ekan, g‘aroyib va ajoyib voqealarni o ‘z ko‘zlari bilan ko‘rib hayratga
tushadilar. Aytishlaricha, qadim zamonlarda bu u!ug‘vor Kavkaz tog‘-
lariga Prometey zanjirband qilingan ekan. Bu haqda Esxil o 4zining
«Zanjirband Prometey» tragediyasida shunday satrlami bitadi:
Yeming olis hududiga, kimsasiz joyga,
Vahshiy skifyoboniga mana biz keldik.
Endilikda qiladigan vazifang, Gefest,
Ota amrin bajo aylab - bu badkirdorni
Osmon qadar yuksaklashgan metin qoyaga
Zanjir bilan о ‘rab-chirmab bandi etishdir.
Seningporloq chechagingni, muqaddas о ‘
tni,
O'g'irlab иfoniylarga armug'on qildi.
Shu gunohchim jazo bergay т а 'dublar unga,
Zero nuqul elparvarlik qilavermasdan,
Zevs taxtin sevmaklikni о *rganib olsin.
Bu o ‘rinda Esxil o ‘z qahramoni Prometeyning skiflar oMkasidagi
baland qoyaga zanjirband qilinganini ta’kidlamoqda. Bundan ko‘rinadiki,
skiflar nomi o‘sha antik zamonlardayoq olis Fessaliya viloyatiga yetib
borgan. «Bir necha kun o ‘tgach, - deb yozadi Arrian o‘zining «Alek-
sandming yurishi» nomli memuar asarida, - Aleksandming oldiga abiylar
deb nomlangan skiflaming elchisi keladi. Homer ularni o ‘z poemasida
juda adolatparvar kishilar, deb aytgan. Skiflar adolatparvar va
haqiqatgo‘y boMganliklari uchun ham hech kimga qaram emasdi». Mana
shu fikrdan o‘sha qadim zamonlardayoq skiflar uzoq Elladaga m a’lum va
mashhur boMganligi ma’lum.
Kursiy R uf ham o‘zining «Aleksandr Makedonskiy tarixi» asarida
Prometeyning Kavkaz tog‘lariga zanjirband qilinganligi haqida qimmatli
faktlami keltirib o‘tadi. Muhimi shundaki, yunonliklar qadimda shimol
tomonlarga - G ‘arbiy Yevropa tomondagi elatlarga emas, Sharq tomonga
- Osiyo o‘lkalariga ko‘proq qiziqqanlar. Shuning uchun ham qadimgi
Yunon adabiy yodgorliklarida ko‘proq sikiflar mamlakati, Kavkaz
togMari, Panta bo‘ylari, kolxidlar o‘lkasi tilga olinadi.
Fessaliyaliklarning qadimgi yodnomasi boMgan «Ellada qahra-
monlari»da Prometey Kavkaz togMarida zanjirband qilingani va bunday
og‘ir jazoga mahkum etilishining sabablari shunday hikoya qilinadi.
Yason «Argo» degan
tezyurar kema qurib, oltin junli terini olib kelish
uchun Gretsiya qahramonlari bilan uchta dengizdan suzib o ‘tib,
Kolxidaga borishga chaqirganda qudratli Herakl ham jasur argonavtlarga
qo‘shiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
mahkam zanjir bilan uni katta toshga bog'labdi, ko'ksiga olmos tig' urib,
qoyaga mixlab tashlabdi. Zevs Prometeyga bir umr, asrlar bo'yi shu
qoyaga zanjirband bo'lib qolishni amr qilibdi.
Herakl Prometey bog'langan zanjimi uzib tashlab, uning ko'kragidan
olmos tig'ni sug'urib olibdi. Ozod qilingan Prometey qaddini rostlabdi,
ko'kragini to'ldirib nafas olibdi va charog'on ko'zlari bilan yer yuziga,
unga ozodlik olib kelgan, xudolar bilan yarashtirgan qahramonga
boqibdi. Zevs Gefestga Prometey bog'langan zanjiming bir halqasidan
uzuk yasab, unga Titan mixlab qo'yilgan qoya parchasidan ko'z solishni
buyuribdi. Zevs Prometeyga bu uzukni aslo qo'lidan qo'ymay, hamma
vaqt taqib yurishni buyuribdi, bu dunyo zanjirband qilinganligiga ishora
ekan.
SOFOKL
Do'stlaringiz bilan baham: