Mikrobiologiya va immunologiya



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/101
Sana01.01.2022
Hajmi3,93 Mb.
#280733
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101
Bog'liq
xususiy mikrobiologiya i-qismi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


70 
 
ICHAK INFEKSIYALARI QO‘ZG‘ATUVCHILARI. 
Esherixiya, shigella, salmonellalar va ular keltirib chiqargan  kasalliklarning 
laboratoriyada tashhislash. 
Ko‘pchilik  bakterial  ichak  infeksiya  qo‘zg‘atuvchilari  Enterobacteriaceae 
oilasiga tegishli. Oila 12 ta urug‘ga bo‘lingan: Escherichia, Salmonella, Klebsiella, 
Erwinia,  Proteus,  Yersinia,  Shigella,  Enterobacter,  Citrobacter,  Srdwardsiella, 
Hafnia,  Serratia.  Urug‘lar  o‘z  navbatida  turlarga  bo‘linadi,  ayrim  hollarda 
biovarlar,  serovarlar  va  fagovarlarga  bo‘linadi.  Bu  oilaga  kiritilgan  ko‘pchilik 
bakteriyalarning  yashash  muhiti  odam  va  umurtqali  hayvonlar    ichagidir.  Bu  oila 
bakteriyalari o‘xshash morfologik, tinktorial va  biologik xususiyatlarga ega. 
 
Har    qanday  kasallikda  mikrobiologik  tashhis  qo‘yish  tamoili,  kasallik 
qo‘zg‘atuvchilarini  ma’lum  urug‘  yoki  turga,  zarur  bo‘lganda  variant  yoki  xiliga 
tegishliligini  aniqlashdan  iborat.  Enterobakteriyalar  chaqirgan  ichak  infeksiyalari  
mikrobiologik  tashhisini,  ularni  kultural,  bioximik  va  antigenlik  xususiyatlarini 
o‘rganuvchi bakteriologik tekshirishlarsiz  aniqlash  mumkin  emas, chunki  bu oila 
bakteriyalarini  guruh,  urug‘  yoki  turga  mansubligini  ta’minlovchi  differensial 
belgilariga ega. 
Enterobakteriyalarning avlod yoki turga mansubligini aniqlash uchun xizmat 
qiladigan  asosiy  biokimyoviy  belgilari  bo‘lib,  ularning  har  xil  uglevodlarni 
kislotagacha  yoki  kislota  va  gaz  hosil  qilib  parchalashi,  indol  va  vodorodsulfid, 
dekarboksilazalar,  aminokislotalar  (lizin,  ornitin  va  boshqalar),  natriy  sitrat 
utilizatsiyasi,  katalaza,  oksidaza  va  boshqalarni  sintez  qilish  xususiyati 
hisoblanadi.  Enterobakteriyalarning  u  yoki  bu  turchalarga  mansubligini  mutlaqo 
aniq belgilashga imkoniyat beruvchi belgilari bo‘lib, uning antigenlik xususiyatini 
aniqlash va serovarlarini belgilash hisoblanadi.  
Salmonella  urug‘iga  mansub  bakteriyalar  tabiatda  keng  tarqalgan  bo‘lib, 
2000  dan  ortiq  serologik  variantlari  mavjud.  Salmonella  urug‘iga  qorin  tifi, 
paratiflar A. V, S va ovqatdan zaharlanishning qo‘zg‘atuvchilari kiradi. Urug‘ning 
nomi  1900  yili  Liner  tomonidan,  1885  yili  cho‘chqalar  o‘lati  vaqtida  ushbu 
urug‘ning  asosiy  vaklini  ajratib  olgan  amerikalik  olim  Devid  Salmon  sharafiga 


71 
 
berilgan.  Bu  kasalliklar,  asosan,  ifloslangan  sut  va  ovqat  mahsulotlari  orqali 
yuqadi.  Bollingen  (1876  y)  salmonellyoz  bilan  kasallangan  hayvonlar  go‘shtini 
iste’mol  qilganda  kasallanishning  yuqoriligini  ta’kidlab  o‘tgan.  Keyingi  yillarda 
salmonellalarni farqlash Kauffman-Uayt sxemasi asosida olib borilgan.  
Salmonella  urug‘i  65  ta  guruh  va  2000  dan  ortiq  serologik  variantlardan 
iborat.  Salmonellalar  uy,  va  yovvoyi  hayvonlar,  qush,  baliq,  reptiliyalar 
organizmida parazitlik qiladi, ulardan ayrimlari odamlarga nisbatan ham patogen. 

Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish