Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

(Mil.  avvalgi 484-430-yillar)
Herodot Kichik Osiyoning Galikamas shahrida 
tug‘iladi. Galikamas Kichik Osiyo va Grek shahar- 
larini  bir-biriga  bogMaydigan  qulay  port  shahri 
boMib,  u yerda savdo-sotiq  keng  rivojlangan  edi. 
Miloddan  avvalgi  XI  asrda qurilgan  bu  shaharga 
turli  mamlakatlardan  sayyohlar,  donishmandlar, 
shoirlar,  muarrixlar  tez-tez  tashrif buyurib  turi- 
shardi. Herodotning otasi Galikamasning obroMi va 
savodxon kishilaridan  biri  edi.  U  o‘g‘lining yoshli- 
gidan  bilim  olishiga  alohida  e’tibor  bilan  qaray 
boshlaydi.  Herodot bolalik  chog‘laridayoq  atoqli 
grek  so‘z  san’atkorlari  va  ulug‘  muarrixlarning  asarlarini  qunt  bilan 
mutolaa qiladi. Ayniqsa,  Homer,  Hesiod, Aristey, Arxilox,  Sapfo, Alkey, 
Anekreont, Pindor va Esxil asarlarini qiziqish bilan o‘qiydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Herodot grek adabiyotini juda sevardi. Ayniqsa, tarixiy proza namu­
nalari  Herodot e ’tiborini  o‘ziga tortadi.
U  dengiz  shunqorlari  va  sayyohlari  tilidan  g4aroyib  sarguzashtlarni 
tinglashni juda-juda yoqtirardi.
«Eron  tarixi»  kitobi  Herodot  e’tiborini  ofcziga  tortadi.  Bu  kitob 
lampsaklik  Xaron qalamiga  mansub boMib,  unda  Kir va  Kambis  hukm- 
ronligiga qaram boMgan  Hind, Baqtriya, So‘g‘d va Kavkaz mamlakatla- 
ri  haqida  hikoya  qilinardi.  Herodot  ijodi  «To‘qqiz  kitob  tarixi»  deb 
nomlanuvchi  katta  ilmiy-badiiy  xazinani  tashkil  etib,  bu  kitoblarning 
har qaysisi  yuzlab hikoyalarni  o‘z ichiga oladi.
Herodot  skiflarning  kelib  chiqishi  haqida  turli  rivoyatlar  bitgan. 
Jumladan, to‘rtinchi kitob toMaligicha skiflar hayotiga bag‘ishlangandir. 
Bu  kitobning  beshinchi  hikoyatida  aytilishicha,  skiflar  bilan  yunon 
ma’bud  va  ma’budalari  o4rtasida yaqin  qarindoshlik  aloqalari  boMgan, 
greklar  muqaddas  bilgan  ma’budlar  ma’budi  Zevs  skiflar  uchun  ham 
ma’bud  boMgan  emish.
Herodotning «Skiflar»  asari jahon  adabiyoti  xazinasidan  munosib 
o‘rin egallagan.  Bu asar juda ko‘p!ab tillarga tarjima qilingan.  Skiflami 
birinchi  boMib jahonga tanitgan  ham  Herodotdir.
Herodot  talay  mamlakatlami  piyoda  kezgan.  0 4zi  ko‘rgan-bilgan 
voqealarni  qalamga  olgan.  Qayerda  boMmasin,  insonlarning  qalbiga 
yoM  topgan.  Begona  odamlarni  samimiyligi,  dilkashligi  bilan  o‘ziga 
rom  etgan.  Ziyrakligi  bilan  bir  qabilaning  urf-odatlarini,  o‘ziga  xos 
yashash  sharoitini  ikkinchi  qabilanikidan  farqlay  olgan.  Jahongashta 
adib butun  umrini  ijodga  baxshida etgan.  Ko‘p  qarama-qarshiliklarga, 
qiyinchiliklarga,  azoblarga  duch  kelgan.  Biroq  qoMidan  qalamni 
tashlamagan.  U  tahlikaga va umidsizlikka tushmagan,  insoniyat  uchun 
xayrli  ish  qilayotganini  chuqur his etgan.
Herodot  hikoyalarida  skiflarning  kelib  chiqishi  haqida  shunday 
hikoya  qilinadi.  Hammayoq  dastlab yap-yalang‘och  choM  boMgan,  bu 
choMda Targitoy degan odam paydo boMgan.  Targitoy Zevs  bilan daryo 
qizi Borifenesadan tugMladi.  Targitoydan  uch o‘gMl  paydo boMadi:  Lo- 
piksay, Arpaksay va eng kichigi Koloksay. Kunlardan bir kun osmondan 
oltin  narsalar  yogMladi.  Bular  quyidagilar:  omoch,  arqon,  bolta  va 
tovoq.  Bu  oltin  narsalarga  katta o‘gMl  yaqinlashganda  ular o‘zlaridan 
shunday  nur taratib yarqiraydiki,  orqaga chekinishga  majbur boMadi. 
0 ‘rtancha o‘gMl  yaqinlashganda  ham  shunday  hodisa yuz  beradi.  Eng 
kichik o‘gMl  yaqinlashganda bu oltin  buyumlar o‘zidan nur taratishdan 
to‘xtaydi.  Natijada  u  bu oltinlami  olib,  uyiga ravona boMadi.  Shundan 
so‘ng katta  o‘gMl  Lopiksay kichik  ukasi  Koloksayga shohlikni  in’om 
etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Lopiksaydan  tarqalgan  skiflarni  «Avxatovglar»  deb  atashgan. 
0 ‘rtancha  o‘gMl  Arpaksaydan  tarqalgan  skiflarni  «Katiaram»  va 
«Traspiyamlar»  deyishgan.  Kichik  o‘gMI  Koloksaydan  tarqalgan 
skiflarni  «Parralatamlar»  deb  nomlaganlar.  «Bu  voqea  Doroning skiflar 
yeriga  hujumidan  ming  yillar  ilgari  boMib  o 4tgan  edi»?  deb  yozgan 
muallif.
Herodotning  keyingi  hikoyalari  ham  o'quvchining e’tiborini  o‘ziga 
tortadi.
PLUTARX
(Mil.  avvalgi 4 6 -1 2 7 -yillar)
Plutarx  Gretsiyaning  uncha  katta  boMmagan 
Xeron  shahrida  tug**iladi.  Uning  otasi  Avtobul 
zamonasining  o‘qimishli  kishilaridan  biri  edi. 
Shuning uchun ham  u Plutarxning chuqur ilm olishi- 
ga alohida e’tibor bilan  qaraydi.
Uning bobosi  Lampriy  ham  ilm-ma’rifatga  rag‘- 
batti  kishi  edi.  Lampriy  xonadoniga  xeronlik 
adabiyot  ahllari,  donishmandlar  tez-tez  tashrif 
buyurib, quyuq suhbatlar qilib turishadi.
Bobokaloni  Nikarx  ham  Xeronda  yashab, Antoniy  bilan  Oktavian 
qo‘shinlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Aktum jangining shohidi boMgan edi.
Plutarx Tomoksena  ismli  go‘zal  ayolga uylanadi.  Undan to‘rt o‘gMl, 
bir qiz ko‘radi. Ikki o‘gMl -  kattasi va eng kichigi hamda qizi yoshligida 
oMib ketadi.
Rimdagi adabiy hayot uni  ijod sari  undaydi, u lotin tilini o‘rganishga 
kirishadi. Biroq davlat ishlari bilan band boMganligi tufayli u uzoq yillar 
bu tilni  o‘rgana  olmaydi.  Faqat  keksaygandagina  lotin  tilida yozilgan 
asarlami o‘qishga muyassar boMadi.
Rim  tarixiga  qiziqish  bilan  qaragan  Plutarxni  imperator  Troyan, 
keyinchalik Adrian qabul  qiladi.  Plutarxning chuqur bilim egasi  ekanli­
gi, yuksak  dunyoqarashi  va  ilg‘or  fikrlari  Rim  imperatorini  qiziqtirib 
qolgandi.  Shuning  uchun  ham  Plutarxga  «Rim  imperatorligining yaqin 
kishisi» degan sharafli  nom beriladi.
Plutarx 50 ta «Hayotnoma» yozadi. Shulardan 46 tasi grek va rimlik- 
lar hayotidan  yozilgan  biografik  asarlardir.  Bu  go‘zal  asarlar  Plutarx 
nomini jahon  adabiyotiga  olib  kirgan.  Bular  quyidagilar:  Tesey  va 
Romul, Likurg va Numa,  Solon va Poplikova,  Femistokl  va Kamill,  Pe­
ril va Fabiy Maksim, Gay Marsiy Koriolan va Alkiviad,  Emiliy Pavel va 
Timoleont, Pelopid va Marsell, Aristid va Katta Katon,  Filopeme va Tit
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kvintiy Filaminin, Pirr va Mariy.  Lisandr va Sulla,  Kimon  va  Lukull, 
Nikiy va  Krass,  Evmen  va  Sertoriy, Agesilay va  Pamayey, Aleksandr va 
Sezar,  Fikion  va  Kichik  Katon, Agid -  Kleoman  va  Tiberiy  Grakx.  Gay 
Grakx.  Demosfen  va  Sitseron,  Dmitriy  Poliorket  va Anatoliy,  Dion  va 
Brut,  shuningdek, yana to'rtta  biograflya: Artakserks, Arat, Golba,  Oton. 
Bu  nomlarga  diqqat  bilan  e’tibor  bersak,  ular  Grek  va  Rim  tarixida 
yashab  o‘tgan  mashhur tarixiy  shaxslardir.  Yozuvchi  ularning  deyarli 
barchasini  bir-biriga  qiyoslab  tasvirlaydi.  Bu  shaxslar  hayotini  tasvir- 
lovchi  asarlar majmuasi  umumiy nom  ostida  «Qo'shaloq  hayotnomalar» 
deb nomlanishi bejiz emas.
RUDAKIY
(Abu Abdul I оj 
(860-941)
«Fors-tojik  adabiyotining otasi»  deb  nom  olgan 
Rudakiyning she’rlari  bir million baytdan  iborat.
Samarqand  yaqinidagi  Panjrud-Rudak  qishlo- 
g‘ida tug‘ilgan.
Rudakiyga  zamondoshlaridan  hech  biri  lirika 
bobidatenglasha olmagan.  Uning ijodi xalq og‘zaki 
ijodiga juda yaqin  boMgan.  Rudakiy  ijodida  hajv 
yuksak pafosda ifodalangan.  U  o‘z xalqining qadim 
an’analarini  izchillik bilan  davom ettiradi.  Rudakiy 
o‘zidan  ilgari  o‘tgan  adabiyotdan oziqlanib,  ilhom- 
lanib buyuklik darajasiga koMarilgani  shubhasizdir. 
Rudakiy keksalik  chog4ida ko‘ziga mil  tortilib, 
mamlakatdan quvg‘in qilinadi.
Rudakiy «Kalila va Dimna» nomli  doston ham yaratgan.  Bu doston- 
ning  bizga  ayrim  sahifalari  yetib  kelgan.  Rudakiy  she’riyat  bobida 
Homemi eslatsa, musiqa bobida yunonlar ulugMagan Orfeyni esga soladi. 
G‘azal, ruboiy, qasida, qit’a janrlarida ijod qilgan shoir umrining anchagi­
na qismini  Buxoroda -  Somoniylar davlatining  hukumdori Nasr  II  ibn 
Ahmad  saroyida sozanda va shoir sifatida  o‘tkazadi.  Ehtimol  shuning 
uchundir hayotlik chog‘idayoq  shoir nomi  uzoq-uzoqlarga yetib  boradi. 
Uning  g‘azal  va  qasidalarida  xalq  ijodiga  xos  mayinlik,  ifodaviylik 
hukumron.  She’rlari  insonga ko‘tarinkilik ruhini  bag‘ishlaydi.  Rudakiy 
do‘stlikni,  insoniylikni,  ilm-ma’rifatni  ulug‘laydi.  «Odamdan  yuqori 
turarkan  olam,  Bilim  oshirmoqqa muhtojdir odam»,  degan  shoir nomi 
ijodi  kabi barhayot bo‘lib qoldi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish