfaatni  umumnikidan  ustun  qo‘yish 
yaxshi emas (N.Norqobilov, “Quduq” hikoyasi). Ushbu parcha uchta gapdan 
iborat. Biroq  mazkur  gaplarda  aytilgan  fikrlarni  odatdagi  tartib  bilan  bir  gap 
doirasida  berish  mumkin.  Boshqacha  qilib  aytganda,  mazkur  uchta  gapni 
osonlik  bilan  bitta  gapga  birlashtirish,  ya’ni  murakkab  qo‘shma  gapga 
aylantirish mumkin: Mamadali aka, ...bu taklifimning sizga yoqmasligi aniq, 
chunki  siz  kundalik  tushumdan  ajralasiz,  biroq  shaxsiy  manfaatni 
umumnikidan  ustun  qo‘yish  yaxshi  emas.  Agar  shunday  qilinganida,  jonli 
nutqqa  xos  ixchamlik,  tabiiylik  sezilarsiz  darajaga  tushgan  hamda  ifoda 
ta’sirchanligi bu qadar yuqori aks etmagan bo‘lar edi. 
Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish lozimki, muayyan gap strukturasini 
biror  maqsad  bilan  o‘zgartirish  tarzidagi  sintaktik-stilistik  hodisa  dunyo 
tilshunosligi  tarixida  juda  ancha  ilgaridan  anglab  etilgan  va  turlicha  nomlar 
bilan  atalgan.  Masalan,  mashhur  shveysar  tilshunosi  SH.Ballining  dastlabki 
nashri    bundan  rosa  bir  asr  ilgari,  ya’ni  1909  yilda  chiqqan  va  keyin 
o‘zgartirishlarsiz qayta nashr qilingan “Fransuz tili stilistikasi” nomli asarida 
mazkur  hodisa  “dislokatsiya”  termini  bilan  nomlangan  va  uning  o‘ziga 
xosliklari  bayon  qilingan.
116
  Sh.Ballining  tushuntirishicha,  so‘zlovchi, 
masalan,  Tezroq  bu  yoqqa  keling!  (“Venez  vite!”)  gapida  ifodalangan  fikrni 
emotsional  bir  tarzda  ifodalamoqchi  bo‘lsa,  jumladagi  ravishni  fe’lga 
tobelikdan  chiqaradi,  ya’ni:  Bu  yoqqa  keling!  Tezroq!  (“Venez!  vite!”). 
Buning natijasida bitta jumla sintaktik jihatdan ikkita jumla maqomini oladi, 
ular  alohida-alohida  jumlalar  sifatida  ajratilgan  holda  idrok  qilinadi.  Hatto 
ularning o‘rnini alamashtirish ham mumkin bo‘ladi, ya’ni: Tezroq! Bu yoqqa 
 
         
116
 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish