Rul boshqarmasi mexanizmlarini joriy ta’mirlash detallarining
almashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Detallarning yeyilgan joylari,
masalan, soshka vali bo‘yinlari xromlash yo‘li bilan tiklanadi, soshka
vali oxiridagi rezba yo‘nib tashlanib, sirti payvandlanadi va yangi rezba
ochiladi. Rul mexanizmi karterdagi podshipnik o‘rnatiladigan uyaning
yeyilgan joylari yo‘niladi va po‘lat halqa presslab o‘rnatiladi. Tarangligi
pasaygan va singan prujinalar, sharsimon barmoqlarining yeyilgan
vkladishlari, bo‘ylama va ko‘ndalang tortqi barmoqlari almashtiri-ladi.
Egilgan rul tortqilari sovuq yoki 8000S haroratacha qizdirib
to‘g‘rilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |