Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

(1802-1870)
Fransuz  adabiyotida  roman  ustasi  sifatida 
shuhrat  qozongan  adib general  oilasida tugMladi. 
Yosh Aleksandr gersog  Filipp  qarorgohida  kotib 
boMib  ishlaydi.  Parijda Viktor Hyugo  bilan  yaqin 
aloqada boMadi.  Dyumaning «Genrix  III va uning 
saroyi» (1829  ),  «Antoni»,  «Kin»  dramalari  teatr 
rivojida katta rol o‘ynaydi.  U yuzdan ortiq tarixiy- 
sarguzasht  romanlar  yaratgan.  «Graf  Monte- 
Kristo»,  «Uch  mushketyor»,  «Qora  lola»,  « 0 ‘n 
yildan so‘ng», «Yigirma yildan so‘ng», «Qirolicha 
Margo»  shular jumlasidandir.  Adibning mashhur 
asari «Graf Monte-Kristo» (1845) romanidir. Asar 
qahramoni  Dantes afsonaviy Monte-Kristo orolida tuganmas xazina to- 
pib, juda boyib ketadi, o‘zini Graf Monte-Kristo deb e’lon qiladi. «Qora 
lola»,  «Uch  mushketyor»,  «Graf Monte-Kristo»  romanlari  o‘zbek tiliga 
tarjima  qilingan.  «Ajal  minorasi»  asari  o ‘zbek  sahnasida  o‘ynalib 
kelinmoqda.
Dyuma  butun  umri  davomida  tinimsiz  badiiy  ijod  bilan  mashg‘ul 
boMadi. Ocz davrining badiiy ijod ahllarini ancha ortda qoldirib, bayroq-
www.ziyouz.com kutubxonasi


dor roman ustasiga aylanadi, nomi o‘z zamonidayoq va keyingi asrlarda 
ham shon-sharaf bilan bezaladi.  Uning toMa asarlar to‘plami  277 tomni 
tashkil  etadi.
Dyuma  nomini jahonga  mashhur qilgan  romanlari  «Uch  mushke­
tyor»,  «Yigirma  yildan  keyin»,  «Vikont  de  Brejalon»,  «Askanio» 
ko‘pgina tillarga tarjima qilingan.
Aleksandr Dyumaning  «Askanio»  romani  badiiyat jihatidan  «Uch 
mushketyor»  romanidan  bir  qadar  ustun  turadi.  Romanda  Askanio 
beg‘ubor qalb  egasi,  ma’suma  va go‘zal  qiz Kolombaga  boMgan  chin 
sevgisini  ardoqlagan  yigirma yoshlardagi  yigitcha  sifatida  namoyon 
boMadi.
«Askanio»  romani  Aleksandr Dyumaning yozuvchilik  mahoratini 
ko‘z-ko‘z qilib  turibdi.  Yozuvchi  o‘z romanini  shunday  go'zal  tarzda 
jilolay olganki, uni  qoMdan tushirmay o‘qigingiz keladi.
«Askanio» romani  ham Yunon, Rim va Fransiya o4mishiga oid juda 
ko‘plab tarixiy manbalar bilan tanishish sharafiga ega boMamiz.
Jahon  adabiyotida bunday  go‘zal  tasvir  «javohirlar  xazinasi»  deb 
nom olgan Aleksandr Dyumagigina xosdir.
PROSPER MERIME
(1803-1870)
Prosper  Merime  fransuz  adabiyotining  yirik 
vakili.
«Klara  Gasul  teatri»  (1825)  ilk  pyesalar 
to‘plami  adibni  XVIII  asr  ma’rifatparvar  degan 
sharafga muyassar etdi.  Ikkinchi  to‘plami  «Guzla» 
(1827) nomi  bilan nashr qilindi.  «Slavyan  xalqlari 
ijodidan» deb nomlangan balladalariga xalq og‘zaki 
ijodining ta’siri  katta.  «Jakeriya» (1828) nomli tari­
xiy dramasida XIV asrdagi  dehqonlar qo‘zg‘aloni 
tasvirlanadi.
«Karl IX saltanatining yilnomasi» (1829), «Kar­
men»,  «Tamango»,  «Mateo Falkone»,  «Qo‘sh  xato» kabi  asarlari  bilan 
mashhur.
Merime  1848-yilgi  burjua  inqilobidan  so‘ng ham  sermahsul  ijod 
qiladi.
Tarixiy  roman  yozish  ancha  mushkil  ijodiy jarayondir.  Tarixni 
qaytadan tiriltirish,  tarixiy shaxslarga jon  ato  etish,  voqeilikni  xayoliy 
obrazlar bilan toMdirish yozuvchidan katta mahorat talab etadi.  Buning 
uchun  ham  tarixchi,  ham  yozuvchi  bo‘lish  kerak.  Yozuvchining 
tarixiy manbalami  buzib ko‘rsatishga haqqi yo‘q. Ayni chog‘da tarixiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


voqeylikni  go‘zal badiiy tasvirlar ekan, adib o ‘z fantaziyasidan  mahorat 
bilan  foydalanadi.
Tarixiy mavzuga qoM  urgan yozuvchi, tarixiy manbalarni  sinchiklab 
o‘rganadi.  Faqat  badiiy tasvirlash  san’atigina  kifoya  qilmaydi.  Merime 
o ‘zining  tarixiy  romanlari  bilan,  ham  tarixchi,  ham  san’atkor  adib 
sifatida mashhurdir.
Prosper Merime  mana shunday usta san’atkor edi.  U  o‘zining «Karl 
IX  saltanatining yilnomasi»  romanida butun  bir  tarixiy  davrni  badiiy 
gavdalantirib beradi.
Yozuvchi  o‘z romaniga manba yigMsh  maqsadida XVI  asrning tari­
xiy jarayoniga  oid  ko‘plab  asarlarni  o‘qib  chiqqanligini  ta ’kidlaydi. 
Yozuvchi  faqat  tarixiy  asarlarni  o‘qish  bilan  kifoyalanmaydi,  o ‘sha 
davrga xos afsona va rivoyatlarni,  hattoki,  latifalarni  ham o‘qib chiqadi. 
Tarixiy  asarda  sana  va  m anbalar  berilgan  boMsa,  xalq  og ‘zaki 
ijodiyotida  urf-odatlar,  har  bir  millatning  o‘zigagina  xos  boMgan  fe’l- 
atvorlar  ham  ifodasini  topgan  boMadi.  Muhimi  shundaki,  tarixchini 
manba  qiziqtiradi,  yozuvchi  esa  insonni  va  tarixda  insonning  tutgan 
o‘rnini  tasvirlaydi.
Romanda  qirol  Karl  IX  ning  m unofiqligi,  razi 1 ligi  o‘z  ifodasini 
topgan.  Tarixiy  manbalarning  guvohlik  berishicha,  qirol  Karl  IX  o‘ta 
munofiq  kishi  boMgan  ekan.  0 ‘sha davrlarda  Fransiyada protestantlik 
oqimi  mavjud  edi. 
0
‘z  davrining  ko ‘pgina  ilg‘or  fikrli  kishilari  bu 
oqimga  mansub  edilar.  Xristian  dini  tarafdorlari  protestantlarni 
cherkovga  yaqin  yoMatmas  edilar.  Genrix  IV  protestant  boMib,  uning 
M argarita  Valua  bilan  nikohdan  o‘tishi  uchun  cherkovga  borishini 
taqiqlab qo‘yishadi.
Karl  IX cherkovdagilarga:  «Agar singlim  Margarita Valuaning niko- 
hini  tayin  qilmasalaring uning  nikohini  protestantlar  cherkovida o‘tka- 
zaman»,  deydi. Qirolning  dinga boMgan  e’tiborsizligi  natijasida qirgMn 
urushlar kelib chiqadi.
Prosper  Merime  hikoya  ustasi.  Uning  hikoyasida  turli-tum an 
insonlar qiyofasi  chizib  beriladi.  Ayni  ch o g ‘da  bu  hikoyalar  har  xil 
mavzularda.  «Matteo  Falkone»,  «Tamango»,  «Qo‘sh  xato»,  «111 
Venerasi»,  «Arsena  Giyo»,  «Havorang xona»  kabi  hikoyalarida  inson 
yetakchi o‘rinda turadi.
Prosper Merime go‘zal  obrazlar yaratdi  va shu bilan nom qoldirdi.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish