ONORE DE BALZAK
(1799-1850)
Onore de Balzak ijodi butun bir frunsuz jamiyatining ko‘zgusiga
aylandi. Rus adiblari L. N. Tolstoy, V. G. Belinskiy, Saltikov-Shched-
rin, N.G. Chernishevskiylar Onore de Balzak ijodini mana shunday
yuksak baholagan edilar.
Balzakning buyukligi shundaki, u adabiyotni yangi mavqega ko‘tar-
di, butun boshli obrazlar galereyasini yaratdi, hayotdagi nohaqliklar,
razolat, zulm iskanjasiga qarshi isyon ko‘tardi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Balzak «Bir yilda ikki uchrashuv» (1831), «Yev-
geniya Grande» (1833) qissalarida, «Sezar Birotto»
(1837) romanida fransuz jamiyatining o‘tmishi va
o‘zi yashagan davr haqida fikryuritadi.
O. Balzakning falsafiy va siyosiy ruhdagi
maqolalari ham talaygina. «Mehnat haqida maktub»
(1838), «Ishchilar haqida» (1840) kabi ilmiy-
falsafiy ruhdagi maqolalarida o'zi yaratgan
ishchilar obrazi jamiyat hayotidan va uning ijtimo
iy-siyosiy voqeligidan ancha ilgarilib ketganligini
e’tirof etadi.
O. Balzak ijodida uning «Gorio ota» romani
alohida o'rin egallaydi. Jahondagi ko'pgina tillarga tarjima qilingan bu
romanda pul, boylikning hamma narsadan, ustun turushi nafrat bilan ta-
nqid ostiga olinadi. Boylik, mansab-martabani hamma narsadan ustun
qo'yuvchi farzandlar qoralanadi.
Onore de Balzak «Gobsek»da jamiyat qusurlarini fosh etadi. Gobsek
kim o'zi? Katta hayot tajribasi bor bo'lgan, o'z falsafasi, aql-idroki bor
inson. Jamiyatdagi o ‘rni qanday? U boylikni hamma narsadan ustun
qo'yadi. Dunyoni oltin, pul boshqaradi, deb o'ylaydi.
Onore de Balzak ijodining bosh mavzusi - jamiyat. Jamiyat va
inson.
«Inson komediyasi» Balzak ijodining gultojidir, aniqroq qilib baho
berganda, jahon adabiyoti xazinasining durdona asarlaridir.
«Inson komediyasi» uch qismdan iborat. Birinchi qism «Haqiqat
haqida lavhalar», ikkinchi qism «Falsafiy lavhalar», uchinchisi
«Qiyosiy lavhalar» deb nomlanadi. Bizdan avvalgi tahlilshunoslar
«etyud» deb nomlagan, biz esa «lavha» deb nomladik.
Bir so'z bilan aytganda, «Inson komediyasi»ga kirgan asarlarda
jamiyat va tanholik, munofiqlik, boylik, ijod, o 'g ‘rilik, haqiqat,
qiyinchilik bor bo'yicha ochib berilgan.
VIKTOR HYUGO
(1802-1885)
Bezanson degan joyda tug'ilgan Hyugo ijodini juda erta boshlaydi.
0 ‘n besh yoshga to'Iganda uning ilk she’ri Fransuz akademiyasining
mukofotiga sazovor bo'ladi. «Byug Jargal» (1818) novella-romani chop
etilganda o'n olti yoshda edi, 20 yoshga to'lar-to'lmas birinchi she’rlar
to'plami chiqadi.
Viktor Hyugo rahbarlik qilgan adabiy to'garakka Sent-Byov, Myus-
se, Vini, Aleksandr Dyuma kabi adiblar qatnashar edi. Hyugo «93-yil»
www.ziyouz.com kutubxonasi
(1874), «Asr afsonalari» (1883), «Yangi odam»
(1824), «Xo‘rlanganlar» (1862), «Dengiz zahmat-
kashlari» (1866) kabi asarlari jahondagi ko‘pgina
tillarga tarjima qilingan.
Adibning «Dengiz zahmatkashlari» romanidagi
Jilet obrazi katta mahorat mevasidir. Jilet
qiyofasida jasorat va matonat egasini ko‘ramiz.
Dengizda qirq oyoqli maxluq bilan olishuvi
o‘quvchini hayajonga soladi.
Adib jamiyatdagi haqsizliklarni qattiq tanqid
ostiga olib, fosh etgani uchun bir necha yillar quvg‘inlikda yuradi.
Nihoyat 1870-yilda 20 yillik quvg‘indan so‘ng o‘z vataniga qaytib
kelishga muvaffaq boMadi.
Viktor negrlar, qullami isyonga da’vat etadi. Bu isyonkorlarga Byug
Jargalni rahbar sifatida tasvirlaydi. Isyonkorlarni o‘z erki va ozodligi
yoMida mardonavor jang qilishga chorlaydi. Ozodlik yo‘lida hech
narsadan, hattoki, oMimdan ham qo‘rqmaslikka chaqiradi.
Viktor Hyugo keyingi qissasini «OMimga hukm qilingan oxirgi kun»
deb nomlaydi. Bu qissa Fransuz kitobxonlarning qoMidan-qoMiga o‘tib,
nihoyatda sevib o‘qiladi. Fransuz adabiyoti kutilmaganda shunday katta
iste’dod egasiga ega boMadi.
Viktor Hyugoning ilk ijodi harqancha yuksak bahoga sazovor
boMmasin, asarlarida hali mazmun va shakl nomutanosibligi, badiiylik-
ning qiyomiga yetmagan jihatlari sezilib turardi. «Ajoyibotlar qaror-
gohi» asari adib qalamining charxlanib, badiiy mahorati yuksalganligi-
dan dalolat beradi. Bu asarida adib hali hayotning achchiq-chuchugini
obdan totib ko‘rmagan Esmeralda obrazini yaratadi. Shu romandan
so‘ng Viktor Hyugoning ijtimoiy hayotdagi faolligi kuchayadi, siyosiy
qarashlari o‘sib boradi, hayot jumboqlarini teranroq anglay boshlaydi.
Viktor Hyugo notiq va publitsist sifatida faoliyatini kuchaytiradi.
Adib xalqni o‘zligini anglashga, saroy qalloblari tomonidan aldanib
qolmaslikka chaqiradi. Bu xususda faqat otashin nutq so‘zlab
qolmasdan, mavjud tuzumga qarshi norozilik kayfiyatida bosh ko‘tar-
gan oddiy xalq vakillari bilan yelkama-yelka turib kurashga otlanadi,
norozilik namoyishlarida ishtirok etib, o‘q-olovlarga tik boradi.
Yozuvchi «Ajoyibotlar qarorgohi» romanida 1832-yilgi Parij qo‘z-
g‘aloni va barrikada to‘siq!arida olib borilgan shiddatli jang tafsilotini
berar ekan, bu mardi-maydonlar orasida o‘zining ham ruhan ishtirok
etayotganini toMiq namoyon etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
U «Qizil shapkacha», «Gavrosh» asarlari orqali eng oliy fazilatlami -
mardlik, jasorat, qahramonlik namunalarini qahramonlari qiyofasida
ko‘rsata oldi.
«93-yil» romanida o‘zining kelajagi, baxt-saodati uchun kurashuv-
chi xalq vakillari obrazini yaratdi. Romandagi Goven, Simurden,
‘Ursus, Telmarsh oddiy xalq vakillaridir. Ular nima uchun
yashayotganini, nega kurashayotganini, kimga yordam berishni ham
bilmaydilar. Ayni chog‘da ular to‘g ‘ri so‘z, qalbi pok, birovga ozor
yetkazishni xohlamaydigan insonlardir. Zolimlar bunday oddiy
odamlarning kuchidan qanday foydalanish yoMini biladilar. Bunday
oddiy xalq vakillari kimga boMsa ham yaxshilik qilishni, yordam qoMini
cho‘zishni o ‘ylaydilar. Yaxshilik qilish oliy hikmat, bu ular uchun
muhim bir shiordir.
Viktor Hyugo otashin shoirdir. Shoirning «Asr afsonalari» to‘pla-
midagi ko‘plab she’rlar fransuz xalqining sevimli qo‘shigMga aylangan.
Bu she’rlarning asosiy qismi fransuz xalqining tarixiy o‘tmishiga ba-
g‘ishlangan.
ALEKSANDR DYUMA
Do'stlaringiz bilan baham: |