VERGILIY
(Mill, avvalgi 70-20-yillar)
Ulug‘ shoir Vergiliy hayoti va ijodi Rimda
adabiyot va san’at gullab-yashnagan bir davrga
to‘g‘ri keldi.
Vergiliy ijodiy faoliyati davomida «Bukolika-
lar» («Cho'pon she’rlari»), «Georgikalar» («Deh-
qon she'rlari») hamda «Eneyida» dostonini yara
tadi. Vergiliy nomi ostida yana «Mayda-chuyda
she’rlar» nomli bir to'plam yetib kelgan.
Tadqiqotchilar bu asarning Vergiliyniki ekanligi
ga qat’iy ishonch bildirishmaydi.
Vergiliyning buyuk xizmati shundaki, u cho'pon she’rlari, dehqon
she’rlari an’analarini boshlab berdi va an’ananing keng ko'lamda
yoyilishiga asos soldi.
«Pardoz malhamlari», «Sevgi davosi», «Metamorfozalar», «G‘am-
gin elegiyalar» asarlari Vergiliy talantiningyuksakligini namoyish etadi.
Yoshligida durustgina bilim olgan Vergiliy Rimga ko‘chib kelib,
ma’rifatparvar kishilar bilan bogManadi.
Oktavian Antoniy ustidan zafar quchgandan so‘ng, Rim tarixida
yangi zarvaraq ochiladi. Rim tez orada qudratli davlatga aylanadi.
Yangi imperator yurish boshlab, qo'shni mamlakatlarning boyliklarini
Rimga tashib keladi. Qudratli Afrika ham Rimga osongina qaram bo'lib
qoladi. Rim davlatida ayni chog'da adabiyot va san’atning oltin vaqti
boshlanadi. Oktavianga Avgust yorlig'ini bergan xalq, o'z imperatorini
olqishlab qo'shiqlar to'qiy boshlaydi.
0 ‘zining aql-zakovati bilan Oktavianning ishonchini qozongan
Vergiliy saroyning eng nufuzli shoirlaridan biriga aylanadi.
Oktavian ham ijod bilan shug'ullanib turardi. Imperatordagi bunday
ijodiy kayfiyat mamlakatda adabiyot va san’atning gurkirab, gullab-
yashnashiga katta ta’sir ko'rsatadi. Shohning iltifotlaridan bahramand
boMgan Vergiliy ko'pincha go'zal Sitsiliya orolida yashab, sermahsul
ijod qiladi.
«Bukolikalar» («Cho'pon she’rlari») uchta she’rdan iborat. Bu
asarda cho'ponlar turmushi qalamga olingan.
Shoir sertashvish va sershovqin shahar hayotidan ko'ra g‘am-g‘us-
sadan, ig‘vo-fasoddan yiroq bo'lgan cho'ponlar hayotini afzal biladi.
Zeroki o't-o'lanlar, giyohlar, dov-daraxtlar, rang-barang sayroqi qushlar
cho'ponlarning hamrohidir, yaqin do'stlaridir. Shoir cho'ponlar
timsoli orqali osuda hayotni, tinch-totuvlikni yoqlab chiqadi. Saroyda
www.ziyouz.com kutubxonasi
fitna-fasodga, ig'vo va hasadlarga chek qo'yish lozimligini orzu qiladi.
Cho'ponlarnikidek osuda hayot bo'lgandagina mamlakat gullab-yash-
naydi, rivojlanish bo'ladi, to‘kin-sochin hayot hukm suradi.
Vergiliyning ikkinchi asari «Georgikalar»da dehqonlar hayoti madh
etiladi. Shoir shaharni, davlatni to'ydiradigan ikki omilni ko'kka
ko'tarib maqtavdi, mamlakatning rivoji mana shu ikki omilga bevosita
bog'liq, deb tushuntiradi. Ularning biri go'sht, teri, jun yetishtirib
beruvchi cho'ponlar bo'lsa, ikkinchisi qut-baraka, don-dun, shirin-
shakar mevalar yetishtiruvchi zahmatkash dehqonlardir. Shoir deh
qonlar obraziga simvolik ma’no beradi. To'rt qismdan iborat bu asarda
dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi g'allakorlar, bog'bonlar, chor-
vadorlar, asal yetishtiruvchilar haqida so'z borsa-da, asosiy e’tibor
saroyda hukm surgan ichki nizolarni to'xtatish, vayronagarchilikka
barham berishga qaratilgan. Har bir inson dehqonlar kabi foydali ishga
qo'l urishi kerak.
Ikki qismdan iborat «Eneyida» dostonida esa Eney sarguzashtlari
hikoya qilinadi. Bu doston ko'p jihatdan Homeming «Odisseya» dos-
toniga o'xshab ketadi.
Biroq «Eneyida» dostoni «Odisseya» dostonidan tubdan farq qiladi.
Dostonning ayrim boblari «Odisseya»ga o'xshab ketsa-da, voqealar
rivoji tubdan farq qiladi. Jumladan, Troya urushining so'nggi dahshat-
lari, yunonlarning makr-hiylalari, Appolon ibodatxonasining kohini
Laokoonning o'g'illari bilan ulkan ilon tomonidan bo'g'ilishi, yog'och
ot voqeasi, troyaliklar boshiga tushgan jabru-sitamlar «Iliada» dostoni-
ga o'xshaydi. Eneyning tush ko'rish voqeasi, narigi dunyoni sayri-
sayohat qilishi voqeasi esa, «Odisseya» voqeasiga o'xshab ketadi. Odis
sey Yunon tuprog'iga sog'-omon qaytishni orzu qilsa, Eney Rim o'lka-
siga shosniladi. Shoir o 'z qahramoni taqdirini Rim tuprog'i, Rim
davlati taqdiri bilan bog'laydi. Vergiliy yashagan zamonda Afinaning il-
garigi mavqei yo'qolib, Rim qudratli davlatga aylangan edi.
Rimliklar Afinadan ko'ra Troyaga ko'proq xayrixoh edilar. Yunon-
laming makr-hiyla yo'li bilan Troyaga bostirib kirishini ular qoralar edi.
Buning ustiga Rim shoiri sharaflagan, ko'klarga ko'tarib maqtagan
Eney ham aslida Troya farzandi edi. Shoirning aytishicha, ma’bud
Yupiter ham Rimning kelajakda qudratli davlatga aylanishini bashorat
qiladi.
Hammaga xush tushadigan fikmi o'z asari qatiga singdirib yuborgan
Vergiliyning obro'-e’tibori ko'tarilib, imperatorning mukofotlariga
sazovor bo'ladi. Vergiliyning butun ijodi, asarlarining ruhi Oktavian
saltanatini mustahkamlashga qaratilgan. Vergiliyning pand-nasihatlari
ham r.p.ga olam-olam shon-shuhrat keltiradi. ;
www.ziyouz.com kutubxonasi
OVIDIY
Do'stlaringiz bilan baham: |